Машқлар тўплами Педагогика олий ўқув юртларининг бошланғич таълим методикаси, дефектология, мактабгача тарбия ҳамда


Download 1.73 Mb.
bet116/160
Sana11.10.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1697418
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
r ikromova-va-b ona-tili-mash-tpl

354-mashq. O’qing. Daraja-miqdor hollari ishtirok etgan gaplarni ko’chirib, hollar tagiga chizing. Qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini ayting.

1. Mehmonlarga har nav shirinliklar, pista, bodom, quruq mevalar juda mo’l-ko’l tortildi. (O.) 2. Bolalar juda yomon qo’rqib ketishdi. (M.Ism.) 3. Sultonmurodga bir-ikki soat dars bermoq uchun u ba’zan o’z uyida haftalab kitob ko’rar edi. (O.) 4. Dumbul boshoqlar qo’rda pishib, ancha mazali bo’ladi. Bolalar undan bir kaft-bir kaft yeb olishsa, barvaqtroq uxlashadi. (S. Ulug’zoda.) 5. Sultonmurod... bir oz enkayib, uning qo’lini siqdi-da, bir qadam orqaga tashlandi. (O.) 6. Taxtda o’tirgan Husayn Boyqaroga uch marta bukilib rasmiy ta’zimni bajo qilgach, ijozat so’rab o’tirdi. (O.) 7. Maktabni, maktabdoshlarimni har qancha qo’msasam ham, otamning ra’yini qaytara olmadim. (P. Q.)


355-mashq. Ko’chiring, hollarni topib, turini ustiga yozing.


1. Bepoyon yam-yashil yaylov. Uzoq-uzoqlarga suqlanib qaraysan kishi. Qirlarni gilamga o’xshatib bezab turgan maysa-giyohlar yelda ohista tebranadi. Yaylovda na daraxt, na uy bor. Olisdagi «Yulduztog’» kishi ko’zga juda yaqin bo’lib tuyuladi. Sovliqlar bilan dikir-dikir sakrab yurgan do’mboqqina qo’zilarni aytmaysizmi! Ularning quyoshda porlab turgan qorako’llari jimjimador tovlanib, munchoq ko’zlari yoqutday chaqnab, kishi diqqatini o’ziga tortadi. (A. Po’lat.) 2. Sango xonada sochilgan narsalarni yig’ishtirish uchun o’rnidan turdi. (S. Ekvensi.) 3. O’rta asrlarda Xo’jand anchagina yirik shahar bo’lgan. SHahardan Eron, Old Osiyo, Uzoq SHarq, Hindistonga boradigan qadimgi savdo yo’llari o’tgan. Toy-toy ipak ortgan karvonlar bu yerda qisqa vaqt dam olishgan. (A. Kolbintsev.) 4. Ota-bobolarimiz suv va nur to’g’risida juda ko’p orzu-umid qilganlar, o’z orzu-umidlariga erishish uchun cheksiz azob va uqubatlar chekkanlar. (A. Po’lat.)




356-mashq. Gaplarni ko’chiring. Bir xil kelishik shaklida qo’llangan to’ldiruvchi va hollarni topib, farqini tushuntiring.

1. Mamlakatimizning bepoyon yerlari bo’ylab avtomobilda va mototsikllarda sayohat qilish tobora ommaviy tus olmoqda va tobora ko’proq kishilarga manzur bo’lmoqda. (A. Kolbintsev.) 2. Navoiy Hirotga kirishi bilan, uning maxsus farmon olib kelganligi butun shaharga yashindek tarqaldi. (O.) 3. Buxoroda tarixchi Narshaxiy, shoirlardan Rudakiy va Daqiqiy, butun dunyoga mashhur Abu Ali ibn Sino yashagan va ijod etgan. (A. Kolbintsev.) 4. Nigora ham ularning hazillariga hazil bilan javob qaytarardi. (S. Ahm.) 5. O’zbek bog’laridan do’stlarga elt deb, Qo’limga guldasta uzatar bahor. (U.)





Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling