Matematika fanidan to’garak ish rejasi


Download 0.74 Mb.
bet14/63
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1559917
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
Ezoza to’garak ish rejasi

2-t a’ r i f. Sonning yuzdan bir ulushi uning protsenti deyiladi. Protsent % belgisi bilan belgilanadi.
3 –t a’ r i f. a sonning p % ini topish uchun a sonni 100 ga bo’lib, p % ga ko’paytirish kerak. bu formula sonning protsentini topish formulasidir. A= bundan 100A= ap; p = • 100 bu ikki sonning protsent nisbatini topish formulasidir.
Eslatma. Protsent bu ilmiy atama bo’lib, uni ommaviy axborot vositalarida «foiz» deb noto’g’ri talqin qilinadi. Protsent italyan tilidan «Sento» shaklda lotin tiliga o’tgan bo’lib, «Procentum» — yuzdan bir degan ma’noni bildiradi.
Protsentlarga doir 4 xil masala uchraydi:
1) sonning protsentini topish;
2) protsentiga ko’ra sonni topish;
3) ikki sonning protsent nisbatini topish;
4) murakkab protsentga doir masalalar.
M a s h q l a r
1. Kasr ko’rinishida ifodalang:
a) 7%; d) 255%; b) 6,8%; f) 0,75%; e) 300%;
g) 0,48%; n) 155% m) 205% t) 200% c) 25%
2.
a) 1 ning 4 ga; f) 3,2 ning 1,28 ga; b) 3 ning 5 ga; g) 15 ning 18 ga; d) 5ning 2 ga;
h)0,43 ning 5 ga; e) 12,5 ning 50 ga protsent nisbatini toping.
3. a ning p % va q %o ini toping:
a) a=75; p=4, q=3; b) a=84; p=15, q=20; d) o=330; p= 18 , q=15;
e) a=82,25; p=160, q=13.
4. p % i a hollar bo’lgan sonni toping:
a) p= 1,25; a=55; b) p=0,8; a= 1,84; d) p=40; a=12; e) p=15; a =l,35.
5. Pol sirtining 72% ini bo’yash uchun 4,5 kg bo’yoq ketdi. Polning qolgan qismini bo’yash uchun qancha bo’yoq kerak bo’ladi?
6. To’g’ri to’rtburchakning eni 20% uzaytirildi, bo’yi esa 20% qisqartirildi. Uning yuzi o’zgaradimi? Agar o’zgarsa, qanchaga o’zgaradi?
7. Ishchi ish kunida 360 ta detal tayyorladi va kunlik rejani 150% ga bajardi. Ishchi reja bo’yicha bir kunda nechta detal tayyorlashi kerak edi?
8. Meva quritilganda o’z og’irligining 82% ini yo’qotadi.36 kg quritilgan meva olish uchun necha kg ho’l meva olish kerak?



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling