mavzu / soat / juftlik Estetik tuyg’uning rivoji – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida
Mustaqillik davri estetik taraqqiyoti
Download 158.19 Kb.
|
3-mavzu (Maruza matni) BS
7. Mustaqillik davri estetik taraqqiyoti. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrabavaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davronlarning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug‘ ajdodlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureati To‘lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomga xat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan g‘am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg‘ulari tarannum etiladi. Omon Muxtorning «To‘rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning «O‘zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqhhor Ibrohimovning «Biz kim, o‘zbeklar» badiiytarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A.Qutbiddinning «Izohsiz lug‘at» she‘riy asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. Mustaqillik yillarida me‘morchilik san‘ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me‘morchilikda ikki asosiy tamoyil ko‘zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me‘moriyatning an‘anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o‘z aksini topgandir. Me‘morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me‘morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo‘lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, «O‘zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Mustaqillik yuzlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, bezakchilik kabi amaliy san‘at turlari tiklandi va yangi ma‘no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san‘ati ham jadal rivojlanmoqda. Bu yillarida kino san‘ati rivoj topdi. 1996 yilda «O‘zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 3Oga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan «O‘zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi kino san‘atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san‘ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – «Neksiya» avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O‘zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o‘qigan edilar», «O‘zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg‘ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir. 1992 yilda «O‘zbekdavlatsirk» respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san‘atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta‘mirlandi, unga O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An‘anaviy sirk san‘atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste‘dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estrada-sirk kolleji ochildi. 1998 yilda Toshkent sirkida iste‘dodli yoshlarga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san‘ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan «Xalq ijodi va madaniy-ma‘rifiy ishlar respublika Markazi», uning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san‘atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar, festivallar tashkil etdilar. 1992 yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘riktanlovlari o‘tkazildi. «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq tanlovini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e‘zozlovchi yuzlab yangi qo‘shiqlar yaratildi. «O‘zbekiston – Vatanim manim», «Men seni sevaman, O‘zbekiston», «Vatan yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O‘zbekiston askarlari» qo‘shiqlari shular jumlasidandir. 1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining ««Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori musiqa san‘atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturamal bo‘lib xizmat qildi. Jamiyat madaniy-ma‘rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta‘mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e‘tibor berildi. Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltayev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san‘ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o‘zbek raqqosasi M.Turg‘unboyeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. 1996 yil 1 sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shonshuhrat muzeyi faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo‘lib qoldi. 1996 yil 18 oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2OOO dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Download 158.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling