mavzu / soat / juftlik Estetik tuyg’uning rivoji – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida


Download 158.19 Kb.
bet7/11
Sana23.11.2023
Hajmi158.19 Kb.
#1795866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu (Maruza matni) BS

VI. XX asrda estetik taraqqiyot. 1929-yilda o‘zbek musiqali teatriga asos solindi. 1933-yilga kelib Hamza nomli akademik drama teatri ish boshladi. Har qanday mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan milliy ruh ustuvor bo‘lib qola berdi. Xalqimiz orasidan uning asriy dil armoni, orzu-istaklarini kuylagan Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Domla Halim Ibodov, Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Madrahim Sheroziy, Shorahim Shoumarov, Abror Hidoyatov, Soraxonim, Tamaraxonim, Lutfixonim, Mukarramaxonim singari nomdor san‘atkorlar yetishib chiqdi va dovruq qozondi.
1936-yilda Toshkent davlat konservatoriyasining ochilishi xalqimizning madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. O‘zbek musiqa madaniyatining zabardast vakillari – Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Tolibjon Sodiqov, To‘xtasin Jalilov singari san‘atkorlar ijodi xalq dilidan chuqur joy oldi. 1937-yilda Moskvada o‘tkazilgan birinchi o‘zbek san‘ati va adabiyoti dekadasi xalqimiz madaniyatining yorqin ko‘rigi bo‘ldi. Unda «Gulsara», «Layli va Majnun» operalari, «Farhod va Shirin» musiqali dramasi va boshqa sahna asarlari katta mahorat bilan namoyish etildi. 3O-yillarda O‘zbekistonda yangidan kino san‘ati shakllanib bordi. Uning yorqin ifodasi sifatida shu davrda yaratilib ekranlarga chiqarilgan «Asal», «Qasam», «Ravot qashqirlari», «Azamat» singari filmlarni tilga olib o‘tish joizdir.
Ularni yaratishda Komil Yormatov, Nabi G‘aniyev, Sulaymon Xo‘jayev, Yo‘ldosh A‘zamov, Rahim Pirmuhamedov singari ajoyib o‘zbek kino ustalarining xizmatlari benazirdir. 2O-3O-yillarda respublikada ko‘plab madaniy inshootlar qurildi. 1932-yilda respublikada 7O7 ta kutubxona, 3O87 ta klub, 4O9 ta kinoqurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey faoliyat olib bordi. O‘zbekistonda madaniy qurilish jarayonining chuqurlashib borishiga mamlakatda avj olgan totalitar tuzum zo‘ravonligi va bedodligi jiddiy to‘sqinlik tug‘dirdi. Bunday keskin, nosog‘lom muhitda madaniyat muassasalarining faoliyati cheklanib, bu soha xodimlarining ijodkorligi har tomonlama qiyin-qistov va siquvga olindi. Bu esa respublika madaniy hayoti maromining normal kechishiga, shubhasiz, salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Bu davrda o‘zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiy sinovlar jarayonini boshdan kechirdi. O‘zining boy tarixiy an‘analariga ega bo‘lgan bu adabiyot xalq ruhining ko‘zgusi sifatida uning ma‘naviy hayotini tashkil qilishda, zamon muammolarini idrok etish hamda hal etishda o‘z hissasini qo‘shib bordi. Sovetlar nazarida adabiyot kuchli mafkuraviy qurol sifatida yangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qilishi, millionlar ommasini shunga da‘vat etmog‘i kerak edi. VKP(b) MQning 1925-yil 18-iyunda qabul qilgan «Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to‘g‘risida» nomli qarorida shu ruh, g‘oya aks ettirilgandi.
Bu hujjat o‘zbek adabiyoti va uning namoyandalari uchun ham qo‘llanma hisoblanardi. Unda ochiqdan ochiq sovet mafkurasiga zid adabiyot «burjua mafkurasi xizmatkori», deb e‘lon qilingandi. Biroq har qanday tazyiq-u ta‘qiblarga qaramay o‘zbek adabiyoti bu yillarda muhim yutuqlarga erishib, jiddiy o‘zgarishlar yo‘lidan ilgarilab bordi. Bu o‘rinda Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho‘lponning «Kecha va kunduz», Sadriddin Ayniyning «Odina», «Sudxo‘rning o‘limi», Fitratning «Abulfayzxon», Oybekning «Qutlug‘ qon», G‘afur G‘ulomning «Ko‘kan», «Yodgor» va shu singari o‘z davri uchun muhim voqea bo‘lgan badiiy g‘oyasi yuksak asarlarni alohida qayd etmoq lozim bo‘ladi.
1933 yilga kelib Xamza nomli akademik drama teatri ish boshladi. Har qanday mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan milliy ruh ustivor bo‘lib qola berdi.
Xalqimiz orasidan Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Madrahim Sheroziy, Domla Halim Ibodov, Abror Hidoyatov, Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, Soraxonim, Tamaraxonim, Lutfixonim, Mukarramaxonim singari nomdor san‘atkorlar yetishib chiqdi.

  1. yilda Toshkentda konservatoriya ochilishi madaniy hayotda katta voqea bo‘ldi. O‘zbek musiqa madaniyatining zabardas vakillari – Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, To‘xtasin Jalilov singari san‘atkorlar ijodi xalq dilidan chuqur joy oldi.

  2. yilda Moskvada o‘tkazilgan birinchi o‘zbek san‘ati va adabiyoti dekadasida «Gulsara», «Layli va Majnun» operalari, «Farhod va Shirin» musiqali dramasi va boshqa sahna asarlari katta mahorat bilan namoyish etildi.

3O-yillarda O‘zbekistonda kino san‘ati shakllandi. Uning yorqin ifodasi sifatida shu davrda yaratilib ekranlarga chiqarilgan «Asal», «Qasam», «Ravotqashqirlari», «Azamat» singari filmlarni tilga olib o‘tish joizdir.
Ularni yaratishda Komil Yormatov, Nabi G‘aniyev, Sulaymon Xo‘jayev,
Yo‘ldosh A‘zamov, Rahim Pirmuhamedov singari ajoyib o‘zbek kino ustalari xizmatlari benazirdir.
2O-3O-yillarda respublikada ko‘plab madaniy inshootlar qurildi. 1932 yilda respublikada 7O7 ta kutubxona, 3O87 ta klub, 4O9 ta kino qurilma, 32 ta teatr, 13 ta muzey mavjud edi. 1937-194O yillarda O‘zbekiston shahar va qishloqlari radiolashtirildi. Yangidan 264 ta ko‘chma va doimiy kino qurilmalari o‘rnatildi. 1941 yilda kitob nashr qilish 4375 nomga yetkazildi va 48 mln. nusxani tashkil etdi. 4O-yillar boshlariga kelib kutubxona, klub, badiiy havaskorlik jamoalari soni 2 baravarga ko‘paydi.
5O-8O-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi . Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib» va «Quyosh qoraymas», Sh.Rashidovning «Qudratli to‘lqin», Shuhratning «Shinelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O.Yoqubovning «El boshiga ish tushsa», H.G‘ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi.
Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi «Oltin vodiydan shabadalar »(Oybek ), «Qo‘shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» (A.Qahhor), «G‘oliblar» va «Bo‘rondan kuchli» (Sh.Rashidov), «Ixlos» (I.Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi.
Yozuvchi Parda Tursunning «O‘qituvchi» romani qishloq ziyolilari faoliyatini ochib berdi. Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O.Yoqubovning «Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondashlarimizning ma‘naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettirildi.
Rahmat Fayziyning «Hazrati inson», O‘.Umarbekovning «Odam bo‘lish qiyin», O‘.Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanlarida odob-axloq masalalari yoritildi.
O‘zbek she‘riyatining 6O-8O-yillardagi tarqqiyoti A.Oripov, E.Vohidov,
Sayyor, N.Nazrullayev, B.Boyqobilov, E. Oxunova, O.Hojiyeva,
H.Hudoyberdiyeva, O.Matjon va boshqa ko‘plab shoirlarning ijodiy kamoloti bilan bog‘liq holda kechdi. Uyg‘unning «Abu Rayhon Beruniy», O.Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi», M.Shayhzodaning «Mirzo Ulug‘bek» kabi tarixiy mavzudagi asarlari yaratildi.
O‘bekistonda teatr va musiqa san‘ati bir muncha o‘sdi. Hamza nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Sezar», Uyg‘unning «Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so‘zana», N.Hikmatning «Sevgi afsonasi», Uyg‘un va
I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi .
O‘zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat ko‘rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O‘zbek davlat orkestri repertuaridan 13OOga yaqin asarlar o‘rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go‘zal» xoreografik ansabllari ham o‘zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg‘u ansambllari jamoalarining konsertlari xalqqa manzur bo‘ldi.
O‘zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M.Uyg‘ur, Ye.Bobojonov,
A.Ginzburg, T.Xo‘jayevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho‘jayev,
A.Bakirov, S.Eshonto‘rayeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamrayev, Z.Muhammadjonov, B.Qoriyeva, Ya.Abdullayeva, G‘.A‘zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san‘atkorlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Xalqimiz o‘zbek san‘ati dovrug‘ini baland ko‘targan H.Nosirova, M.Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e‘zozlab kelmoqda.
1946-1985 yillar O‘zbekiston kino san‘atining yuksalish yillari bo‘ldi. N.G‘aniyev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari», «Farg‘ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo‘ldi.
6O-7O-yillarda o‘zbek kino san‘atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroyev, R.Botirov, E.Eshmuhammedov, H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen yetim emassan»(1963), «Toshkent – non shahri» (197O), «Abu Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroyevning «Shidddat» (1971), R.Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste‘dodu izlanishlari tasvirlangan.
Tasviriy san‘at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O‘.Tansiqboyevlar devoriy rasmlar, mozaika va manzara janri bo‘yicha, V.Ye.Kaydalov va M.Nabiyevlar portret janri bo‘yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta‘mirlash, naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an‘anaga aylandi. Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o‘ymakorligi, Q.Haydarov va O.Fayzullayev rahbarligida yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatildi.
O‘zbek sirk ustalari – Toshkenboyevlar, Zaripovlar, Xo‘jayevlar, Madaliyevlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning chiqishlari, nafaqat O‘zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Download 158.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling