Mavzu : Psixologiyaning dastlabki va O‘rta asrlarda rivojlanishi Reja
Download 61.33 Kb.
|
REFERAT.o’rta asr yevropasining psixologik g’oyalari.
F. Akvinskiy hayoti: Foma Neapol shahri yaqinidagi Akvino
qishlog‘ida dunyoga keldi. U Monte Kassino benediktchilar monastirida tarbiyalandi, Neapol universitetida tahsil oldi. Ota-onasining istagiga qarshi o‘laroq, u yaqinda tashkil qilingan ≪Dominikanlik≫ ordenining monaxi bo‘ldi. Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix II saroyida ritsar bo‘lgan. Foma Neapol dorilfununining tayyorlov kulliyotida falsafa va mantiq ilmini o‘rgandi. U 17 yoshida Parijga jo ‘nadi va uch yil davomida o‘z davrining nihoyatda mashhur olimi Buyuk Albert fon Bolshtedt qo‘lida tahsil oldi. Foma 1249—1251-yillarda ustozi Buyuk Albertga ergashib, Kyoln shahriga boradi va u yerda talabalarga ilohiyotdan saboq beradi. 1252-yilda esa Parijga qaytadi va Parij dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay shogird ustozidan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni yo‘lda qoldirib, o‘z ilmi bilan hammani hayratga soldi. Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab nasroniy o‘spirinlar uning huzuriga oqib kela boshlashadi. 0 ‘ta muloyimligi va yuvoshligi uchun Fomaga ≪farishta doktor≫ deb nom berishgan. Foma 1272-yili Italiyaga jo‘naydi va qadrdon Neapol dorilfununida ilohiyotdan dars bera boshlaydi. Shunisi hayratlanarli-ki, bu ilohiyotchi olimning ilmiy asarlari lug'ati qariyb 13000000 atamadan iborat. Bu raqamning salmog‘ini anglab yetishingiz uchun mana bu dallilarga diqqat qiling: — rus tili ilmgohining ma’lumotlariga qaraganda, rus tilida jami 440000 ta so‘z mavjud: — sermahsul ijodkor A.S.Pushkinning asarlarida jami 60000 ta so‘z ishlatilgan. 20 yoshida Foma Parij universitetiga tahsil olish uchun yo‘l old; va ma’lum vaqt Kyolnda bo‘lgach, bu yerga yana tahsilni davom ettirish uchun qaytib keldi. 1245-1248-yillarda u xristianlik bilan aristotelizmni birlashtirish ustida ish olib borgan Albert Buyukning qo‘lida tahsil oldi. Foma bir umr ishlab va o'qib o‘rganish uchun sayohat qilib yashadi. U 50-yilgina umr ko‘rganiga qaramay juda ko‘p asarlar yaratdi. U 1323-yilda o‘limidan so‘ng 49-yil o‘tib cherkov tomonidan ilohiylashtirildi. 1879-yilda uning ta’limoti Rim katolik cherkovining rasmiy falsafasi sifatida tan olindi. Fomaning eng mashhur asarlari bo‘lib, ≪Teologiya summasi≫ va ≪Katolik e’tiqodining majusiylikka qarshi haqiqatlari summasi≫ nomli teologiya bo‘yicha darsliklari hisoblanadi. Bu katta va tez yozilgan asarlarga qo‘shimcha ravishda u falsafiy va teologik mazmunda juda ko‘p asarlar yaratdi. Ular orasida ≪Bibliyaga sharhlar≫, ≪Knyazlar hukmronligi haqida≫ va ≪Bahsli masalalar≫ asarlari ham bo‘lib, ular yovuzlik, haqiqat, ruh va boshqa shu kabi muammolami ko‘taradi. Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: ≪Tafakkuming yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar≫, ≪Olamning manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar≫, ≪Mo‘jizalar xususida≫, ≪Ollohning qudrati xususida≫, ≪Farishtalar xususida≫, ≪Iblislar xususida≫, ≪Tabiatning sirli ishlari xususida≫, Arastuning Metafizika kitobiga sharh≫ va hokazo. Foma 1274-yilning bahorida vafot etdi. Anzelm Kenterbenskiy (1033—1109-y.) va Shampolik Vilgelm (1121—1170-y.) lar realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi. Nominalistlar (lotinchadan. nominale — nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat predmetlaming nomlaridir, deb hisoblaydilar. Realistlarga qarama-qarshi o ‘laroq, nominalistlar faqat individual sifatlarga ega bo‘lgan alohida-alohida narsalarnigina real mavjuddir, deb da’vo qildilar. Umumiy tushunchalar esa faqat biz butun bir sinfga kiritadigan predmetlaming hammasiga tatbiq qilinadigan so‘zlardir. Nominalistlaming ta’limotlarida ba’zi bir 0 ‘rta asr mutafakkirlarining materialistik tendensiyalari ham ifodalangan. Nominalizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari I. Rosselin (1050-1125-y.), Duns Skott (1265-1308 y.), Vilyam Okkam (1285— 349-y.) lar edilar. Ayrim psixik jarayonlami tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon bo‘ldi. Masalan, Ocrta 0 ‘siyolik shifokor va faylasuf Ibn Sino (980- 1037-y.) va Arab mutaifakiri Ibn Rashid (1125—1198-y.)lar Aristotelga ergashib, ≪sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlarini≫ o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilami keltirib chiqargan qo‘zg‘оvchilardan farq qilish zamrligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar o‘matishga intiladilar. Uilyam Okkam hayoti: Ingliz faylasufi Uilyam Okkam Londonning janubiy g‘arbida joylashgan Okkam shaharchasida tug‘ilib o‘sdi. U Oksford dorilfununining ilohiyotchi olimi Duns Skott (1266-1308) qo‘lida ta’lim oldi. Uilyam 1324-yilga qadar Oksford dorilfununida tahsil oldi va o‘qituvchilik qildi. Bu ilm dargohida teztez ilmiy munozaralar, mubohasa, himoyalar o‘tkazilib turilardi. Ilmiy bahslarda odatda talabalar o'zlarining muayyan fikrlarini o'rtaga tashlashar, boshqa qatnashchilar esa unga e’tiroz bildirishardi. Talaba o‘z fikrini qa’tiy himoya qilib, ularga munosib javob berishi munozara ishtirokchilarining asosiy sharti hisoblanardi. Bunday bahslar odatda keskin, hayajonli bir vaziyatda o‘tar va ko‘pincha mushtlashuv biian tugardi. Uilyam ilohiyot magistri darajasiga erishgan olim. U fan tarixida yangi uslubiy qoidalar muallifi sifatida nom qoldirdi. Faylasufning bu qoidalari keyinchalik ≪Okkam ustarasi≫ deb nom olgan. Okkamning mashhur ≪ustarasi≫ni o‘simlikning ortiqcha novdalarini kesib tashlovchi (okqaychi kabi bilish, anglash daraxtidagi tekinxo‘r atamalami yo‘qotishga xizmat qilgan. Okkam ilmiy bilish uslubida oddiylik, soddalik tamoyillariga rioya etishni afzal hisoblagan. Okkam 1323-yilda Oksford dorilfununi kansleri bilan janjallashib qoladi. Kansler faylasufga qator ayblar taqab, Papa Ioann XXII ga xabarnoma yo‘llaydi. 1324-yilda Okkam Papa Ioann XXII ning Avinondagi qarorgohiga jo ‘natiladi. U Avinon ibodatxonasining lurmasida to‘rt yil sud hukmini kutib yotadi va 1328-yilning may oyida olmon imperatori Lyudvig IX Bavarskiy huzuriga qochib boradi. Faylasuf umrining oxirigacha Olmoniyada yashaydi. 1349- yili Uilyam Okkam Myunxen shahrida vabo bilan og‘rib, vafot etadi. Bizning bilimimiz sezgilar tufayli hosil bo'ladi,deydi Okkam. Ayrim psixik jarayonlarni tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon bo‘ldi. Masalan, 0 ‘rta 0 ‘siyolik shifokor va faylasuf Abu Ali ibn Sino (980-1037- y.) va arab mutaffakiri ibn Rashid (1125-1198-y.)lar Aristotelga ergashib, ≪sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlari≫ni o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilarni keltirib chiqargan qo‘zg‘ovchilardan farq qilish zamrligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar o‘rnatishga intiladilar. Qadimgi Rossiyada kitob madaniyati boshlanishi bilan (X—XI asrlarda) psixologiya sohasida G‘arb va Sharq mutafakkirlarida qanday tarkib topgan bo‘lsa, xuddi o ‘sha holda fikr va bilimlar tarqala boshlaydi. Bu bilimlaming eng muhim manbai Vizantiya mutafakkirlari Ioann Damaskning (673-777-y.) grek tilidan slavyan tiliga tarjima qilingan ≪Dialektika≫ va ≪Haqiqiy iymon haqida≫ degan asarlari edi. I. Damaskin ta’limotiga ko‘ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U so'z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo‘lgan g‘ayri jismoniy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning o‘sish va ko‘payish kabi funksiyalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o‘z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog‘liq: masalan, u biologik o‘sishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o‘zgaradi deb ta’kidlaydi. Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlashganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishga ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta’siri va xissasi ko‘rinib turibdi. Ratsionalistik psixologiya fan taraqqiyotidagi bosqichlardan biridir. Hozirgi vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan qolgan meros deb xisoblash mumkin. 0 ‘rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil ahamiyati yo‘q edi: u teologiyaning — dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo‘li bilan dinning ba’zi qonunqoidalarini- ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolami asoslash mumkin edi. Binobarin, ilmiy metodlarning kelib chiqishi mukammalashuvi tufayli sxolastik falsafa bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o‘z o‘mi va ahamiyatini yo‘qotgan. Download 61.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling