Mavzu : Mahsulot turlari bo’yicha tannarx tahlili. Reja. Kirish
Download 381.38 Kb.
|
SHoyqulov husni tahluil
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a nnarxni jar a y onli k a l k ul y asi y a qilishda x ar a j atlar
31
bilan bog’liq shartnoma bulsa korxona subpudratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchining hamma bajargan ishining tannarxi shartnomaning tug’ri xarajati sifatida qaralib shartnoma hisobiga olib boriladi. Ko’plab pudratchilar uz xarajatlarini alohida shartnomalar buyicha taqsimlamaydilar, chunki ular odatda tug’ri xarajatlarga nisbatan muhim hisoblanmaydi. Lekin, alohida hollarda shartnoma buyicha egri xarajatlar alohida shartnomalar urtasida korxona uchun belgilangan usul buyicha taqsimlanishi mumkin. Har bir shartnomaning qiymati ijrochi va mijoz urtasida kelishib olinadi va u shartnoma qiymati hisoblanadi. Agar shartnomalar yirik buladigan bulsa, pudratchi mijozdan bajargan ish hajmi va shartnoma qiymatiga mos ravishda oraliq tulovlarni olishi mumkin. Ushbu hollarda shartnomaning bajarilgan ishi buyicha buyurtmachining eksperti xulosa beradi, unda shartnomaning jami qiymatidan bir qismi aniqlanadi va u ijrochiga bajargan ish hajmiga muvofiq ravishda tulanishi mumkin. Ijrochi uz navbatida buyurtmachiga oraliq tulov summasi uchun schet faktura beradi. Shartnomaning bajarilish davrida ijrochi odatda ekspert xulosasida
tuzatishi bilan (agar ular bulsa) tulab beradi. Tannarxni jarayonli kalkulyasiya qilishda xarajatlar tahlili va baholanishi. Ishlab chiqarish xarajatlarning jarayonli kalkulyasiyasi bu sanoatda ommabop mahsulot ishlab chiqaruvchi, lekin jarayon doimo 32 takrorlanadigan operasiyalarga bulingan, ya’ni uzoq vaqt davomida ommabop mahsulot bir nechta qayta ishlaщ bosqichidan utadigan ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hisoblash metodi. Ularga ximik, neftni qayta ishlash, tekstil, lak-buyoq, tegirmon, rezina texnik metallurgiya, shisha, tog’, sement sanoati korxonalari kiradi. Jarayonli metod nosanoat sohasida ham qullaniladi, masalan, pochta xatlarini saralashda, uz-uziga xizmat qilish kafelarida va boshqalar. Jarayonli metodda mahsulot bir jarayondan boshqa jarayonga tuliq tayyor bulmaguncha utaveradi. Tayyorlash jarayoni bilan birgalikda ishlab chiqarish xarajatlarini yig’ilishi jarayoni ham olib boriladi. Har bir texnologik jarayon uchun tug’ri va egri xarajatlar aniqlanishi zarur. Xarajatlar xuddi kalkulyasiyaning namunaviy metodidagiday aniqlanadi. Hamma material xom ashyo mehnat haqqi uchun tug’ri xarajatlar, shunigdek, ishlab chiqarishning qushimcha xarajatlar hisobga olinadi. Namunaviy metodda egri hisoblangan xarajatlarni katta qismi jarayonli metodda tug’ri xarajat hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini nazorati uchun sarflar, jarayondagi uskunalar amortizasiyasi va boshqalar. Jarayonli metodning namunaviydan farqi xarajatlar hisobi obyektining tanlanishidadir. Birlik mahsulotning tannarxini aniqlanishi ikkala
jami tannarxini ushbu davrda ishlab chiqarilgan mag’sulotlar soniga bulish yuli bilan asosiy farq maxrajning kattaligida. Namunaviy metodda u kichik (masalan, bitta qadaqlovchi mashina), jarayonli metodda esa katta (masalan, ming metr, birlik, kub, galon va h.k.). Download 381.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling