Mavzuning dolzarbligi. O‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o‘zlashtirilishiga hamda hayotga tadbiq eta olishga erishish. O‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib boorish natijasida ularning aql-zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning qulay yo‘llarini topa olishga ko‘maklashish. Jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari: Mavzuning asosiy vazifasi bu maqsadni amalga bajarish uchun eng zarur bo‘lgan (mustaqil masala yechishni mashq qilish, murakkab va sodda masalalarning farqini ajrata bilish, eng avval sodda masalalarni yechish texnikasini o‘zlashtirib olish (murakkab masalalarni sodda masalalarga ajratish va h.k).
Mashqlarni uzluksiz mustaqil bajarish yordamida masala yechish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
Tadqiqot predmeti. Bundan tashqari tayyor masalalarni yechish bilan birga berilgan masalaga teskari masala tuzishni bilish va masalani to‘g‘ri yechilganligini tekshirishning usullaridan biri ekanligini tushunib yetish vazifasi ham turadi.
Tadqiqot metodlari. Bilim beruvchi har bir fan jumladan uning har bir mavzusi asoslangan qoida va qonunlar asosida tuzilgan voqealar bayon etilgandir.
Demak, o‘quvchilar bu manbalardan bilim bilan qurollantirilar ekan u ilmiydir.
Xuddi shuningdek algebraning masalalarini yechish metodlarini o‘rganish va shu asosda masalalar yechish bo‘yicha ko‘nikma va malakasi shakllanishiga ham mavjud ilmlarga asoslanadi. Asoslanmasdan hech narsa o‘rgatilmaydi. Faqat matematika aksiomalarigina isbotsiz qabul qiladi, chunki haqiqatdir, shunday isbotsiz qabul qilmaslikni iloji yo‘q aks holda boshqa bir matematik jumlani isbotsiz bilim sifatida tushuntirilar edi.
Shunday qilib shuni aytish kerakki qanday ishni o‘rganmaylik u ilmiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |