Mavzu : Psixologiyaning dastlabki va O‘rta asrlarda rivojlanishi Reja


Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496-yillar)


Download 61.33 Kb.
bet2/10
Sana10.02.2023
Hajmi61.33 Kb.
#1185376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
REFERAT.o’rta asr yevropasining psixologik g’oyalari.

Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496-yillar). Janubiy
Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi Yunon faylasufi
Pifagor Mnesarx ismli kishining farzandi boigan. Otasi uni xizmat
safariga doimo o‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan
va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bo‘lib o‘sadi.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik
diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto
xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga
yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig'lamagan va umuman ehtiros
hamda xis-hayajonga berilmagan.
Pifagoming quyidagi asarlari ma’lum: ≪Tabiat haqida≫, ≪Davlat
haqida≫, ≪Tarbiya haqida≫, ≪Jon haqida≫, ≪Olam haqida≫, ≪Ilohiy
kalom≫. Pifagor miloddan avvalgi 496-yilda dushmanlari tomonidan
oMdirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga ≪falsafa≫,
deb nom bergan birinchi donishmand edi. Rivoyat qilishlaricha,
Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan so‘radi:
≪Sen qaysi ilm bilimdonisan?≫ - ≪Hech qaysi, - deb javob berdi
Pifagor. - Men shunchaki bir faylasufman≫. - ≪Falsafa degani nima
o‘zi?≫ - taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi.
≪Inson umrini bozor va Olimpiya o‘yinIariga qiyoslash mumkin.
Bozordagi sotuvchilar ham, haridorlar ham doimo o‘z foydalarini
ko‘zlaydilar.
Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mashhurlik
payida boMadilar. O‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni
diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning
katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelibyuguradilar.
Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh
borkim, ular chetdan turib atrofdagilami jimgina kuzatadilar.
Voqea-hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni
anglash ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar
faylasuflar — donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar,
ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom ma’nodagi donishmandlik
yolg‘iz Ollohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka intilish
bilan kifoyalanadilar xolos≫.
Platon fikriga ko‘ra inson ruhining 3 ta asosi bor:
1. Hayvonlar va o‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik
mavjudot o‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning
mana shu qismi bilan odam sezadi, ochlik va tashnalikni xis etadi.
Bu asos inson ruhining katta qismini tashkil etadi.
2. Asosning inti I ish lariga qarshi chiqadi.
3. Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan ≪odamning
jahli chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladi≫.
Platon fikriga ko‘ra, doim mana shu asoslar o‘rtasida kurash kechib,
uning oqibatlari tushlarda namoyon boiadi.
Platonning tushlarni tushuntirish bo‘yicha fikrlari ko‘p jihatdan
zamonaviy fikrlardan biri — freydizmga o‘xshab ketadi. Chunki Platon
ham ulaming asosida mayllar, shu jumladan, haqiqiy mayllar yotishini
ta’kidlagan. Platon ruh tana o‘lgandan keyin ham hayot bo‘ladi
deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: ≪Agar ruh abadiy bo‘lsa, unda
ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti haqida
ham qayg‘urish kerak. Platon ruh haqidagi g‘oyasining yetakchi qismi
xissiyotlardir. Unda Platon birinchi o‘rinda odamlar uchun rohatlanish
xissi turmasligini aytadi. Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun
shundaydir, lekin odam uchun birinchi o‘rin u yoqda tursin, ikkinchi
o‘rinda ham turmaydi, hatto uchunchi o‘rindan ham ancha uzoqdadir.
Platon o‘zining ≪Fileb≫ dialogida rohatlanish, azoblanish va har ikkisining
bo'lmasligi mhning 3 xil holatidir deb aytib o‘tadi.
Platonning ruh va qalb haqidagi qarashlari, Platon (427—347) bilan
Demokritlar deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular quldorlik
aristokratiyasi mafkurasining namoyondalari edilar. Platon jon
va tan mutlaqo har xil, hatto qarama-qarshi bo'lgan ikkita mohiyatidir,
deb ta’lim bergan. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi organlari bilan
idrok qilish mumkin: uni ko‘rish va sezish mumkin, u fizik jismdir.
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan
idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo‘lib, fizik jism
emas, balki metafizik, sezib bo‘lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyoga
emas, balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatdan yashayotgan ideal lar
(g‘oyalar), ≪obrazlar≫ dunyosiga taalluqlidir. Jon inson tanasiga o‘sha
dunyodan kelib qo‘shiladi. Uning tana bilan birga bo‘lishi vaqtinchalikdir,
tana o‘lishi bilan jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi.
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindondagi
narsa kabi, doimo ideallar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo‘lib, intilib
turadi. 0 ‘z ongini oshirish yo‘li bilan shu dunyo haqida eslash
insonga haqiqiy demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir
manbai-ideallar dunyosidir. Bizning atrofimiz dunyosini sezishimiz va
idrok qilishimiz esa, faqatgina o‘zgarib turadigan beqaror hodisalar haqida
bilim beradi, holos. Biroq jonning (ruhning) ideal holda namoyon
bo‘lishi ko‘pchilik kishilarda to‘silib turilishi va moddiy tanaga
bo‘ysundirilishi mumkin. Oqibatda, jon ideallar dunyosini go‘yo esdan
chiqarib, materiyaga farq bo‘lmog‘i mumkin. Shuning uchun ham
yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni, materiyaga qanchalik farq
boiishi darajasiga qarab, go‘yoki 3 qismga bo‘linadi. Har bir kishida
ularning har biri har xil darajada namoyon bo‘ladi. Jonning qaysi qismi
ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual xususiyatlari, hayotining
yo‘nalishi, harakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo‘ladi.
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit (er.av.
460—370-yillar) ning ta’limotida ≪olovli atom≫larga aylandi. Demokrit
va uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm
nazariyasini avval surdilar. Unga ko‘ra, barcha narsalar 2 ta asosdanbo‘
linmas harakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bo‘shliqlardan
paydo bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari
ruhni hosil qiladi.
≪Bitta ilmiy isbotu dalilni qoiga kiritish men uchun fors saltanatiga
hokimlik qilishdan a’loroqdir≫, - degandi Demokrit.
Yana bir grek mutafakkiri Anaksagor (er.av.500-428) ning
barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil
topganligi va ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi
to‘g‘risidagi fikri ham Demokritning atomik qarashlariga o‘xshaydi.
Sochilib ketishidan iborat fizik qonunini tana uchun ham, taalluqli
deb hisoblab, Demokrit ruhning abadiyligini inkor etadi. Demokrit
ruhni tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh
og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana o‘lgandan keyin esa
u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil
etuvchi atomlami yutib nafas chiqarganda ruhimizning bir qismini
tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimizning doimo
yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha,
hamma narsaning, hatto o‘likning ruhi bor, faqat juda kam.
Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi.
Tanadan tashqari ruh bo‘lishi mumkin emas, degan umumiy hukm
chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi, balki ruhning o‘zi tana
ekanligini ta’kidlaydi. ≪Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak, uning
o‘zi tana qismi≫ deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukretsiy, kabilar
Demokritning ruh haqidagi tasawurlarining rivojlanishini davom
ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga ko‘ra, ruh atomlardan emas,
o‘zgarmas 4 elementdan: olov — issiqlik asosi, bug* — harakat asosi,
shamol — sovish asosi, nomsiz 4-element — ruhning ruhidan iborat.
Epikuming nomsiz elementini Lukretsiy ≪А≫, deb atadi. Shuningdek,
Epikuming fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh
bo‘ladi.
≪Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda
qattiq yanglishgandi, — deydi Suqrot, — chunki odamlar olovga bemalol
qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini
nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh
nuri ta’sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini,
o‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklarini, olov taftidan esa
halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan
tosh, deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon
Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa
doimo eng porloq yoritgich bo‘lib, qolajak≫.
Suqrot g‘oyalari: ≪Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga
o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining toshga o‘xshab
qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar≫.
≪Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi
bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa
manmanlikdan o‘zimni tiyaman≫.
≪ 0 ‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga
qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan
shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi.
Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi
o‘laroq, u o‘zga odamlami qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo'lida
foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi≫.

Download 61.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling