Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»
Download 192.8 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5226659626509938865
148-savol Taʼminot jarayoni va uni hisobga olishning mazmunini bayon qiling. Ta’minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilardan asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘ilar va mahsulot ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy qiymatliklar hisobda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Sotib olinadigan tovar-moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ikkita asosiy miqdor: ularning xarid narxi va transport-tayyorlov xarajatlaridan iborat. Xarid narxi – bu xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘ldi-riladigan tovar hamda hisob-kitob hujjatlarida (schot-faktura; to‘lov talabnomasi va boshqalar) ko‘rsatilgan qiymatdir. Erkin iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy zaxiralar talab va taklif darajasidan kelib chiqqan holda bozor narxlarida xarid qilinadi. Transport-tayyorlov xarajatlari tovar-moddiy zaxiralarini mol yetkazib beruvchilardan temir yo‘l, suv transporti yoki avtotransportda tashib keltirish, ularni yuklash va tushirish, tabiiy kamayish natijasida yo‘lda yo‘qolishi hamda ta’minot-savdo korxonalarining ustama xarajatlaridan tashkil topadi. Transport-tayyorlov xarajatlari sanoatning bir qancha tarmoqlarida tovar-moddiy qiymatliklarining sezilarli qismini tashkil etadi. Ularning miqdori yuklarni tashish masofasi, savdota’minot korxonalarining uzoqligi, transport vositalarining turlari va boshqa omillarga bog‘liq. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq transport-tayyorlov xarajatlari sotib olingan tovarmoddiy zaxiralar qiymatiga qo‘shiladi. Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy hajmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va sintetik schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning barcha turdagi tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. 149-savol Download 192.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling