Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»
Realizatsiya jarayonining mohiyati va uning hisobi qanday tashkil
Download 192.8 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5226659626509938865
Realizatsiya jarayonining mohiyati va uning hisobi qanday tashkil
etiladi? Ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlari realizatsiya jarayonida xaridorlarga jo‘natiladi va ular qabul qilib olgan mahsulotlari uchun shartnoma narxida xo‘jaliklarga pul to‘laydi. Mahsulotlarning shartnoma bahosi tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi. Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir qancha xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni xaridorlarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qo‘shilmaydi, ular davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotish natijalari realizatsiya jarayonida aniqlanadi. Realizatsiya foyda yoki zarar bilan yakunlanadi. Ayrim manbalarda realizatsiya jarayoni sotish jarayoni deb ham ataladi. Bizning fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Chunki, ishlab chiqarish jarayonida tayyorlangan mahsulotlar sotiladi, bajarilgan ish va xizmatlar hamda qurilish, loyiha-tadqiqot, geologiya-qidiruv va ilmiy-tekshirish ishlari buyurtmachilarga topshiriladi. Shuning uchun bu jarayonni realizatsiya jarayoni deb atash maqsadga muvofiqdir. Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlar, bajarib topshirilgan ish va qilingan xizmatlar uchun pul olinadi. Mahsulotlar sotishga jo‘natilib, xaridorga to‘lov hujjatlari taqdim etilgan vaqtdan boshlab sotilgan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sotish (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish) shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va hisob-kitoblar ustidan nazorat o‘rnatish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: barcha mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning alohida turlari bo‘yicha haqiqiy realizatsiya hajmini aniqlash. Realizatsiya hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobida natural va qiymat o‘lchovlarida ifodalanadi; sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxi va ularning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymatini taqqoslash yo‘li bilan realizatsiya jarayonining haqiqiy natijalarini aniqlash. Olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar ko‘rsatkichi nafaqat butun mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya qilishning, balki ularning alohida turlari bo‘yicha ham rentabelli yoki norentabelli (zarar ko‘rilayotgan) mahsulot turlarini aniqlashga imkon beradi; - tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati, ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan shartnomada ko‘rsatilgan oldin to‘lov (bo‘nak)larning o‘z vaqtida olinishi, tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o‘z vaqtida yuklab jo‘natilishi va bankka barcha to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish. Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan schotlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schotlari muhim o‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130-schotlarining debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlarning kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlar» (9210-9220), 9300-«Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350, 9360, 9370, 9380, 9390), 9410-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» (9410, 9420, 9430, 9440), 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» (9610, 9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi schotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlar» (9810, 9820) va 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar» (9910) qo‘llaniladi (1-ilova. Schotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, realizatsiya natijalari aniqlanadi. Download 192.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling