Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Ichak devorida (membranada) ovqat hazm bo’lishi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi qismi - ichakning o’z fermentlari
Ichak devorida (membranada) ovqat hazm bo’lishi Yuqorida aytib o’tganimizdek, hazm tizimining turli bo‘g ‘imlarida turli oziq moddalarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishi quyidagicha izohlanadi: iste’mol qilingan ovqatning parchalanishi zarur bo’lgan moddalari me’da-ichak yo’llarida ajralgan shira tarkibidagi fermentlar ta’siriga duch keladi, natijada tuzilishi soddaroq bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Rus olimi, akademik A.M.Ugolev eksperimental ma’lumotlarga asoslanib, membrana hazmi haqida yangi nazariya yaratdi. Unga ko‘ra, membrana hazmi ichak hujayralarining apikal uchida glikokaliks bilan qoplangan mikrovorsinkalar yuzasida sodir bo’ladi. Bu ma’lumotlarga qaraganda, ovqat moddalari ingichka ichakning so‘rish funksiyasini O‘taydigan yuzasida uzil-kesil parchalanishini qayd qilib o’tmoq muhimdir. Ovqat moddalarining ichak membranasida parchalanishi va mikrovorsinkalar orqali qonga so‘rilishi ichak devoridagi hazm yoxud membrana hazm deyiladi. Hazm yo’libo‘shlig‘ida ovqat moddalarining shilliq pardaga bevosita tegmasdan (kontaktga bolm agan holda) hazm bo’lishi ichak bo‘shligidagi hazm deb ataladi
Mikrovorsinkalarning kiprikli burmalarida fermentlarning qavati joylashgan bo‘lib, ular ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismining kelib chiqishi pankretik xususiyatlarga ega (amilaza, lipaza, proteaza), ya’ni bu fermentlar ovqat luqmasidan adsorbsiya bo’lgan. Ikkinchi qismi - ichakning o’z fermentlari. Bular ichak hujayrasining ichida sintezlashadi, so‘ngra shu hujayralarning membranasida joylashib oladi (fosfataza va boshqalar). Bo‘shliqdagi hazm va membrana hazmining o‘rtasida morfologik va fiziologik bog’lanish mavjud. Agar bo‘shliqdagi hazm natijasida oziq moddalar oxirigacha gidrolizlanmasa, (membrana hazmi natijasida bu oziq ovqat moddalar eng so‘nggi va oddiy moddalarigacha parchalanib ketadi. Shu sababli membrana hazm natijasida oziq moddalar oxirigacha gidroliz bo’lib, qonga so‘rilishi uchun tayyor bo’lib turadi. Shunday qilib, evolutsiya jarayonida oziqa moddalarni parchalanishi, ularni assimilyasiya qilinishi uchun organizmda ancha murakkab va yuqori darajada shakllangan o’ta qulay tizim - ovqat hazm qilish tizimi rivojlanib kelmoqda. Ingichka ichakning harakat faoliyati Ingichka ichakning harakat faoliyati ikki turda: mayatniksimon va peristaltik amalga oshadi. Mayatniksimon harakatlarda ichakning kalta bir bo’lagi goh kalta bo’lib qoladi, goh uzayadi va undagi suyuqlik dam u tomonga, dam bu tomonga so‘riladi. Bu turdagi harakat ichakning uzunasiga yotgan va halqasimon joylashgan mushak tolalari evaziga ayni shu ritm yuz beradi. Uzunasiga yotgan mushaklar qisqarganda ichak bo’lagi kalta bo’lib kengayadi va yo‘g ‘on tortadi. Halqasimon mushak tolalari qisqarganda ichak torayib, uning ichidagi suyuqlikni ikkala tomonga siljitadi. Mayatniksimon harakat ichakning goh bir boiagida, goh ikkinchi boiagida betartib го‘у beradi. Mayatniksimon qisqarishlar ritmi ichakning yuqori bo’limlarida har daqiqada 2O martagacha, pastki bo’lim larida esa 5-1O martagacha boradi. Ichakning turli bo’lim lari baravariga qisqarmaganligi uchun ichak ichidagi suyuqlik (ximus) ritm bilan segmentlanadi va u goh ayrim qism (segment) larga bo’linadi, goh yana qo‘shilib ketadi. Mayatniksimon harakatlarning fiziologik ahamiyati shuki, u ichak suyuqligini hazm shiralariga aralashtiradi. Ichak harakatlarining ikkinchi turi - peristaltika, u shundan iboratki, ichakning ovqat luqmasidan yuqoridagi qismi halqasimon mushaklarning qisqarishi tufayli halqa shaklida ingichka tortadi, pastroqdagi Uzunasiga yotgan mushaklar qismi esa, uzunasiga ydtgan mushaklarriing qisqatishi natijasida ich tomondan kengayadi. Shunday qisqarishlar tufayli ichakdagi suyuqlik kengaygan qismga tomon siljiydi. So‘ng halqasimon mushak tolalarining qisqarishi shu yerga tarqalib, uni toraytiradi, undan pastda esa uzunasiga yotgan mushaklarning qisqarishi natijasida ichak kengayadi. Shunday qilib, halqasimon tolalarning qisqarish toiqini ichak bo‘ylab tarqaladi, ichakning har bir boiagidagi halqasimon tolalar qisqarishdan oldin pastroqdagi boiagining uzunasiga yotgan mushak tolalari qisqaradi. Ingichka ichakning shunday harakatlari tufayli ichidagi suyuqlik faqat bir tomonga yuqoridan pastga so‘riladi, albatta. Odamda jismoniy mashqlar vaqtida va emosional holatlar paydo bo’lganda ichakning harakat faoliyatiga asab tizimining ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. G’azablanish, qo‘rqish, og‘riq emotsiyalari ichak qisqarishlarini tormozlaydi, chunki emotsional holatlarda simpatik asab tizimi qo‘zg‘aladi. Ba’zi kuchli emosiyalarda, masalan, qo‘rquvda ba’zan ichakning kuchli peristaltikasi («asabiy ich ketishi») ko‘zatiladi. Ichak innervatsiyalovchi vegetativ asablar ta’sirlanganda ular oxirida asab impulslarini o’tkazuvchi kimyoviy moddalar - mediatorlar (adashgan asab ta’sirlanganda atsetilxolin, simpatik asab ta’sirlanganda esa noradrenalin) hosil bo’ladi. Bu kimyoviy moddalar ichakning harakat faoliyatiga adashgan va simpatik asablar kabi ta’sir ko‘rsatadi O’n ikki barmoqli ichak bilan ingichka ichak shilliq pardasida hosil bo’lib ovqat hazm qilish vaqtida qonga o’tadigan ba’zi moddalar - enterokrinin va 5 - gidrooksitriptamin (serotonin), shuningdek xolin, ba’zi neyropeptidlar (beta - endorfin, dermorfin, bombezin) ichak harakatlarini qo‘zg‘atuvchi gumoral ta’sirlovchilardir. Ingichka ichakda so‘rilib ketadigan polipeptidlar, ekstraktlar, o’t-safro, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari ham ichakning harakat faoliyatini gumoral yo‘l bilan o’zgartiradi. Ovqatning yo‘g‘on ichakda hazm bo’lishi Yo‘g ‘on ichakning oldingi bo’lim i asosan suvni so‘rilishi uchun moslashgan bo’lib, uning orqa bo’lim ida esa najas shakllanadi. Yo‘g ‘on ichakda suv so‘rilishi natijasida unga ximus quyuladi. Suv bilan bir vaqtda elektrolitlar va suvda eruvchi vitaminlar ham so‘riladi. Ammo bu moddalar yo‘g‘on ichakda ingichka ichakdagiga nisbatan juda oz so‘riladi. Yo‘g‘on ichak suyuqligining reaksiyasi ishqoriy bo’lib, pH 8,5-9,O ga teng. Uning tarkibiga limfositlar, shilimshiq moddalar, fermentlar (peptidaza, lipaza, amilaza, fosfataza) kiriadi. Agar yo‘g‘on ichakdagi ximus tarkibiga yog’lar o’tsa, ular so‘rilmasdan tashqariga chiqarib tashlanadi. Ovqat asosan ingichka ichakda hazm qilinib va so‘rilib bo’ladi. Yo‘g ‘on ichakda karbonsuvlarni bijg‘itadigan va oqsillarni chiritadigan talaygina bakteriyalar bor. Ichakdan o’tadigan o’simlik kletchatkasi bakteriyalarning ta’sirida parchalanadi. Shundan hosil bo’ladigan moddalar -; ichak shirasidagi fermentlarning ta’siri bilan hazm bo’lib, qonga so‘riladi. Oqsillar va so‘rilmay qolgan boshqa moddalar chiriganda, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, ulardan zaharli moddalar hosil bo’ladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling