Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»


partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi


Download 192.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana21.06.2023
Hajmi192.8 Kb.
#1644491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5226659626509938865


partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari : 
1)Tegishli birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha
2)O‘rtacha tannarxi bo‘yicha(AVECO) 
3)Birinchi kirimga olingan materiallar tannarxi bo‘yicha(FIFO) 
122-savol
Asosiy vositalarni baholashning qanday usullarini bilasiz? 
Asosiy vositalarni baholash: 
1-Dastlabki qiymati bo‘yicha 
2-Qoldiq qiymati bo‘yicha 
3-Tiklash qiymati bo‘yicha 
Yuqorida kelitirilgan baholash usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
1) Dastlabki qiymati bo‘yicha baholash usuli. Asosiy vositalar 
buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ularni sotib 
olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha 
qabul qilinadi:


a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – 
tomonlarning kelishuvi bo‘yicha; 
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan
sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu
obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan
holda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
hamda tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi 
holatiga keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda; 
d) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat 
organlarining subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor
bahosi yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan 
qiymat bo‘yicha baholanadi. 
2) asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatidan eskirish
summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Qoldiq qiymat asosiy vositalarni
hisobda haqqoniy baholash uchun qo‘llanilib korxona balansida ham ular qoldiq 
qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Vaqt o‘tishi bilan asosiy vositalarni qoldiq qiymati hozirgi sharoitda sotib
olingan yoki barpo qilingan, shunga o‘xshash asosiy vositalar qiymatidan farq
qiladi. Ushbu farqni bartaraf etish uchun asosiy vositalar har yili birinchi
yanvar holatiga qayta baholanib, ularning tiklash qiymati aniqlanadi. 
3) Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni 
(hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish 
qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan 
aniqlanadi. 
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish,
qo‘shimcha jihozlash, rekonstruksiyalash va qisman tugatish hamda qayta
baholash hollarida ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 31.12.2001-y. 490-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2002-
yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari
to‘g‘risida» qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik
shaklidan qat’i nazar har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalarni ularning
qiymatini joriy baholarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar. 
123-savol

Download 192.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling