mavzu / soat / juftlik Estetik tuyg’uning rivoji – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida
-rasm. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar tanishtirilayotgan o’zbek xalq amaliy san’ati turlari
Download 158.19 Kb.
|
3-mavzu (Maruza matni) BS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Amaliy topshiriqlar: 1-topshiriq.
9-rasm. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar tanishtirilayotgan o’zbek xalq amaliy san’ati turlari
Shunday qilib, Markaziy Osiyoda estetik taraqqiyot bir qancha bosqichlarda kechgan. Bu bosqichlarning har birida san‘atning muayyan turida o‘sish, rivojlanish kuzatilgan. Ularning har biri har bir davr kishilarining estetik ongini oshirishga xizmat qilgan. Qaysi davrda bo‘lishidan qat‘iy nazar Markaziy Osiyo hududida shakllangan estetik g‘oyalarning negizida inson go‘zalligi, uning shakllanishi axloqiy tamoyillar asosiga qurilgan. Asrlar davomida taraqqiy etgan o‘zbek xalq amaliy san‘ati ham katta estetik imkoniyatga ega bo‘lib, nafaqat kishilar turmushini chiroyli, ko‘rkam bo‘lishini ta‘minlagan, balki shaxsning estetik didini rivojlantirishga ham xizmat qilgan. Hozirgi kunda ta‘lim muassasalarida ham o‘zbek xalq amaliy san‘ati turlarining estetik imkoniyatlariga samarali foydalanishga e‘tibor qaratilmoqda. Nazorat savollari: Markaziy Osiyoda kechgan estetik taraqqiyot qanday bosqichlarga bo‘linadi? Eramizning VII asrigacha bo‘lgan davrdagi estetik tafakkur qanday asarlarda o‘z aksini topgan? ―Avesto‖ asarida atrof-muhit tozaligini saqlashning qanday usullari ko‘rsatilgan? Inson xulqi go‘zalligi haqidagi hadislar Muhammad ibn Ismoil alBuxoriyning qaysi asarida bayon qilingan? Insonning borliqqa esteiik munosabatda bo‘lishi to‘g‘risidagi asar ―Qobusnoma‖ning muallifi kim? Alisher Navoiyning ―Farhod va Shirin‖ dostonida Farhod kata estetik ta‘sirga ega qanday hunar egasi bo‘lgan? XVI-XIX asrlarda voizlik (notiqlik) san‘ati to‘g‘risida qanday asarlar yaratilgan? Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshiarida estetik tarbiya g‘oyalari qanday tamoyil negizida rivojlandi? Toshkent davlat konservatoriyasi qachon tashkil etildi? XX asrning 50-80-yillarda o‘zbek adabiyotida qanday janrlar rivojlandi? Mustaqillik yillarida me‘morchilik san‘atida qanday ikki asosiy tamoyil ko‘zga tashlanadi? O‘zbek xalq amaliy san‘atining qanday turlarini bilasiz? Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida o‘zbek xalq amaliy san‘atining qaysi turlari bo‘yicha bolalarga nazariy va amaliy bilimlar beriladi? O‘rta maktablarida ―Texnologiya‖ fani doirasida o‘quvchilar asosan qanday o‘zbek xalq amaliy san‘atining turlari bilan tanishadi? Amaliy topshiriqlar: 1-topshiriq. O‘zbek xalq amaliy san‘ati tarixiga oid bosma hamda elektron asarlar asosida qo‘g‘irchoq san‘atining taraqqiyotiga oid ma‘lumotlarni to‘plang va ular asosida buklet tayyorlang. 2-topshiriq. O‘zbek xalq amaliy san‘atining o‘ndan ortiq turi mavjud. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarga o‘zbek xalq amaliy san‘atining, asosan, beshta turi o‘rgatiladi. Nima uchun maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarga o‘zbek xalq amaliy san‘atining quyidagi turlari o‘rgatilmasligi haqida o‘ylab ko‘ring va fikringizni asosli tarzda bayon qiling! Download 158.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling