Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi matematik analiz fanidan


Download 226.79 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi226.79 Kb.
#1614990
  1   2   3   4   5   6   7   8


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIK ANALIZ VA
DIFFERENSIAL TENGLAMALAR KAFEDRASI
MATEMATIK ANALIZ FANIDAN

KURS ISHI
Mavzu: Aniq integralni taqribiy hisoblash

Bajardi: 2- kurs 21.04 guruh talabasi : M.Keldiboyeva
Ilmiy rahbar: Matematik analiz va differensial
tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi:
M.Azizov
Farg‘ona-2023

REJA:

Kirish
I bob. Asosiy tushunchalar
1.1-§. Aniq integral ta`rifi.
1.2-§. Aniq integral mavjudligi.
II bob. Aniq integrallar
2.1-§. Aniq integralni hisoblash.
2.2-§. Aniq integrallarni taqribiy hisoblash.
III bob. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi-ilm,
daromat, manfaat.
SH.M.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘li tanlov, shuningdek, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" g‘oyasi va Talablari asosida dunyo talablariga javob beradigan uzluksiz ta'lim tizimning shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratdi. Ta'lim etakchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlaydigan ijtimoiy siyosat yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olindi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan muhim choralar qatorida yangi avlod mutaxassislari ham boy shakllantirish, ma'naviy va axloqiy etuklik, mustaqil dunyoqarash, ijodiy mutafakkir, boy milliy meros, shuningdek umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiq bo‘lgan yetuk insonni tarbiyalash funksiyalari aniqlangan . Jamiyatdagi islohotlar soha talablariga to‘liq mos keladi. Raqobatbardosh, keskin o‘zgarishlarga moslashuvchan, shuningdek mehnat bozoridagi mutaxassislarning malakasiga qo‘yiladigan talablar ta'sirchan shaxsni shakllantirishda muammo tug‘dirmoqda.
O‘qituvchi kasbi umrbod davom etadigan kasb hisoblanadi. Inson paydo bo‘lgandan buyon u o‘z tajribasini o‘rgatishga xohish va extiyoj sezgan. Bu vazifani bajarish, asosan katta tajribalilar zimmasiga tushgan.
O‘qituvchi kasbining xususiyatlaridan biri uning jamiyatda o‘rgatuvchi, ustoz deb belgilanishidir. O‘qituvchi jamiyat o‘sib kelayotgan shaxs o‘rtasidagi vositachisidir. Shuning uchun ham o‘qituvchi jamiyatda eng qiyin jarayonni boshqaradi-bu shaxsni shakllanishi jarayonidir. Bu jarayonni qiyinligi tarbiyalanuvchi shaxsning o‘zgaruvchanligidadir.
Mustaqillikka erishilgan kundan boshlab, maktablarga o‘qituvchi murabbiylarga ularni moddiy ma'naviy rag‘batlantirish, yordam berish masalalariga e'tibor kuchaytirildi. Chunki o‘qituvchi mehnatini hech narsaga tenglashtirib bo‘lmaydi. Har kim ham bu kasbning egasi bo‘la olmaydi, o‘qituvchi bo‘lib faqat shu kasbning fidoyisi bo‘lganlargagina ishlay olishi mumkin va shundaylarni hamma e'zozlab xurmat bilan boshiga ko‘tarishi mumkin.
Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning ushbu aytgan so‘zlari o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmatini yanada ortirib, bu kasbni qanchalik sharafli ekanligini yana bir bor ta'kidlaydi: «O‘z-o‘zini el ishiga bag‘ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan oliyjanob o‘qituvchilarni, mo‘'tabar muallimlarni bundan buyon ham boshimizga ko‘taramiz», chunki muallim va ustoz shunday zotki, u har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma'naviy boylik bilan to‘ldiradi. Har qanday ruhiy va ma'naviy kamchilik va illatlardan poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan holi va ozod etadi. Muallim va ustoz shunday zotki u imkoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil insonlik dar ajasiga yetkazuvchi bilim xazinasini ularning qalbiga joylaydi.

Download 226.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling