mavzu / soat / juftlik Estetik tuyg’uning rivoji – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida


-rasm. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari


Download 158.19 Kb.
bet2/11
Sana23.11.2023
Hajmi158.19 Kb.
#1795866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu (Maruza matni) BS

6-rasm. Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari
1. Eramizning VII asrigacha bo’lgan davrdagi estetik tafakkur. Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari bundan bir necha ming yillaroldin yashagan bo‘lib, ularbu zaminda yuksak taraqqiyot, o‘ziga xos estetik madaniyat vujudga kelishida mashaqqatli yoMni bosib o‘tganlar. Eng qadimgi kishilarning istaklari, orzuumidlari eposlardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Afsonalar, dostonlar, to‘y sayillarda, xalq yig‘inlarida, bayramlarda, safarlarda aytilgan qo‘shiq, laparlar, lirik she‘r, maqol-matallar estetika fanining uzoq tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Ular ―To‘maris‖, ―Shiroq‖, ―Manas‖, ―Go‘ro‘g‘li‖, ―Chambil qamali‖ dostonlarida o‘z aksini topgan.
Bu davrda, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi – folklor asarlarda tabiat, uning yil fasllaridagi o‘zgarishlari, xalqning dehqonchilik, chorvachilik borasidagi harakatlari, erishgan yutuqlari qo‘shiq qilib aytilgan, she‘r sifatida ifodalangan. Insoniyat tarixininng bu davrida g‘orlar, papirus qog‘ozlar, teriga chizilgan rasmlarda ham kishilarning tirikchilikni o‘tkazish yo‘lida olib borgan harakatlari
– dehqonchilik, ayniqsa, ov jarayonlari aks etgan.
Xususan, zardushtiylikning muqaddas kitobi – ―Avesto‖ asarida mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-ne‘matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo‘lishi uchun, avvalo, mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan noznehmatlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. ―Avesto‖da: ―Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e‘tiqodini olg‘a suradi, imonni oziqlantirib turadi..‖, deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish – yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. ―Avesto‖da ―G‘alla yerdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi. G‘allaning mo‘l-ko‘l bo‘lishi devlarning labiga qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-taraqay qiladi‖ deya mehnat ulug‘lanadi.
Ekin ekmok, yovuzlikni yer yuzidan tugatmoq demakdir. Chunki ―bug‘doy o‘stirilsa, devlarni qora ter bosadi, sovurilgan bug‘doy tayyor bo‘lsa, devlar zaiflashib qoladi, un tayyor bo‘lsa devlar nola-fig‘on chekishadi... Devlarni mag‘lub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo‘lishi lozim. Bu ovqatni yegandan so‘ng ular juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi‖.
Asarda insonning go‘zalligi naslningg tozaligi bilan belgilangan. ―Avesto‖da naslninggg pokligi, tozaligiga ham alohida e‘tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug‘, aka-ukaning quda bo‘lishi qoralangan.
―Avesto‖da yaxshi (ezgu) fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt, saodati uchun faol kurashishga doimo tayyor turish, hamma bilan ahil, totuv yashash va boshqalar tushuniladi.
Asarda yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga alohida e‘tibor berilgan. Unda go‘ristonlarni shahar va qishloqdan yiroqda tashkil etish, uni o‘rab qo‘yish, murlashuylarni maxsus tozalikka rioya qilishi, murda tekkan libos, yerlarni qatron qilish (suvga to‘ldirib bo‘shatish, yomg‘ir suvi bilan yuvish, to‘ldirib bo‘shatish ta‘kidlanadi…. Inson yashayotgan xonadagi obrezxonada yuvinish va cho‘milish qat‘iyan man etilgan.
―Avesto‖ asarida insonning tabiatga bo‘lgan munosabati, tabiat va atrofmuhit muhofazasi, tabiiy manbalarni asrash, ularga nisbatan mas‘uliyatli yondashish masalalariga alohida o‘rin ajratilgan. Zardushtiylik ta‘limotiga ko‘ra Yer, suv, havo muqaddas. Shu sababli ularga mas‘uliyatli munosabatda bo‘lish insoniy burch sanalgan. Atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan har qanday xatti-harakatga nisbatan qat‘iy jazo belgilangan. Masalan, atrof-muhitga zarar yetkazgan va uni asrash qoidalarini buzgan kishi 4OO qamchi urish bilan jazolangan. Suv sifatining tez buzilishi, suvda turli mikroblarning tez ko‘payishi uchun qulay muhit mavjudligi anglangan holda, ―Avesto‖da suv havzalariga tupurish u yoqda tursin, qo‘lni chayish ham man etilgan. Turli ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan suv ma‘lum miqdorda idishda olinib, so‘ng ishlatilgan. Maishiy chiqindilar, turli hayvon jasadlari, daraxtlar chirindilarini bartaraf etish masalalariga ham e‘tibor berilgan.
Masalan, inson yoki hayvon o‘ligi tushgan soy, ariq, hovuz va quduqlarni bir necha marta qatron qilish kerakligi aytiladi. Qatron usullari sifatida: 1) suv havzasini suvga to‘ltirib bo‘shatish; 2) yomg‘ir suvi bilan yuvish; 3) bir necha marta suv to‘ldirish kabi harakatlar qayd etiladi.
Masalan, inson yoki hayvon o‘ligi tushgan soy, ariq, hovuz va quduqlarni bir necha marta qatron qilish kerakligi aytiladi. Qatron usullari sifatida: 1) suv havzasini suvga to‘ltirib bo‘shatish; 2) yomg‘ir suvi bilan yuvish; 3) bir necha marta suv to‘ldirish kabi harakatlar qayd etiladi.
Asarda atrof-muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklarning oldini olish vositalari, axlat, maishiy chiqindilarni quyidagi yo‘llar bilan bartaraf etish zarurligiga urg‘u berilgan:

  1. Axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul yordamida ko‘mib tashlash (bu yo‘l bilan kasallik tarqatuvchi mikroblar o‘ldirilgan yoki kamaytirilgan).

  2. Otash (olov), issiqlik va sovuqlik vositasida yo‘qotish (olov (otash) barcha kasallik omillarini bartaraf etuvchi eng samarali vosita hisoblangan, olov yordamida hatto kiyim-kechaklarni zararlantirish mumkinligi qayd etilgan).

  3. Kimyoviy usul (bu usul kul, sirka, sharob, turli giyohlar (sadaf, piyoz, aloe, sandal)ni tutatishga asoslangan).

Asarida bolalarni yoshlik paytidanoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatish zarurligi aytilgan. Bolalarning bu kabi yumushlarni to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish ikki jihatdan ahamiyatlidir. Ya‘ni: 1) qayd etilgan faoliyat orqali hayotiy ehtiyojlar qondirilgan; 2) bolalar ko‘chatlarni o‘tkazish, yerga ishlov berish, chorva mollarini parvarishlash chog‘ida texnik qoidalarga rioya qilish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslikka doir odatlarni o‘zlashtirib borganlar.

Download 158.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling