Matematik modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari
Download 0.95 Mb.
|
Саволлар мутахасислик
Algoritmik til – biror ma-sala yechimini algoritm koʻrinishida yozishga imkon beradigan dastur tuzish tili. Algoritmik til ni qoʻllash sintaksis (asosiy misollardan qurilma tuzish qoidalari tizimi) va semantika (ularni bir xil sharhlash qoidalari tizimi) bilan bel-gilanadi. Alifboning ba’zi harflari yoki biror boshqa timsollar Algoritmik til ning timsollari boʻlishi mumkin. Soʻzlar, gaplar, jadvallar va boshqa ifodalar Algoritmik til qurilmalari hisoblanadi. Shaxmat oʻyini tibbiy tashhis qoʻyish, fikrlash jarayonlarini modellashda Algoritmik til ning alohida guruhi – IPL, LISP, SLIP 306va b. qoʻllaniladi.
ABSlarning ishlash qobiliyatiga qo’yilgan talab, ularning turli xil tashqi qo’zg’atuvchi ta’siriga nosezgir bo’lishiga mo’ljallangan bo’lishidir. Agar sistema turg’un bo’lsa, unda u tashqi qo’zg’atuvchi ta’sirlarga bardosh bera oladi va o’zining muvozanat holatidan chiqarilganda yana ma’lum aniklashda shu holatiga qaytib keladi. Agar sistema noturg’un bo’lsa, unda u tashqi qo’zg’atuvchi ta’sir natijasida muvozanat holati atrofida juda katta tebranishlar hosil qiladi yoki muvozanat holatidan cheksiz uzoqlashadi. Agar har qanday cheklangan kirish kattalikning absolyut qiymatida chiqish kattaligi ham cheklangan qiymatga ega bo’lsa, bunday sistema turg’un istsema deb yuritiladi. Berk sistema xarakteristik tenglamasi A(P)=0 ildizlari haqiqiy qismining manfiy bo’lishi uning turg’un bo’lishining etarli va zarur shartidir. Turg’unlikning bu shartlari A.M.Lyapunov tomonidan nochiziqli sistemalarining chiziqlantirilgan tenglamalari uchun isbotlandi va qo’llandi. Quyida biz bu teoremalarni isbotsiz keltiramiz. 1-teorema: Agar chiziqlantirilgan sistema xarakteristik tenglamasi hamma ildizlarining haqiqiy qismi manfiy bo’lsa, unda real sistema ham turg’un bo’ladi,ya’ni juda kichik nochiziqli hadlari sistemaning turg’unlik holatiga ta’sir ko’rsata olmaydi. 2-teorema: Agar chiziqlantirilgan sistema xarakteristik tenglamasining birorta ildizi musbat haqiqiy qismga ega bo’lsa, unda real sistema noturg’un bo’ladi, ya’ni juda kichik nochiziqli hadlari sistemani turg’un qila olmaydi. 3-teorema: Agar chiziqlantirilgan sistema xarakteristik tenglamasining ildizlari mavhum yoki nolga teng bo’lsa, unda real sistema turg’unlik chegarasi bo’ladi. Ya’ni bunda juda kichik nochiziqlar hadlar o’tkinchi jarayon ko’rinishini tubdan o’zgartirib yuborishi, hamda real sistemani turg’un yoki noturg’un holatga keltirish mumkin. Shunday qilib, sistema turg’unligini tadqiq etish uning xarakteristik tenglamasi ildizlarining ishorasini aniqlashdan, ya’ni xarakteristik tenglama ildizlarini kompleks tekisligida mavhum o’qqa nisbatan qanday joylashganligini aniqlashdan iborat. 17-билет
ABSlarning ishlash qobiliyatiga qo’yilgan talab, ularning turli xil tashqi qo’zg’atuvchi ta’siriga nosezgir bo’lishiga mo’ljallangan bo’lishidir. Agar sistema turg’un bo’lsa, unda u tashqi qo’zg’atuvchi ta’sirlarga bardosh bera oladi va o’zining muvozanat holatidan chiqarilganda yana ma’lum aniqlashda shu holatiga qaytib keladi. Agar sistema noturg’un bo’lsa, unda u tashqi qo’zg’atuvchi ta’sir natijasida muvozanat holati atrofida juda katta tebranishlar hosil qiladi yoki muvozanat holatidan cheksiz uzoqlashadi. Agar har qanday cheklangan kirish kattalikning absolyut qiymatida chiqish kattaligi ham cheklangan qiymatga ega bo’lsa, bunday sistema turg’un istsema deb yuritiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling