Chanqov Chanqov sezgisi uchun fiziologik reaksiya - suv ichishdir. Organizmga suv yetarli kirmaganda yoki mineral tuzlar ortiqcha kirganda (masalan, sho‘r ovqat yeyilganda) yoki ko‘p suv yo‘qotilganda (ko‘p terlash, siydik haydovchilar ta’sirida) chanqov paydo bo‘ladi. Chanqov sezgisi organizmda suv balansini va elektrolitlar muvozanatini doim bir darajada saqlab turishga yordam beradi. Zamonaviy nazariyalarning biriga ko‘ra, chanqov umumiy his hisobalanadi. Uning kelib chiqish mexanizmini organizmda suv kamayganda osmotik bosimning ko‘tarilishiga sezgir bo‘lgan maxsus retseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan tushuntirish mumkin. Osmoretseptor hujayralar deb ataluvchi bunday retseptorlar, jumladan, gipotalamusda topilgan. Bu nuqtayi nazardan chanqov vaqtida doim og‘iz va halqum qurish sezgisi ikkilamchi hodisadir. Og‘iz va halqumni suv bilan chayish chanqov sezgisini kamaytiradi-yu, yo‘qotmaydi. Qonga gipotonik eritma yoki to‘g ‘ri ichakka suv kiritilgandagina chanqov sezgisi yo‘qolishi mumkin.
Hazm a’zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va sport mashqlari bilan bog‘liq faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari ahamiyatga ega. Masalan, tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O’zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda +4O-47° gacha ko‘tariladi. Bunday sharoitda organizm a’zolari faoliyati keskin o’zgaradi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak faoliyatida ham o’zgarishlar yuz beradi. Natijada odam organizmi ko’p suv yo’qotadi, qon quyuqlashadi, mushak-asab qo‘zg‘aluvchanligi o’zgaradi. Shuning uchun issiq sharoitda odam organizmining chidamli bo‘lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini oshirishi va turli sport turlari bo‘yicha muvoffaqqiyatlarga erishish uchun organizm adaptatsiyasining chora tadbirlarini o’ylab topish zaruriyati tug‘iladi.
MAVZU № 5 Moddalar va energiya almashinuvi
Reja:
Modda almashinuvi tiriklikning asosiy ko’rsatkichi ekanligi, assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |