Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Karbonsuvlar va yog’larning organizmdagi ahamiyati, azot balansi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskul ishida energiya almashinuvining o’zgarishi Organizmdagi moddalar almashinuvining va energiya bilan ta’minlashning xususiyatlari
Karbonsuvlar va yog’larning organizmdagi ahamiyati, azot balansi
Oqsil, karbonsuvlar va yog’larga organizmning talabi, oqsillarning biologik qiymati Muskul ishini bajarishda oqsil, yog’, karbonsuv almashinuvining o’zgarishi Energiya almashinuvi haqida tushuncha, energiya hosil bo’lishining aerob va anaerob mexanizmlari Muskul ishida energiya almashinuvining o’zgarishi Organizmdagi moddalar almashinuvining va energiya bilan ta’minlashning xususiyatlari Modda va energiya almashinuvi yoki metabolizm Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi, organizmda uning o’zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Modda va energiya almashinuvi, yoki metabolizm jarayonida organizmda mexanik, fizikaviy, kimyoviy o’zgarishlar ro‘y beradi, termik va elektr hodisalari paydo bo‘ladi. Murakkab organik birikmalar parchalanganda ularda mujassamlashgan potensial energiya bo‘shab chiqib, issiqlik, mexanik, elektr energiyasiga aylanadi. Demak, metabolizm - bu organizmda yuzaga chiqadigan va uning hayotiy jarayonlarini amalga oshiradigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarining yig‘indisidir. Metabolizm jarayonida hujayra va to‘qimalarning faoliyati, o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan energiya hosil bo‘ladi. Bu esa fiziologik tuzilmalar, hujayralar, ularning funksiyasini bajarishi uchun zarur bo‘lgan energiya ehtiyojini qondiradi. Modda va energiya almashinuvi tabiatshunoslikning umumiy qonuni - materiya va energiyaning saqlanish qonuniga asos bo‘ladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon - ya’ni assimilyatsiya (anabolizm) va dissimilyatsiya (katabolizm) orqali o’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyatsiya yoki anabolizm deyiladi. «Assimilyatsiya» termini lotincha «assimulo»-o‘xshataman so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy tarjimasi «o‘xshatish», «o‘zlashtirish» demakdir. Assimilyatsiya - atrofdagi muhitdan organizmga tushadigan moddalarni o’zlashtirish, hazm qilish jarayoni, buning natijasida o’sha moddalar tirik tuzilmalarning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi yoki organizmda zaxira holida to‘planadi. Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ularning ko‘payishi sodir bo‘ladi. Organizm qancha yosh bo’lsa, unda assimilyatsiya shuncha faol o’tadi. Bu esa organizmning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi Tu‘qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar (glikogen, ATF) ning sintezlanishi uchun sarflanadi. Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi (yemirilishi) dissimilyatsiya yoki katabolizm deyiladi. Dissimilyatsiya (dissimulo o’xshamaydigan qilaman so‘zidan olingan) organizm faoliyati jarayonida murakkab organik moddalarining boiinishi, o’zgarishi, ya’ni assimilyatsiyaga qarama-qarshi jarayondir. Boshqacha qilib aytganda, dissimilyatsiya jarayonida hujayralar tizimi, jumladan oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi, boiinishi, tirik materiyaning yemirilishi demakdir. Buning natijasida energiya hosil bo’ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar) ayirish a’zolari orqali tashqariga chiqariladi. Ma'lumki, odam va hayvonlar organizimida epergiyaning yagona tabiiy manbasi organik moddalarning oksidlanishidir. Bu moddalarning parchalanishi natijasida mushaklarning mexanik faoliyati uchun kerak bolgan energiya hosil boladi. Energiyaning qolgan qismi esa, murakkab birikmalarning sintezlanishi va uning maxsus makroergik tizimlarda zahira bo‘lishi uchun sarflanadi. Shunday qilib, makroergik birikmalar deb, parchalanganda energiya chiqaradigan moddalarga aytiladi. Odam organizmida makroergik moddalar rolini adenozintrifosfat (ATF) va kreatinfosfat (KF) o‘ynaydi. Odam organizmida assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari bir-biriga bog‘liq holda davom etadi. Sog‘lom bo’lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvozanatda bo‘ladi. Yosh organizmda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo‘lib, buning natijasida o’sish va rivojlanish ta'minlanadi. Keksa odamlar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun keladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqi bo‘lib, yuzlarida ajin paydo bo‘ladi, tana mushaklari bo’shashib, ularning hajmi kichrayadi va qorni osilib qoladi. Og‘ir kasalliklar vaqtida ham dissimilyatsiya kuchayadi, shuning uchun hatto yosh odamning ham rangi soiiydi, terisi quriydi, yuzida ajin paydo bo’ladi, mushaklari bo‘shashadi, tana vazni kamayadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling