Xarajat elementlarini aytib bering
Xarajatlarni guruhlash elementlar va kalkulatsiya moddalari bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash zarurati korxona
tomonidan hisobot davrida nima va qancha sarflandi degan savolga
javob beradigan axborotlarni olish zaruratidan kelib chiqadi.
«Xarajatlar tarkibi … to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq mahsulot
(ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar
ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha
guruhlarga ajratiladi:
— ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlari (qaytariladigan
chiqindilar qiymati chegirilgan holda);
— ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat haqi xarajatlari;
— ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
— ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati.
Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash xalq xo‘jaligini
rejalashtirishda qo‘llaniladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va uni
tartibga solishda davlat aralashuvining kamayishi sharoitida xarajatlarni
elementlar bo‘yicha guruhlash ahamiyati xalq xo‘jaligi darajasida o‘z
ahamiyatini biroz yo‘qotadi. Mazkur guruhlash korxona miqyosida
uning hisobot davrida butun ishlab chiqarishga moddiy, mehnat va
moliyaviy resurslarning alohida turlari bo‘yicha qancha sarflanganligini
aniqlashga imkon yaratadi. Tabiiyki, mazkur guruhlash yordamida
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati ustidan muayyan
mahsulot turlarini ishlab chiqarish, ish yoki xizmat turlarini bajarish
bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish qiyin. Bu masala xarajatlarni
moddalar bo‘yicha guruhlash yordamida hal etiladi.
132-savol
Xarajatlar iqtisodiy elementlari boʻyicha qanday guruhlanadi?
133-savol
Mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxi qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |