Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Moddalar almashinuvining avtomatik boshqarilishi


Download 176.93 Kb.
bet57/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Moddalar almashinuvining avtomatik boshqarilishi Organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni yuzaga chiqaradigan fermentlar 6 ta asosiy guruhga bo’linadi:
1. Oksireduktazalar - oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar.
2. Transferazalar - har xil atomlar, atomlar guruhi va radikallarni molekulalararo ko‘chirishni ta’minlovchi fermentlar.
3. Gidrolazalar - organik moddalarning molekulalararo bog’lanishlarini suv ishtirokida parchalovchi fermentlar.
4. Lipazalar - C-O, C-C, C-N va boshqa bogianishlarni qo‘sh bog’lar hosil qilish orqali parchalanishini yoki qo‘sh bog’i joyga ma’lum guruhlarni birikishini ta’minlovchi fermentlar.
5. Izomerazalar - har xil tipdagi izomerizatsiya reaksiyalarini boshqaruvchi fermentlar.
6. Ligazalar (sintezazalar) - ATF (yoki boshqa nukleozid tirfosfatlar) ning energiyasidan foydalanib, ikki xil molekulalardan bir xil organik moddaning sintezini boshqaruvchi fermentlar.
Har bir hujayra ichida o‘zining maxsus ultrastrukturali elementlari boladi va ular hujayra ichidagi mctabolizmni ta’minlab turadi. Shuning natijasida hujayra mitoxondriyalarida ATF, pirouzum kislotasi va yog‘ kislotalari oksidlanadi (Krebs sikli). Lizosomada gidrolitik fermentlar bo’lib, ular kislotali muhitda optimal ta’sir ko‘rsatadi. Ribosomada oqsil sintezi bo‘lib o‘tadi va hokazo.
Modda almashinuvida avtomatik boshqarilish (o‘z-o‘zini boshqarish) ning negizida aylanma jarayonli bog‘lanish tamoyili yotadi. Bu esa hujayradagi moddalar konsentratsiyasini doimiy bo‘lishini kimyoviy jarayonlar yo‘nalishinining uzluksizligini boshqaradi. Misol tariqasida, jigardagi fosforilaza ta’sirini ko‘rib chiqsak. Bu ferment qon tarkibidagi glukozani miqdorini doimiyligini ham, jigardagi glikogenni parchalanish jarayonini ham yoki uning sintez jarayonini ham katalizlaydi. Glukoza jigar hujayralariga ko‘p miqdorda kirsa, unda ferment ta’siri glikogen sintezini tezlashtiradi, agar glukoza yetishmasa, unda fosforilaza glikogen parchalanishini kuchaytiradi.
Fermentlar sintezi genetik nuqtai nazardan DNK ning ma’lum tuzilmalari tarzida dasturlashtirilgan. Biroq bu dastummg amalga oshishi hujayradagi so‘nggi mahsulot konsentratsiyasi bilan, shuningdek kimyoviy faollik bilan o‘zaro bog’liq. So’nggi mahsulot konsentratsiyasi oshganda fcrmentlar hosil bo’lishi tormozlanadi, ya’ni fermentlar sintezi repressiyalanadi. Konsentratsiyasi pasaysa, buning aksi, fermentlar sintezi kuchayadi (ular sintezining induksiyasi yuz beradi). Modda va energiya almashinuvining asab-gumoral boshqarilishi
Odam organizmida almashinuv jarayonlarning boshqarilishida asosan asab va gumoral bosqich, ya’ni neyro-endokrin tizimining faoliyati ahamiyatlidir. Gumoral boshqarilish bo‘yicha fikr yuritilsa, gormonlar fermentlar faolligiga, sinteziga va membranalar o’tkazuvchanligiga ta’sir qiladi. Gormonlar asosan fermentlar molekulasining strukturasiga ta’sir qilib, fermentni nofaol shaklidan faol shakliga o‘tkazadi. Bunda gormonlar birorta fermentni faollashtirsa, boshqa fermentning ta’sirini tormozlaydigan xususiyatga ega. Gormonlarning oqsil sinteziga ta’siri hujayraning genetik apparatiga ta’sir etishi yo’li bilan amalga oshadi. Ko‘pgina gormonlar hujayra membranalari va subhujayraviy elementlarning membranalari o’tkazuvchanligiga (ularda modda almashinuvining alohida shakllari, fazalari bo’lib o‘tadi) faol ta’sir qila olish xususiyatiga ega. Shuningdek, insulin to‘qimalarning hujayra membranalari tomonidan glukozani o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi. Buning natijasida hujayralarga glukozaning o’tishi kuchayadi.
Qalqonsimon bez gormoni-tiroksin-mitoxondriya membranalari holatiga ta’sir qiladi, buyrak usti bezining gormonlari esa lizosomalar membranalariga ta’sir qiladi. Metabolizmning eng yuqori boshqarilishi - bu asab boshqarilishidir. Oziqlanish va modda almashinuvining muvofiqlashuvi jarayonlariga asab tizimining ta’siri alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu narsa asab tizimining trofik funksiyasini belgilaydi. Asab tizimining trofik funksiyasi haqida ta’limotni I.P.Pavlov rivojlantirgan. Uning asosini miokarddagi modda almashinuviga ta’sir qilish turadi. Shunday asablar aniqlanganki, ular yurak mushagini qisqarishini kuchaytiradi yoki susaytiradi. L.A.Orbeli simpatik tolalarni ta’sirlash orqali charchagan mushakning qo‘zg‘alishini va uning ishga loyiq bo‘lib qolishini aniqlab berdi. Trofik samara boshqa asab tolalari uchun ham xos xususiyatdir. Asab tolalarini qirqib qo’yish to‘qimalarda oziqlanish (trofika) ning izdan chiqishiga olib keladi. Hujayralarga asab tizimi tomonidan ko‘rsatiladigan trofik ta’sir hali yetarlicha o‘rganilmagan. To‘qimalar trofikasining boshqaruvchi moddalar (nuklein kislotalar metabolizmning mahsulotlari bo‘lishi mumkin) asab hujiayrasining tanasida sintezlanib va aksoplazmasiga o’tadi, degan taxminlar bor. Miyaning gipotalarnik qismi va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i orqali moddalar almashinuviga ta’siri.
Modda almashinuvi o‘zgarishlari shartli refleks ekanligi bosh miya po‘stlog‘ini olib tashlagandan keyin almashinuvning muhim o’zgarishlaridan biri bo‘lgan emotsional holatlar qon o‘zgarishi va qonda shakar miqdorining oshishida isbotlandi. Asab va endokrin mexanizmlar birgalikda bitta yagona asab-gumoral tizim sifatida ta’sir qiladi. Asab-gumoral mexanizmlarning aniq va bir maqsadga muvofiq boshqaruvchi ta’sirotlari periferik to‘qimalardagi metabolizm holatiga oid ma’lumotlarning doimiy ravishda yetkazilishi ta’minlanganda namoyon bo’ladi.
Asab tizimining uchlariga modda almashinuvi mahsulotlari ta’sir etishi va gumoral yo‘l bilan asab markazlariga yoki endokrin bezlariga yetkazilishi modda almashinuvini boshqariluvida muhim ahamiyatga ega ya’ni modda almashinuv mahsulotlarining ta’siri qayta aloqa vazifasini amalga oshirishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan boshqaruvchi tizimlar o‘z funksiyasini to‘qima suyuqligi, limfa va qonning kimyoviy tarkibini va fizikaviy xossalarining dinamik doimiyligini ta’minlash orqali amalga oshiradi va bu moddalar odam organizmida doimiy ko‘rsatgich darajasida bo’lishi lozim.
Fransiya fiziologi К.Вегпаг 1878 yilda qon, limfa va to‘qima suyuligini bitta yagona «ichki muhit» tushunchasiga birlashtirdi va normal hayot faoliyati uchun ichki iriuhit doimiyligi muhim rol o‘ynashiga c’tibor berdi. Organizmning ichki muhit to‘g‘risidagi taiimotini davom ettirgan holda U.Kennon, 1929 yflda «gomeostaz» terminini taklif qildi. Gomeostaz deganda ichki muhit xossasi va tarkibi doimiyligining nisbati tushuniladi, bu narsa hayotiy jarayonning sifat va miqdor ko‘rsatkichi hisoblanib, u organizmning bu tizimini doimiy bir maromda saqlab turish qobiliyaldir. Bu barqaror va doimiy ko‘rsatkichlarni biologik ko‘rsatkichlar dcyiladi. Misol uchun, bularga: qondagi shakar miqdori, vodorod, natriy, kaliy, kalsiy, xlor, fosfor ionlari, oqsil konsentratsiyasi va qonning asosiy osmotik bosimi kabi ko‘rsatgichlarni kiritish mumkin.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling