Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»


Download 192.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana21.06.2023
Hajmi192.8 Kb.
#1644491
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
2 5226659626509938865

moddalardan iborat? 
Bo‘lakli usulning yarim fabrikatsiz variantida bevosita xarajatlar 
buxgalteriya hisobida har bir bo‘lak bo‘yicha alohida hisobga olinadi,
ammo har bir bo‘lakdagi mahsulot tannarxi kalkulatsiyalanmaydi.
Yakuniy tayyor mahsulot tannarxi barcha bo‘laklar bo‘yicha xarajatlarni 
jamlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Bo‘lakli (yarim fabrikatli) usulda kalkulatsiyalash obyektlari 
sifatida har bir bo‘lak mahsuloti qabul qilingan. Har bir bo‘lakdagi 
mahsulotlar (yarim fabrikatlar) harakati buxgalteriya hisobi schotlarida 
aks ettiriladi.
Masalan, to‘qimachilikda ishlab chiqarish bir qancha bo‘laklardan 


iborat bo‘lib, ulardan asosiylari ip yigirish, to‘qish va ishlov berish 
hisoblanadi. To‘qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta tolasi, yuvilgan 
va yuvilmagan jun, pilla xomashyosi va boshqa materiallar birlamchi 
xomashyo hisoblanadi. Ular birinchi bo‘lakka – ip yigirishga qabul 
qilinadi. Ushbu bo‘lak uchun yigirilgan ip tayyor mahsulot hisoblanadi.
U keyingi bo‘lak – to‘qishga o‘tkazilib, undan xom surp olinadi. Xom 
surp esa uchinchi bo‘lak – ishlov berishga o‘tkazilib, u yerda matoga 
kerakli rasmlar tushiriladi.
Buyurtmali usul noyob yoki maxsus buyurtma bo‘yicha 
tayyorlanadigan buyumlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Misol 
tariqasida kemasozlik va aviasozlik hamda poligrafiya korxonalarini 
keltirish mumkin. Bu yerda mahsulotlar seriyali chiqariladi va ularning 
miqdori buyurtma tiraji bilan belgilanadi.
Buyurtmali usul fizik-kimyoviy jarayonlar qo‘llaniladigan 
korxonalarda ayrim turdagi mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab 
chiqarishda ham qo‘llaniladi. Masalan, kimyo sanoatida kimyoviy 
reaktivlarga buyurtmalarni bajarishda, temir-beton yig‘ish korxonalarida 
temir-betondan yasaladigan buyumlar uchun buyurtmalarni bajarishda 
va b. 
Normativ usul. Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulatsiyalash 
normativ usulining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat. 
Ushbu tamoyil korxonada qo‘llanilayotgan texnologiya,
konstruktorlik, moliyaviy va ma’muriy hujjatlar hamda boshqaruv 
ehtiyojlari uchun qo‘llaniladigan hujjatlar asosida hisoblangan, normativ 
va smeta (budjet) ko‘rsatkichlaridan iborat normativ baza mavjud 
bo‘lganidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda quyidagilar bo‘yicha 
normativlar bo‘lishi lozim: ishlab chiqarish va tijorat jarayonlari uchun 
xarajatlar normativlari, ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari material 
va yoqilg‘i-energetika resurslarining normalari, mehnat haqi fondi,
xodimlar soni, boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining smetasi,
transfert baholari va h.k. 

Download 192.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling