Asosiy vositalar obektining tiklash qiymati deganda nimani
tushunasiz va uni aniqlashda qanday usullar qoʻllaniladi?
3) Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni
(hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish
qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish,
qo‘shimcha jihozlash, rekonstruksiyalash va qisman tugatish hamda qayta
baholash hollarida ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 31.12.2001-y. 490-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2002-
yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari
to‘g‘risida» qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik
shaklidan qat’i nazar har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalarni ularning
qiymatini joriy baholarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar.
126-savol
Nomoddiy aktivlarni baholashning qanday usullarini bilasiz va
ularni tavsiflang?
Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi
0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» (0110-0190)
debeti(krediti) bo‘yicha 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash
bo‘yicha tuzatishlar» schoti bilan korrespondensiyalanadi. Xarid qilish chog‘ida
qiymati chet el valutasida aniqlangan asosiy vositalarni baholash chet el
valutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona tomonidan
asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta
hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarni baholash usullari №7 «Nomoddiy aktivlar» nomli
BHMSning 3-bandida belgilangan (O‘zR MV 25.03.2005-y. 35-sonli buyrug‘i
bilan tasdiqlangan, O‘zR AV 27.06.2005-y. 1485-raqami bilan ro‘yxatga olingan)
127-savol
Do'stlaringiz bilan baham: |