• o‘g‘itlar;
• o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
• ishlar va xizmatlar;
• asosiy vositalarni saqlash xarajatlari;
• ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari;
• sug‘urta to‘lovlari;
• boshqa xarajatlar.
O‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olish uslublari
muayyan korxonadagi texnologik jarayonlarning mazmuni, kalkulatsiyalash
obyektlari va axborotlarni to‘plash usulidan
kelib chiqqan holda
turkumlanadi. Muayyan hisob obyektlariga olib boriladigan xarajatlarning
to‘liqligi va ishonchililigi dastlabki hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va
analitik hisobning tashkil etilishiga bog‘liq. Ayrim
xarajatlar (asosiy
xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishda bevosita
band bo‘lgan xodimlar ish haqi va sh.o‘.) bevosita muayyan kalkulatsiya
obyektlariga qo‘shiladi. Bu toifa xarajatlarni
nazorat qilish qulay va shu
munosabat bilan ularning miqdori yetarli darajada aniq hisoblanishi
mumkin.
Bilvosita xarajatlar, masalan ishlab chiqarishni
tashkil etish va
boshqarish xarajatlari (2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti)
mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga bilvosita (taqsimlash) yo‘l bilan
qo‘shiladi.
Asosiy (bevosita) xarajatlarni mahsulot(ish, xizmat)lar
tannarxiga
olib borishning qulayligini e’tiborga
olgan holda, barcha e’tibor
kalkulatsiyalash jarayonida bilvosita xarajatlarni kalkulatsiya obyektlari
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga qaratilishi lozim. Bilvosita xarajatlarni
taqsimlashning qaysi usulini qo‘llashdan qat’i nazar,
muayyan mahsulot
(ish, xizmat) turining tannarxini hisoblashda ma’lum darajadagi
nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi. Buning sababi nuqsonlarning o‘zi bilvosita
xarajatlarning mazmuniga xos. Ular mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga
bilvosita (egri) yo‘l bilan tanlangan taqsimlash bazasiga mutanosib
ravishda qo‘shiladi.
136-savol
Do'stlaringiz bilan baham: