Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet61/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Vitamin F yog‘ kislotalari (olein, linolen, linol va araxidon) ning bir guruhidan sintezlanadi. Bu kislotalar hujayralar membranalarining tuzilishi uchun ishlatiladi va Lanini 1929 yilda aniqlagan. Bularning ichida araxidon kislotasi guruhning boshqa kislotalariga nisbatan 10 karra kuchliroqdir va prostoglandinlar, tromboksan A2 va leykotriyen sintezi uchun ishlatiladi. Vitamin F yog‘ almashinuvi uchun eng muhim modda hisoblanadi.
Vitamin H (biotin, bioz II). F.Kegl 1935 yilda bu vitaminni tuxum sarig‘idan ajratib olib, uni biotin yoki bios II deb atadi. H-avitaminoz natijasida (odamda, qushlarda) terining depigmentatsiyasi (terining ayrim joylarida normal pigmentatsiyaning vaqtincha yoki doimiy yo‘qolishi) boshlanadi. Pigmentatsiya-to‘qima va a’zolarda alohida moddalar - pigmentlar hosil bolib, yig‘ilishi tufayli shu to‘qima va a’zolarning bo‘yalishidir. Ba’zi vaqtda biotinning yetishmasligi natijasida ekzematoz dermatiti (yuqmaydigan yallig’lanish kasalligi; tugunchalar, yiringli joylar, tangachalar hosil bo‘lib, bu xastalik qichima bilan o‘tadi), o‘sish jarayonining tormozlanishi va asab xastaligi ham sodir bo‘lishi mumkin. Odam uchun vitamin H ga bo‘lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 0,1-0,3 mg ga teng bo‘lib, ichak mikroflorasida biosintez bo‘ladigan vitamin H shu ehtiyojni tula qondiradi.
Vitamin B, (tiamin, aneyrin, anevrin) 1906 yilda Х.Еуктап tomonidan o’rgangan. 1936 yili amerikali olimlar R.Uilyams va R.Greve ilk bor vitamin B, ni sintez qilib, tuzilishini ko‘rsatib berishgan. Vitamin B, (antinevritik) vitamin hisoblanib, koferment sifatida almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi. Bu vitamin markaziy asab tizimi, jumladan bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan jarayon-karbonsuvlar almashinuvida faol qatnashadi.
Vitamin B, atsetilxolin va xolinesterazaga ta’sir yetkazib, asablardagi qo‘zg‘aluv jarayonini o’tkazishda ishtirok etadi. U oqsillar almashinuvida va nuklein kislotalarning hosil bo‘lishida faol ishtirok qiladi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, tiamin yog‘lar, mineral va suv almashinuviga ta’sir yetkazib, biokimyoviy reaksiyalarni o‘zgartiradi. B, - avitaminozi natijasida markaziy asab tizimida glukozaning o’zlashtirishi buziladi, miya uchun zararli oraliq mahsulotlar hosil bo‘ladi, polinevrit (ko‘plab periferik asab tolalarining yallig‘lanishi) ko‘zatiladi: kuchli og‘riq hissi seziladi, teri sezuvchanligi pasayadi, oddiy va murakkab harakatlar buziladi. B,-avitaminozning dastlabki davrlarida odamning yurish faoliyati qattiq buzilib, kasal kishi oyoqlarini tortib, qiyinchilik bilan harakat qiladi, tez charchaydi, ishtaha yo‘qoladi, yurak urishi tezlashadi, kishi oriqlanadi. Tiamin tabiatda keng tarqalgan. Vitamin B, pivo achitqisi, guruch kepagi, bug‘doy, yong‘oq, mol jigari, tuxum sarig‘i, loviyada ко‘р boladi. Odam uchun vitamin B, ga bo’lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoj 1 mg ni tashkil qiladi. U odam organizmida zaxiraga aylanmaydi, buyraklar orqali chiqariladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling