Matematika fanidan Mavzu: “Extimolik xossalari shartli ehtimollik xodisalarning bog'liqsizligi” mavzusidagi


Download 1.14 Mb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1016642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G`olbbek

1-misol. Yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Uning standart bo’lishi nostandart ekanligini istisno qiladi. «Tavak-kaliga olingan detalning standart bo’lishi» va «Tavakkaliga olingan detalning nostandart bo’lishi» hodisalari birgalikda bo’lmagan hodisalardir.
Agar hodisalar elementar hodisalar fazosining qism to’p-lamlari sifatida qaralsa, u holda hodisalar o’rtasidagi munosa-batlarni to’plamlar o’rtasidagi munosabatlar sifatida talqin qilish mumkin. Birgalikda bo’lmagan hodisalar — bu umumiy elementar hodisalarga ega bo’lmagan hodisalardir.
Agar eksperiment natijasida A hodisaning ro’y berishidan V hodisaning ro’y berishi albatta kelib chiqsa, A hodisa V hodi-sani ergashtiradi deyiladi va bu orqali belgilanadi. Agar va bo’lsa, u holda bo’ladi.
2-misol. Shashqoltosh tashlanmoqda. «4 raqamli tomon chiq-di» hodisasi «juft ochko chiqdi» hodisasini ergashtiradi.
Ikkita A va V hodisalarning yig’indisi deb yo A hodisaning, yo V hodisaning, yo shu ikkala hodisaning ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U AQV yoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig’indisi deb shu hodisalardan hech bo’lmaganda bittasining ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
3-misol. Zambarakdan ikki marta o’q uzilmoqda. Agar A ho-disa birinchi o’q uzishda nishonga tegish, V esa ikkinchi o’q uzish-da nishonga tegish hodisasi bo’lsa, u holda AQV hodisasi yo bi-rinchi o’q uzishda, yo ikkinchi o’q uzishda, yo ikkala o’q uzishda ni-shonga tegish hodisasi bo’ladi.
Ikkita A va V hodisalarning ko’paytmasi deb A va V hodi-salarning birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga ay-tiladi. U AV yoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisa-larning ko’paytmasi deb shu hodisalardan hammasining birga-likda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
4-misol. Yashikda birinchi va ikkinchi sonli zavodlarda ish-lab chiqarilgan detallar bor. Agar A hodisa standart detalning chiqishi, V esa detal birinchi sonli zavodda tayyorlangan hodisa-si bo’lsa, u holda AV hodisasi birinchi sonli zavodning standart detali chiqishi hodisasi bo’ladi.
A hodisaga qarama-qarshi hodisa orqali belgilanadi. U A hodisa ro’y bermaganda va faqat shu holdagina ro’y bergan hi-soblanadi. Boshqacha qilib aytganda, A va hodisalar ikkalasi jamlanib muqarrar hodisani tashkil etadigan birgalikda bo’l-magan hodisalardir, ya’ni .

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling