Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning mazmunini ochib
Download 192.8 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5226659626509938865
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning mazmunini ochib
bering. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularni tayyorlash ma’lum xarajatlarni talab etadi. Bunday xarajatlar sirasiga sarflangan materiallar, yoqilg‘i va boshqa moddiy zaxiralar qiymati, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, asosiy vositalar eskirishi va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va boshqalar kiradi. Nomlari yuqorida qayd qilingan xarajatlardan tashqari korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari ham amalga oshiriladi. Ular boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqlari, binolarni isitish va yoritish xarajatlari va boshqalardan iborat. Qilingan xarajatlarning pul ifodasidagi jami summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil etadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini hisoblash buxgalteriya hisobining muhim uchastkalaridan biri hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish rezervlarini topish, materiallar, pul mablag‘lari va mehnat resurslari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati uning uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari, xomashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yordamchi materiallar, asbob-uskunalar, imorat, inshoot va boshqa moddiy boyliklar bilan ta’minlangandan so‘ng boshlanishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan mehnat buyumlariga kishilar mehnat qurollari bilan ta’sir qilib, mehnat buyumlarining shakl va ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, natijada ishlab chiqarish xarajatlari paydo bo‘ladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyumlarining qiymati, ularning shaklini o‘zgartirishga ta’sir qilgan ishchilar ish haqi va ish haqiga nisbatan hisoblangan har xil ajratmalar summasi, mehnat buyumlariga ta’sir qilishda ishchilar tomonidan foydalanilgan mehnat qurollarining amortizatsiya summasi hamda ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish va unga rahbarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sarf-xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schotlar to‘g‘risida qisqacha tavsif berib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni tanishtirib chiqamiz. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidan tayyor mahsulotlar olinadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni biznes-reja va shartnoma-kontraktatsiya asosida amalga oshirilib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi va reja tannarxi belgilanadi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar aks ettiriladi hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisobkitob qilinadi. 150-savol Download 192.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling