Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Vitamin PP (nikotinamid) antipellagrik omil hisoblanadi. Nikotin kislota va uning amidi vitamin hisoblanadi, ovqatda bu vitamin bo‘lmasa odamda pellagra degan og‘ir kasallik paydo bo‘ladi. Shuning uchun bu moddalar vitamin PP (pellagra previntive-pellagraning oldini oluvchi so‘zidan) deb ataladi. Pellagra (chillashir)-ovqatda nikotin kislota, shuningdek B guruhiga kiradigan ba’zi boshqa vitaminlar va hayot uchun eng zarur aminokislota-triptofan yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Pellagra bo‘lgan odamda «uchta D» kuzatiladi-nomi D har yeridan boshlanuvchi uchta simptom: dermatit-terining zararlanishi, diareya-ich ketishi va demensiya-psixika buzilishi. Pellagra kichik dozadagi nikotin kislotasi bilan davolab tuzatiladi, bularning ichida faolrog‘i nikotin-amiddir.
Nikotinamid ikkita muhim koferment tarkibiga kirgani uchun, modda almashinuvining ko‘p jarayonlarida ishtirok etadi. Karbonsuvlar parchalanganda va oqsidlanish-qaytarilish jarayonlarida ro‘y beruvchi 40 ga yaqin kimyoviy reaksiyalarni kofermentlar katalizlaydi. Ko‘p sut emizuvchilar organizmida nikotin kislota bilan nikotinamid triptofandan sintezlanishi mumkin. Shuning uchun vitamin PP siz, lekin triptofanga boy oqsillar iste’mol qilib turilganda pellagra belgilari paydo bo‘lmaydi. Katta yoshdagi odamlar uchun PP vitaminining bir kecha-kundu/lik miqdori 18 mg ga teng. Vitamin P (o’tkazuvchanlik vitamini) biokimyoviy jihatdan flavonoidlar birikmalari nomi bilan ma’lum .bqiib kelmoqda. Bu xildagi moddalarning eng faol vakili gesperidin bo‘lib uni 1936 yilda vengerolimi V. B. Brukner o‘rganib chiqqan. Agar organizmda flavonoidlar vitamin bo‘lmasa kapillyarlar o’tkazuvchanligi oshadi yoki devori mo‘rt bolib qoladi. Natijada teri va boshqa a’zolarga qon qo‘yiladi. Lavshaning ba’zi belgilari P-avitaminozi bilan bog‘liq. Limon po‘stidan olingan (gesperidin), grechixa barglaridan olingan (rutin) va choy daraxtining yashil bargidan olingan uch xil modda vitamin P kabi ta’sir etar ekan. Bu moddalar organizmga kiritilganda kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytirib, shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi. P-avitaminozi natijasida oyoqlarda, yelkada og‘riq paydo bo‘ladi, kishi tczlik bilan charchaydi, kuchsizlik his qilinadi, kapillyarlarning elastik ustuvorligi pasayadi, gavda sathida favqullodda qon quyilishi kuzatiladi va boshqa og‘ir holatlar sezilib turadi. Shuning uchun P vitaminining yetishmasligiga qarab limon, grechixa, qora smorodina, qizil qalampir iste’mol qilish tavsiya etiladi. Odam organizmi uchun bir kecha-kunduzda 50 mg vitamin P yetarli bo‘ladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling