Mat-statistik asosiy tushunchalari 2 qism


Download 1.12 Mb.
bet7/11
Sana12.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1699850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matstatist 2 - amaliy

Ijtimoiy fan vakillarini eksperiment guruhi va aniq fanlar vakillarini nazorat guruhi deb tanlaydi. Eksperiment guruhining ma’lum bir metodika yuzasidan olgan ballarini nazorat guruhi ballari orqali tekshiradi. Agar eksperiment guruhi rostdan ham yuqori ball to' plagan va bu statistic ahamiyatli bo’Isa, unda psixologning farq mavjudligi to'g'risidagi Hi farazi tasdiqlanadi. Farq mavjud emasligi to'g'risidagi Ho faraz rad etiladi.

Psixologik tadqiqotlarda aksariyat hollarda, psixolog H1 farazni qabul qilishga intiladi. Ammo ba'zan Ho ning qabul qilinishi ahamiyatli tadqiqot hisoblanadi. Misol uchun, shaxsning individual, kommunikativ sifatlari hech qanaqangi ijtimoiy sabablarga bog'liq emasligi isbotlanishi Ho farazning qabul qilinishi bilan bog'liq bo’ ladi. O'z navbatida bu ham muhim psixologik tadqiqot hisoblanadi. Ammo baribir, tadqiqochilar uchun H1 farazlar belgilanishi va isbotlanishi ilmiy yangiliklar qilish, fanni qo'shimcha va ba'zan o'ta muhim ma'lumotlar bilan boyitish uchun zarur.

Farazlar o'zaro bir-biridan quyidagicha farq qiladi:

Yo'naltirilgan nolinchi faraz: X1 X2 dan oshmaydi.

Yo'naltirilgan altemativ faraz: X1 X2 dan oshadi.

Yo'naltirilmagan nolinchi faraz: X1 X2 dan farq qilmaydi.

Yo naltirilmagan alternativ faraz: Xi X2dan farq qiladi.

  • Farazlar yordamida psixolog, tadqiqot yo'nalishini belgilaydi. Tadqiqot oxirida esa, qanday ma'lumotga ega bo'lganligi to'g'risida aniq tasavurga ega bo'ladi. Farazlar tadqiqot mohiyatini aniq va lo'nda belgilaydi. Har bir mezonning tavsifida, tekshirishga qodir bo' lgan farazlar shakli beriladi.
  • Parametrik mezonlar - hisoblash formulasiga taqsimlanish parametrlarini yu ni, o'rtacha va dispersiyani kirituvchi mezonlardir (t- Styudent mezoni, F-Fisher mezoni va boshq.).
  • Parametrik mezonlar ikki tanlanmalaming o'rtacha qiymatlarini va dispersiya tofovutlarini to'g'ridan to'g'ri farqlashga imkon beradi. Bu mezonlar, normal taqsimotda belgining bir holatdan ikkinchisiga o'tishda o'zgarish tendentsiyasini aniqlashga yordam beradi. Bu jarayon bir omilli dispersion tahlilda amalga oshadi.
  • Ushbu mezonlar yordamida bir yoki bir qancha omillar va ularning o'zgaruvchilarga ta’sirining aloqadorligini baholash mumkin. Bu jarayon ikki omilli dispersion tahlilda amalga oshadi. Parametrik mezonlaming kamchiliklari shundan iboratki, ularda matematik hisoblarning murakkabligi va ayrim shartlarga rioya qilish zarurati mavjud.
  • Ular:
  • - belgining qiymatlari intervallar shkalasida o'lchanishi kerak;
  • - belgining taqsimoti normal bo'lishi kerak;
  • - dispersion tahlilda dispersiyalar teng bo’lishi lozim.
  • Agar bu qoidalarga amal qilinsa, unda parametrik mezonlar noparametrik mezonlardan ko'ra kuchliroqdir.

  • Download 1.12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling