Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Yog‘ almashinuvi boshqarilishini yoshga bog’liqlik xususiyatlari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizmda suvning ahamiyati
Yog‘ almashinuvi boshqarilishini yoshga bog’liqlik xususiyatlari Kichik yoshdagi bolalarda yog‘ almashinuvi boshqarilishi va yog‘ zahirasining tczda kamayishi kuzatiladi. Kuchli bo‘y o’sishi va jinsiy yetilish davrida ko‘pincha oriqlash kuzatiladi, bu esa qalqonsimon bez gormonlari va somatotropin mahsulotlarining ko‘payishi oqibatida yuzaga kcladi. Asab tizimining simpatik bo’limi tonusining oshishi bolalarda yog‘ zahirasining yengil shaklida yuz beradigan kamayishiga olib keladi.
-Emizikli bolalar tana massasiga mos ravishda 6-7 g yog‘ iste’mol qilishi zarur. -Maktabgacha bo’lgan davrda va maktab yoshida 1 kg massaga 2,5-3,0 g yog‘ istc’mol qilish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, yosh bola iste’mol qiladigan mahsulotlarida yog‘ning ortiqcha miqdori bo’lmasligi kerak, bu chegaradan yuqorilashuv tanadagi ishqor-kislotali muvozanatning buzilishiga olib keladi. 25-yoshdan o’tgandan so‘ng yog‘ almashinuvi har 10 yildan so‘ng taxminan 7,5% ga pasayadi. Shu jihatdan ko‘pgina keksa yoshdagi kishilarda semirish kuzatiladi, bu esa ishtaha markazining kuchli qo‘zg‘alishi va energetik sarflanishining pasayishi oqibaddir. Chuqur qarilik davrida odatda oriqlash kuzatiladi, bu esa simpatik jarayonlar qo‘zg‘aluvchanligining pasayishi, shu jihatdan karbonsuvlarning yog‘larga o‘tishining pasayishi natijasida yuzaga keladi. Organizmda suvning ahamiyati Suvning asosiy biologik ahamiyati uning fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlariga va molekulalarining tuzilishiga asoslangan. Suv molekulalari assimmetrik tarqalgan tegishli zaryadlardan iboratdir, ya’ni suv molekulasining asosini qutblangan yoki zaryadlangan bog‘lar tashkil qiladi. Bu bo’lakchalarni suv molekulalari xuddi suv qobig‘idek o‘rab oladi. Elektrolit va noelektrolitlarni erish darajasi molekuladagi qutblangan yoki qutblanmagan guruhlar nisbatiga bog‘liq. Ayniqsa, ionlarni suv ya elektrolitlar orasidagi almashinuv jadallashib, bunda elektrolitlar eruvchanroq bo‘ladi. Bu esa shundan darak beradiki, suv organik moddalarni asosiy erituvchisi, tanadagi metabolit hisoblanadi. Suv hujayra ichi almashinuvining asosi hisoblanadi, chunki tananing ichki muhiti - qon, limfa, to‘qima suyuqligi suvdan tarkib topgan. U hujayra va tananing bo‘laklari bilan gumoral yo i bilan bogiangan. Tananing hayot faoliyati uchun suvning termik xususiyatlari ham katta ahamiyatga ega. U yuqori issiqlik saqlovchi modda va shuning uchun yaxshi issiqlik izolyatori hisoblanadi. Suv issiqlikning eng yuqori oichamlaridan biri - bug‘ hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyat tufayli suv molekulasini qutblanish kuchiga ko’ramolekulalar «jamg‘armasini» hosil qiladi. Buning biologik ma’nosi shundaki, suvning bugianishi hattoki uncha katta miqdorda boimasa ham ko‘p issiqlik berishi mumkin. Shunday qilib, bugianish-issiqlik boshqarilishining birdan bir asosiy mexanizmidir. Suvning o’tkazuvchanligi nihoyatda yuqori bo’ladi. Shuning uchun to‘qima va a’zolarning ichki muhitida hattoki issiqlik uchun manba boiuvchi mahsulotlar miqdori bir xil boimasa ham tananing har xil joylarida harorat tez tenglashadi. Suv almashinuvi elektrolitlar almashiftuvi bilan chambarchas bog’liq. Tanaga suv toza holda kirib kelmasdan balki, aralashma holda kirib keladi. Elektrolitlar modda almashinuvidagi ahamiyati ularning osmotik va elektrolitik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, alohida bo’lgan elektrolitlar tana funksiyasi uchun o’ziga xos ahamiyatga ega. Aldosteron - buyrak usti bezini po‘stloq qismidan ajraluvchi gormon. Uning asosiy ahamiyati buyrakni kanalchalar apparatida natriyning qayta so‘rilishini ta’minlash hisoblanadi. Aldosteron ta’sirini tanada suv balansi o‘zgarganda kuzatish mumkin. Mo‘tadil sharoitlarda suvning kirishi va chiqishi bir me’yorda bo‘ladi. Bu me’yoming buzilishi og‘ibatida suv balansi manfiy yoki musbat tomonga o’zgarishi mumkin. Manfiy suv balansi tanaga yo suvning kam kirishi yoki uni haddan tashqari ko‘p chiqib ketishi natijasida rivojlanadi. Musbat suv balansi esa tanaga haddan tashqari ko‘p suv kirganda yoki kam suv ajratib chiqarilganda sodir bo‘ladi. Manfiy suv balansi misolida vazopressin bilan aldosteron ta’sirini ko‘rib chiqsak. Degidratatsiyaning qanday tomonli bo‘lmasin, u baribir hujayra tashqarisidagi suvni kamayishiga olib keladi. Ko‘pincha bunda natriy va xlor ionlari konscntratsiyasini hujayraaro suyuqligida oshishi yuz beradi, ya’ni hodisaga gipersolemiya deyiladi. Bu vaqtdagi o‘zgarish o’zini la’sirini birdan ikkita omil orqali - hujayra tashqi suyuqlikning kamayishi va unda osmotik bosimning oshishi namoyon bo‘ladi. Osmotik bosimning kamayishi hujayra tashqarisidagi muhitda aylanib yurgan qon miqdori orqali buyrakning yukstaglomerulyar apparatiga ta’sir qiladi. Bunda apparat siqilib bu ta’sirotga javoban renin ishlab chiqaradi. Rcnin buyrakdan qonga ajralib chiqadi va plazmaning antigenez alfaglobulini bilan ta’sirlanadi. Renin - angiotenzin omili kirgizib qilingan tajribalarda - uning katta biologik faolligi aniqlangan. U mayda arteriya tomirlarini toraytiradi va aldosteron sekretsiyasini boshqaradi. Aldosteron natriy va suvni buyrakda qayta so’rilishini kuchaytiradi, bu bilan u siydik orqali suv chiqishini kamaytiradi. Hujayra membranasidan ionlar o‘tishiga glukokortikoidlar faol ta’sir qiladi. Ular yetishmaganda qon plazmasida natriy va xlor miqdori kamayib, hujayralarda esa natriy va suv yig‘ilishi kuzatiladi. Bu jarayon hujayra qo‘zg‘algandan keyin natriyning undan chiqishi va kaliyning kirishi faolligini susayishiga olib keladi. Oxirgi yillarda suv-tuz almashinuvi boshqarilishiga gipofiz gormoni - prolaktin ishtirok qiladi degan g‘oyalar ham bor. Prolaktinni osmoboshqaruvchilik rolini tuban umurtqalilarda, ayniqsa, baliqlarda aniq ko‘zga tashlangan. Sut emizuvchilar buyragida maxsus prolaktin retseptorlari topilgan, bu esa uni buyrakdagi suv va elektrolitlar chiqishi mexanizmida ishtirok etishini bildiradi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling