Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet47/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Oqsillar almashinuvi Oqsillar yoki proteiniar aminokislotalar polimerlari bo’lgan yuqori molekulali azotli organik moddalar hisoblanadi, ular barcha tirik organizmlarning va hayotiy jarayonlarning asosiy tarkibiy qismidir. Oqsillar eng murakkab kimyoviy birikmalar bo’lib, 2O turli aminokislotalarning turli kombinatsiyalaridan tarkib topgan. Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bcvosita yo‘naltirovchi ishtirokida ro‘y beradi, nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig‘adigan «o‘choq» vazifasini o’tovchi qolib, andozaga o’xshaydi.

Oqsillar organizmda quyidagi funksiyalarni bajaradi:


1. Tuzilmaviy yoki plastik funksiya. Oqsillar hujayra yoki hujayralararo tuzilmalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning biosintezi organizmning o’sishi va rivojlanishi jarayonida muhim rol o’ynaydi.
2. Katalitik yoki fermentativ funksiya. Oqsillar organizmda kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Hozirgi kunda aniqlangan hamma fermentlar oqsil tabiatli moddalar hisoblanadi. Organizmda moddalarning almashinuvi oqsil fermentlarning faolligiga bog’liq.
3. Himoyalovchi funksiya. Odam organizmiga kirayotgan bcgona oqsillarga (masalan, bakteriyalarga) javoban oqsillardan immun tana (antitela) lar hosil bo’ladi.
4. Tashuvchi funksiya. Organizmda ko‘p moddalarni tashilishida oqsillar maxsus rol o’ynaydi. Hujayra va to’qimalar uchun zaruriy modda kislorodni ularga yctkazib berishi va organizmdan karbonat angidrid gazini tashqariga chiqarish murakkab oqsillar-gemoglobin orqali va yog’larning tashilishi lipoproteidlar orqali amalga oshiriladi.
5. Qisqaruvchi funksiya Mushak qisqarishi jarayonida miozin va aktin oqsillari ishtirok etadi.
6. Boshqaruv funksiya. Biologik reaksiyalarning doimiyligini saqlab turishda oqsillarning ahamiyati juda katta. Bu jarayon oqsilli tahiatli turli regulyator gormonlar tufayli amalga oshiriladi.
7. Energetik funksiya. Oqsillar organizmning turli tuzilmalarini energiya bilan ta’minlab turadi. Organizmda proteinlar, karbonsuvlar va yog’larning parchalanishi oqsil-fermentlar tufayli amalga oshiriladi. 1g oqsil parchalanganida, 16,7 kj (4,O kkal) energiya hosil bo’ladi. Tanada doimo oqsil parchalanish jarayonlari va oqsillarning sintezi kuzatiladi. Yangi oqsil sintezining yagona manbai ovqat tarkibidagi oqsillar bo’lib, tananing oqsil almashinuvi oqsilli oziqlanishga mustahkam bog’liqdir. Odam jigarida har kuni 25 g miqdorda, plazmada 2O g va gemoglobin tarkibida 8 g miqdorda yangi oqsil hosil bo’ladi. Turli xil sharoitlarda katta kishi tanasida har kuni 4OO g gacha yangi oqsil mahsulotlari hosil bo’ladi va shuncha miqdorda parchalanib turadi. Oqsil almashinuvining tezligi shu bilan xarakterlanadiki, masalan, jigar tarkibidagi oqsilning yarmi 5-7 kun davomida tamoman yangi oqsil bilan almashinadi.
Doimiy ravishda tana tarkibidagi oqsillarni parchalanish jarayonlari yuz berib, u aminokislotalargacha boradi. Shu bilan birgalikda tanaga ovqat bilan kirgan oqsillarning aminokislotalari tushadi (ichakdan so‘riladi). Shunday qilib, ekzogen va endogen tabiatli aminokislotalardan iborat bo’lgan, aralashma faza hosil bo’ladi. Aralashma faza hujayra ichida va hujayra tashqarisidagi suyuqlikda uchraydi. Uning tarkibidagi aminokislotalarning bir qismi yangi to‘qima oqsillarining sintezi uchun sarflanadi, bir qismi esa purinli va fosfatidli asoslar, porfirin asoslarini hosil qilish uchun sarflanadi va nihoyat aminokislotalarning bir qismi oksidlanadi yoki lipidlar va uglevodlar almashinuvi uchun sarflanadi. Dezaminlanish natijasida ajralgan aminoguruhlar tanadan siydik bilan ammiak va siydikchil holida chiqarib yuboriladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling