Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

Аniqlаshtirish mеtоdi O’rgаnilаyotgаn оb’еktdаgi nаrsаlаrning хоssаlаrini bir tоmоnlаmа 
хususiy hоldа fikrlаsh аniqlаshtirish dеyilаdi. Buni misol asosida ko‘rsak, bizgа mа’lumki, 
kоsinuslаr tеоrеmаsini ˄

= a + b −2abcosC
2
2-fоrmulа bilаn ifоdаlаymiz: Аgаr С = 90° bo‘lsа, 
cos 90° = 0, u hоldа с
2
= а
2
+ b
2
-Pifаgоr tеоrеmаsi kеlib chiqаdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S. Alixonov “Matematika o‘qitish metodikasi” Cho‘lpon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy 
uyi Toshkent 2011
2. SH. A. Alimov, O. R. Xolmuhammedov, M. A. Mirzaahmedov 8- Sinf Darsligi 3- nashri 
„O’qituvchi“nashriyot- matbaa ijodiy uyi Toshkent 2014


115
17
FIZIKA FANINING TURMUSHDA TUTGAN O’RNI
Ziyoyeva Sabohat Sodiq qizi
Navoiy viloyati, Zarafshon shahar 
12-maktabning fizika fani o‘qituvchisi 
Annotatsiya. Maqolada fizika tarixi, fanning jamiyatni taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi 
haqida fikr yuritiladi. Milliy mafkurani shakllanishida fizika fanining o‘rni va fizika fanining 
ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati o‘z ifodasini topgan. 
Kalit so‘zlar. musulmon renessansi, milliy mafkura, milliy qadriyat, nisbiy va absolyut, 
dualism, Galiley tajribalari.
Fizika tarixi — fizika fanining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish bilan shug‘ullanadi, 
ya’ni uning rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni aniqlashdan iborat. Fizika tarixining mazmuni 
fizikaning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki fizika 
fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi 
lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy 
bog‘liqdir. Iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy ishlab chiqarish usullari, jamiyatning butun hayoti uchun, 
shu jumladan, fan uchun zarur zaminni yaratadi. Fizikaning rivojlanish qonuniyatlari tarixini 
o‘rganish bilim nazariyasini boyitishda hamda hozirgi davrda Fan va jamiyat taraqqiyotining 
muhim omili ekanligini bilishda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fanning rivojlanishida iqtisodiy 
va siyosiy omillardan tashqari mantiqiy, ya’ni fandagi mavjud ichki qarama-qarshiliklar ham 
muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Masalan: yorug‘lik tabiati to‘g‘risidagi ikki xil nazariya (dualizm) 
zarracha va to‘lqin nazariyasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik va h.k.
Hozirga qadar fizika tarixi to‘g‘risida turli tillarda juda ko‘p darsliklar, asarlar yozilgan. Ammo 
ushbu asarlarning aksariyatida tabiiy fanlar, shu jumladan, fizika tarixi — bir yoqlama, ya’ni 
yevropacha usulda yozilgan. O’rta asrlar (V — XV asr) da fizikaga ulkan hissa qo‘shgan Sharq, 
ya’ni musulmon sharqi tamoman yoritilmay kelindi. Ushbu davrda fan va madaniyat “musulmon 
renessansi” (X - XII) deb yuritiladi va u eng qadimgi dunyo (ellinlar) fani va madaniyati bilan 
XVII — XVIII asr Ovrupo madaniyati o‘rtasida bog‘lovchi (ko‘prik) vazifasini o‘tagan.
Fizika tarixining o‘quv jarayoniga kiritilishi bilan o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan qiziqish 
uyg‘otiladi. U yoki bu hodisani ifodalovchi qonuniyatni ochilishiga doir lavhalar, hikoyalar, 
olimlarning chekkan mashaqqatlari sabr va matonatlari, umidsizliklar, muvafaqqiyatsizliklar 
o‘quvchilarda hayratlanish jarayonini vujudga keltiradi va ularning o‘quv materiallarini ongli 
ravishda o‘zlashtirishiga olib keladi. Fizika tarixining o‘qitilishi — o‘quvchilar bilimining 
sifatini va o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarni noto‘g‘ri fikrlashdan 
qaytaradi. Misol: Aristotel fikriga ko‘ra, Yer massasi katta jismlarni kuchliroq tortadi va kattaroq 
tezlanish beradi, Galiley tajribalari ko‘rsatadiki, Yer barcha jismlarga bir xil tezlanish beradi 
(g=9,8m/s2). Bilish jarayoni murakkab bo‘lib, biz nisbiy haqiqatlardan absolyut haqiqatga 
boramiz, ya’ni fanning rivojlanishi (evolyusiyasi) bilan tanishamiz, inson tafakkurining 
cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligiga iqror bo‘lamiz. Fizika tarixi fani, o‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. O’quvchilar u yoki bu qonuniyatning ochilish 
tarixini o‘rganish jarayonida, qarama-qarshi fikrlar va ularning tajribada tasdiqlanishi yoki inkor 
etilishi va haqiqatning ochilishi orqali o‘quvchilarning mustaqil bilim egallashlariga olib keladi. 
Fizika tarixini o‘rganish o‘quvchilarni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda 
ular ongiga milliy mafkurani singdirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqil O’zbekistonning 
kelajagi komil insonning tarbiya va bilimiga bog‘liqdir. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan 
kashfiyotlari o‘quvchilarda milliy g‘urur, vatanparvarlik xislatlarini shakllanishiga xizmat 
qiladi. Fizika tarixini o‘rganish jarayonida u yoki bu qonuniyatning ochilishida yo‘l qo‘yilgan 
xato fikrlar va bu fikrlarning tajribada inkor etilishi aniqlanadi va buxakda o‘quvchilarda xato 
fikrlar tug‘ilishidan saqlaydi. Masalan: “efir”, “teplorod”, “magnit zaryadlari” tushunchalarining 
yuzaga kelishi va ularni inkor etilishi tafsilotlari. Fizika tarixini o‘rganish orqali fizika fanini 
o‘qitish uslubiyati ham boyiydi, ya’ni olimlarning u yoki bu nazariyani yaratishda yo‘l qo‘ygan 
kamchiliklari va xato fikrlari ushbu qonuniyatni endi o‘zlashtirayotgan o‘quvchida ham yuz 
berishi mumkin. Shu tufayli o‘qituvchi oldindan o‘quvchida yuz berishi mumkin bo‘lgan 
kamchilikni ko‘ra bilishi va uni dars jarayonida e’tiborga olishi uchun imkoniyat tug‘iladi. 


116
17
U yoki bu tabiat hodisasini o‘rganish, hayratlanishdan boshlanadi, tarixiy lavhalar, evrika va 
h.k. muammoli dars jarayonida muammoli vaziyatni yuzaga keltirish uchun foydalanish va shu 
orqali darsning samaradorligini oshirish mumkin. Fizika fani tarixi juda ham keng soha bo‘lib, 
o‘rta maktab dasturiga hammasini ham kiritib bo‘lmaydi. Bu masala qanday hal qilinishi kerak? 
Fizika tarixidan tanlab olinadigan mavzular zamonaviy va elementar bo‘lmog‘i kerak, ya’ni 
zamona talabiga javob beradigan va o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Bular fundamental 
fizik nazariyalar: energiya va impulsning saqlanish qonuni, nisbiylik nazariyasi, zarracha-to‘lqin 
dualizmi, yaqindan va uzoqdan o‘zaro ta’sir, elementarlik tushunchasi va h.k.lar.
Shunday qilib fizika tarixi fani o‘quv jarayoni va tarbiyaning ko‘pgina muammolarini hal etish 
bilan birgalikda, fizika fanini o‘qitish uslubining ham rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Usmonov “ Fizika tarixidan metodik qo‘llanma ”, “ O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 
nashriyoti ”, Toshkent.2003 y
2.N.M. Shahmayev, V.F. Shilov. “O’rta maktabda fizikadan eksperiment ” .Toshkent. 
“O’qituvchi ”. 1997
3.A.V.Pyorilekin, V.G. Fabrikant tahrir qilgan. O’rta mkatabda fizika o‘qitish metodikasi 
asoslari. Toshkent “ O’qituvchi” 1990-yil


117

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling