Mat-statistik asosiy tushunchalari 2 qism


Parametrik va noparametrik mezonlar


Download 1.12 Mb.
bet6/11
Sana12.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1699850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matstatist 2 - amaliy

Parametrik va noparametrik mezonlar

  • Parametrik va noparametrik mezonlar statistik mezonlar bo'lib, ularning tadqiqot natijalarida ma’lum bog'liqlikni topish uchun to'g'ri tanlanishi tadqiqotning muvaffaqiyatini belgilaydi. Mezonlarning empirik ahamiyati - bu, mezonlami hisoblash qonuniyatiga binoan, qo'lga kiritiladigan sonlardir. Empirik qiymatlar ma’lim usullar, formulalar orqali aniqlanadi. Mezonning kritik qiymatiari – o’garuvchilarning soni (masalan, tanlanmaning ishtirokchilari) asosida belgilangan bo'ladi. Kritik qiymat barcha statistik darsliklarning, o'quv qo'llanmalarning ilovasida, ma’lum shartlar asosida beriladi.
  • Empirik qiymat Xkritik qiymat X
  • Ko'p hollarda, aynan bir xil empirik qiymatlar, tanlanmaning kuzatuv soniga (n) yoki erkinlik darajasi miqdoriga (v-yunonchanyu harfi yoki df - ing. degree of freedom-erkinlik bosqichi) ko'ra, ahamiyatli yoki ahamiyatsiz etib belgilanishi mumkin.
  •  

Empirik qiymatlar kritik qiymatdan oshib ketsa XX bo'lgan taqdirda, statistik mezonlar statistik farazlarni ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini tasdiqlaydi. Statistik farazlar - nolinchi (Ho) va alternativ (Hi) farazlarga bo' linadi.

Nol farazi - biron bir farqning mavjud emasligi to'g'risidagi faraz. Unda nol qiymati bo'lgani uchun Ho deb belgilanadi. Nol gipotezasi, tadqiqotchi biron bir belgining mavjudligini isbotlashi uchun rad qilishi mumkin bo' lgan faraz.

Altemativ faraz - bu ahamiyatli farqning mavjudligi to'g'risidagi faraz. Altemativ faraz, tadqiqotchi isbotlamoqchi bo'lgan faraz. Shuning uchun ba'zan u, eksperimental faraz deb nomlanadi.

  •  

Masalan, tadqiqotchi, ikki guruhning noverbal hulq-atvorini qiyoslamoqchi bo'lsa, guruhlarning tafovutlarini aniqlaydi. Birinchi guruh ijtimoiy fanlar vakillari bo'lsa, ikkinchi guruh aniq fanlar bilan mashg'ul kishilar guruhi bo'lsin. Psixologning fikricha, ijtimoiy fanlar vakillari aniq fanlar vakillariga nisbatan noverbal pertseptiv qobiliyati yaxshiroq rivojlangan. Buning uchun u, guruhlar o'rtasida tafovut mavjudligi to'g'risidagi H1 farazini qabul qilib, guruhlar o'rtasida hech qanaqangi farq yo'qligi to'g'risida H0 ni rad qilishi kerak.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling