Mavzu : Psixologiyaning dastlabki va O‘rta asrlarda rivojlanishi Reja
Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341—270-yilIar)
Download 61.33 Kb.
|
REFERAT.o’rta asr yevropasining psixologik g’oyalari.
Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341—270-yilIar) Yunon
faylasufi Epikuming vatani - Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning shogirdi Pamfil qoiida tahsil olgan. Donishmand miloddan avvalgi 310-yilda Lebosdagi Mitilen shahrida, 306-yildan o‘limiga qadar Afinadagi o‘z ≪bog‘≫ida talabalarga falsafadan saboq bergan. Bu bog‘ epikurchilaming muqaddas dargohiga aylangan. Epikur umri davomida hech qachon o‘zgalaming fikriga tayanmaslikka harakat qilgan. Jami 300 ga yaqin asar yozgan, biroq ular bizga qadar yetib kelmagan. Epikuming ta’limotiga asoslari bayon etilgan uchta maktubi va ba’zi qo‘lyozmalaridan parchalargina saqlanib qolgan. Donishmand umrining so‘nggi 14 kuni davomida buyragidagi toshdan qattiq azob chekkan. Rivoyatlarga qaraganda, u issiq suv to‘ldirilgan jomga yotib o'tkir sharobni simirgan-da, do‘stlariga saboqlarini unutmaslikni vasiyat qilib, hayotdan ko‘z yumgan. Epikur aytadiki: ≪Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql≫ idrok ila bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham buning aksini qilolmaydi. Sezgi hech qachon aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy sanalmish fikrga qarama-qarshi qo‘ygan qadimiy falsafa aqidalarini rad etgan. U sezgini haqiqatning mezoni deb hisoblagan.) Donolik hamma narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham qimmatliroqdir≫. Qadimgi grek faylasuflarining talimotiga ko‘ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson dunyoning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624—547-yiliar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning, shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug‘) shaklida tasawur qilingan. Anaksimen (e.a. 588-525-y) butun mavjudot zichlashish va siyraklashish qobiliyatiga ega bo‘lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh bu juda siyraklashgan havodir, deydi u. Geraklit Tyomniy (e.a. 544—483-y) tabiatning asosi o‘t (olov) dir deb hisoblagan. ≪Hamma narsa olovdan paydo bo'ladi va yana hamma narsa olovga aylanadi≫. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u. Geraklitning fikricha, ruh bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o‘zgarib turadigan asosi — olovning o‘tkinchi, holatlaridan biridir. Hamma narsaning asosi tuproq uning zarrachalaridir deb, hisoblagan mutafakkirlar ham bo‘lgan. Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483—423-y) ≪Tabiat haqida≫ degan poyemaning muallifi bo‘lib, bu dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to‘rtala stixiyaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq yoki olov yotadi, deb ta’lim bergan. ≪Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzod tomonidan avval surilgan birinchi ilmiy gepotezadir≫, deb yozadi L.S. Vigotskiy. Anita ruh haG e ra k lit D em o k rit P la to n A risto te l qidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bo‘lgan bo‘lsada er. av. asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo bo‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolarning boshi shu yerdadir. ≪Qaysi yo‘llar bilan bormagin, baribir ruhning chegarasiga borolmaysan≫ degan aforizm bilan Efeslik Geroklit (er. av. 530-470) individual ruh va koinot birligi g‘oyasini avval surdi. Unga ko‘ra barcha narsa asosida olov yotarkan. ≪Organizmdagi olov uchquni psixologiyadagi ruhdir. U ≪olovl i va nam≫ holatda bo ‘ ladi va mast odam qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir≫ - deb yozadi Geraklit. Uning ta'kidlashicha, ruh nami umumiy logos qonunlari bilan belgilanadi. Bu fikr bilan Geraklit barcha psixik hodisalar moddiy dunyo qonunlariga buysunishin ta’kidlamoqchi boMdi. Determinizm prinsipinijudasoddako‘rinishdata’riflamoqchi )o‘Idi. Lekin uning g‘oyalari psixik hayotning hamma eshiklarini oohishga kalit bo‘la olmas edi. Geraklit o‘zidan oldin o‘tgan Milet ’raktabi faylasuflari Fales, Anaksimandir, Anasimenlarning ruh bo‘linmasligi to‘g‘risidagi fikrlari izdoshi. Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit (er.av. 400-370) ning ta’limotida ≪olovli atom≫larga aylandi. Demokrit va uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm nazariyaGippokrat Tit Lukretsiy Karr Galen Klavdiy sini avval surdilar. Unga ko'ra barcha narsalar 2 ta asosdan — bo‘linmas harakatchan, sharsimon va yengil atomlardan va bo‘shliqlardan paydo bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni hosil qiladi. Materializm g‘oyalar antik psixologiyada anatomiya va meditsinadagi yutuqlari bilan mustahkamlab qo‘yiladi. Er.av. VI asrda yashagan tabib va faylasuf Olkmson Krotonskiy fan tarixida birinchi bo‘lib, fikrlarning bosh miyada tug‘ilishi to‘g‘risidagi taxminni awal surdi. ≪Meditsinaning otasi≫ Gippokrat (er. av. 460-377) Likseon kabi tafakkur va sezgi organi miya ekanini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, mana shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz, tanamizning mana shu qismi bilan ko‘ramiz. Miya sof holatda bo‘lgandagina biz sof fikrlaymiz≫. Gippokratning ishlari orasida eng katta shuhrat keltirgani temperament haqidagi ta’limotdir. Unga ko‘ra, inson temperamentini organizmdagi 4 xil suyuqlik: miyadagi shilimshiq modda, yurakdagi, jigardagi safro, qora taloqdagi qora safroning nisbati belgi lab beradi. Qonning ustunligi - sangvinik temperamentiga (lot. - qon), shilimshiq modda ustunligi - flegmatik temperamentiga (grek - shilimshiq modda), safro ustunligi - xolerik temperamentiga (grek - safro, o‘t), qora safro ustunligi melanxolik temperamentiga (grek - qora safro, o‘t) to‘g‘ri keladi. I.P. Pavlovning aytishicha, Gippokrat son-sanoqsiz variantlar ichida inson xulqini tushuntiruvchi kapital nazariyaga asos soldi. Qadimgi grek va rim faylasuflari Aristoteldan keyin Demokrit (materialistik psixologiya), Platon va Aristotel (idealistik psixologiya) lar yaratgan psixologik ta’limotlar sistemasiga deyarli hech qanday yangilik kiritmadilar. Demokritdan keyin materializmning ko‘zga ko‘ringan vakillari grek faylasuf Epikur (342-271-y.) va Rim shoiri, -faylasuf Lukretsiy Karr (99—55 y.) edilar. Epikuming fikricha, ruh g‘ayri jismoniy bir narsa emas, ≪Jismsiz bo‘shliqdan boshqa hech narsani fikrlash mumkin emas. Ruhni g‘ayri jismiy narsa degan kishilar alahsirayaptilar≫. Epikur moddiy bo‘lmagan substansiyaning mavjudligini mutlaqo inkor qilib, ≪ruh, butun organizmga tarqalgan juda nozik jismdir≫ deb hisobladi. Lukretsiy o‘zining ≪Narsalarning tabiati haqida≫ degan asarida atomistik materializm falsafasini, xususan, ruh haqidagi materialistik ta’limotni poetik formada bayon qiladi. U moddiy boMmagan ruhning mavjudligini inkor qildi. ≪Jon, ruh yoki aql moddiy bo‘lib, faqat inson tanasiga xos bo‘!gan kuchlamigina tashkil qiladi≫. Ruh ham, jon ham, jismiy tabiatga ega. Lukretsiy psixik hodisalarning tanaga bog‘liqligini tajribaga asoslanib isbot qiladi. U, ≪Aql ham tana bilan birga o‘sadi va so‘nadi, aql ham tana singari kasallikka duchor bo‘ladi, mastlik natijasida xiralashadi ≫ - degan va shunga o‘xshash dalillar keltiradi. Lukretsiy bu materialistik dalillarga asoslanib, ruhning abadiyligi to‘g‘risidagi ta’limotning yolg‘onligi haqida xulosa chiqaradi. Lukretsiy Karr psixik hayotning ba’zi bir hodisalarini analiz qilish bilan ham shug‘ullandi. Masalan, u sezgi organlariga ta’sir etib turgan har qanday qo‘zg‘ovchi ham sezgi hosil qilavermaydi, balki ma’lum bir kuchga ega bo‘lgan qo‘zg‘ovchigina sezgi hosil qiladi, deb aniqlagan. U birinchi boMib sezgi chegaralari haqida ta’limot yaratdi, uyqu va tush ko‘rishning sabablarini tushuntirdi. Psixologiyadagi idealistik oqim Platon izdoshlari tomonidan targ‘ib qilindi. Uning ruhning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti nihoyatiga yetkazilib, Ammoni Sakksning (175-242), ayniqsa,, Plotinning (b. e. 205-270 y.) ta’limotidagi diniy mistik qarashlar bilan qo‘shilib ketdi. Aleksandriyada ma’lum vaqtgacha o‘liklami yorib o‘rganishga ruhsat berilishi Aleksandriyadagi 2 ta yirik tabib-olim Gerofil va I i razistratning yangi kashfiyotlariga sabab bo‘ldi. Ptolemeyning shaxsiy labibi Gerofil birinchi bo‘lib, nervlar, paylar va bog‘lamlar o‘rtasidagi I'arqni aniqladi, ko'zning tuzilishini batafsil tariflab berdi. Erazistrat bosh miyaning tuzilishini ta’riflab, katta yarim sharlardagi egri- Inigriliklaming ko‘pligidan odam aqliy jihatdan hayvonlardan ustun luradi, degan fikrga keldi. Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlami riinlik tabib Klavdiy Galen (II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan Iwyitdi. Uning asarlaridan XVII asrgacha keng foydalanildi. Har xil inuskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan Galen xulosaga keldi-ki, lananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, birorta xissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi. Eksperimentlar orqali Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniqladi. Agar orqa miyani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylashgan barcha tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yo‘qotadi, degan xulosani olim asoslab berdi. Galen Gippokratning temperament ta’limotini yanada rivojlantirdi. U barcha narsalaming 4 xil holati - iliq, sovuq, quruq va nam va 4 xil suyuqlik 13 ta temperamentni keltirib chiqaradi, degan fikrda edi. Shu temperamentlaming bittasi normal bo‘lib, 12 tasida normadan chetga chiqish mavjudligini Galen tushuntirmoqchi bo‘ldi. Ko‘rish idrokini o‘rganishga afinalik tabib Aleksandr Vfrodiyskiy ( 139-211) katta xissa qo‘shdi. Download 61.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling