mavzu / soat / juftlik Estetik tuyg’uning rivoji – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida
XIV-XV asr falsafiy, adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyoti
Download 158.19 Kb.
|
3-mavzu (Maruza matni) BS
3. XIV-XV asr falsafiy, adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyoti. Amir Temur va temuriylar davrida mo‘g‘ul bosqini tufayli butunlay vayron etilgan Samarqand shahri qayta qurildi. Shahar tevaragi Oha- nin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza atalmish oltita Amir Temur inshootlari. darvozali qal‘a devori bilan o‘rab chiqilgan. Ko‘rkam va muhtasham binolardan tashqari turli- tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko‘targan.
Amir Temur Samarqand atrofida o‘z farzandlariga atab ko‘shklar, go‘zal bog‘lar barpo ettirdi. Mohir me‘mor, tajribali sohibkorlar aql-zakovati, mehnati, mahorati bilan barpo etilgan Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Chinor, Bog‘i Baland, Bog‘i Shamol, Bog‘i Bihisht, Bog‘i zog‘on, Bog‘i Nav, Bog‘i Jahonnamo, Bulbog‘, Bog‘i Bo‘ldu, Bog‘i Naqshi jahon, Bog‘i Davlatobod, Bog‘cha, Bog‘i Maydon kabi 14 ta chorbog va ulardagi go‘zal ko‘shklar o‘sha davr sayilgoh-bo‘stonchilik, hog‘dorchilik san‘atining namunalaridir. XIV-XV asr falsafiy, adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Navoiy falsafiy, adabiy-estetik qarashlari markazida komil inson tarbiyasi, uning olam go‘zal- liklari orasidagi hayot tarzi qanday bo‘lishi kerak, degan masala turadi. Allоma go‘zallikni, nafis san‘atni yuksak qadrlab, nafis san‘at inson ma‘naviy olami, kamoli uchun kalit ekanini ta‘kidlaydi. Alisher Navoiy nigohida bahor chamanlari, husn-u jamol gulshani, mangu yashilligini yo‘qotmagan savr-u shamshodlar va aksincha, xazon fasli, ravza ashjori (jannat daraxtlari)ning ishq va hijron gulxanlarida kuyib-yonishi, lola qonin to‘kuvchi charx, gulzorsiz qolgan bulbullar – barchasi ruhlar olamidadir: Navbahor ayyomi bo Imish, men diyor-u yorsiz, Bulbul o ‗lg‘ondek xazon fasli gul-u gulzorsiz. Goh sarv uzra, gahiguluzra bulbulnag‘masoz, Vahki, rnenmen gung-u lol, ul sarvi gulruxsorsiz. Baytlar davomida shoir aytadi: jannatda dildorsiz, ya‘ni ishqsiz, yonishsiz (faqat yeb-ichish va mol-mulk dardida) bir dam tursam, jannat daraxtlari go‘zal ko‘rinmaydi, ular nazarimda o‘tinday, daraxtlarning gullari esa olovdek jonimni kuydiradi. Navoiy o‘zining ―Farhod va Shirin‖ dostonida Farhod devorlarni suratlar bilan bezab, ularda Shirin rasmini chizganligini, ayni vaqtda Shirin g‘oyat go‘zal hur-parilar qurshovida ham o‘zining beqiyos husni bilan ajralib turgani tasvir etilganini hikoya qiladi. Navoiyning adabiy, tarixiy va falsafiy asarlarida go‘zallik, nafis san‘at haqidagi fikrlar istagancha topiladi. Shu bilan birga uning adabiy-estetik qarashlari «Majolis un-nafois», «Mezon ul-avzon» va «Mufradot» asarlarida yana yorqin ifodasini topgan. Alisher Navoiyning fikricha, go‘zal ko‘ngilni ochadi, xunuk hayotni o‘ksitadi, yaxshi xulqli go‘zal – jannat huridir, yomon tabiatli xunuk – do‘zaxbon devdir. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand, Sheroz, Hirotda rivojlangan xattotlik, naqqoshlik va musavvirlik san‘ati Kamoliddin Behzod kabi iste‘dodli kishilarning kamoloti uchun zamin bo‘ldi. Miniatyura san‘ati, tabiat ko‘rinishlari, kishilar portretlari, hayot lavhalarini tasvirlovchi asarlar paydo bo‘!di. Adabiyot rivoji bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kitobat san‘ati ham shu davrda keng rivojlandi. Miniatyura san‘atining markazida inson shaxsi turadi. Uni mohirlik bilan tasvirlashda Kamoliddin Behzod tengsiz bo‘lgan. Markaziy Osiyoda badiiy bezakli qo‘lyozmalarning aksariyati Navoiy va Behzod davrida Hirotda yaratilgan. Behzod va uning izdoshlari Alisher Navoiy, Sulton Hasayn, Jomiy, Nizomiy, Dehlaviy, Ali Yazdiy kabi adiblar va tarixchilarning asarlariga chiroyli rasmlar ishlashgan. Sa‘diy Sheroziy o‘zining «Guliston» asarida shunday hikoya qiladi: «Ota sayohat orzusidagi o‘g‘liga «sayyohatchi yo boy, yo olim, yo chiroyli, yo ashulachi, yoki hunarmand bo‘lishi kerak», deydi. Chunki, masalan, «Bir chimdim husn-u jamol bir dunyo mulk-u moldan yaxshiroqdir. Go‘zallik dardman ko ngillaming malhami, qulf eshiklarning kalitidir. Tabiiydirki, kishilar uning suhbatini dil orzulari deb bildilar va unga xizmat etmakni faxr hisoblaydilar». XIV-XV asrda voizlik (notiqlik) san‘ati ham rivoj topdi. Qadimda so‘z aytuvchi notiqni voiz, uning nutqini esa va‘z deb ataganlar. Voizlik bilimdonlikni, salohiyatni, so‘zga boylikni, va‘z ayta olish iste‘dodini, yoqimli ovozni talab etardi. Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muxsiniyn», «Futuwati sultoniya», Alisher Navoiyning «MajoIis-un-nafois», «Zayniddin Vosifiyning «Bado‘e-ulvoqoye‘», Xondamiming «Makorim-ul-axloq» kabi asarlarida voizlik san‘ati haqida atroflicha fikr yuritilgan. Notiqlik san‘ati juda katta ijodiy mehnat va mas‘uliyat talab etadi. Ba‘zilar nutq madaniyatini chiroyli so‘zlarni topib gapirish deb tushunishadi. Notiqlar chiroyli so‘zlarni emas, balki odamlarning yuragiga tez yetib boradigan so‘zlarni aytishgan. Pahlavon Mahmud hu haqda shunday yozadi: Nutqing kahi nutq dunyoda ey do‘sf, yo‘qdir, Qutlug‘hu kalomda hech kam-u ko‘styo‘qdir. Yong‘oq-ku so‘zing, kerakmas archimoq, chaqmoq, Hammasi mag‘iz uning, po‘choq-po‘st yo‘qdir. Download 158.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling