Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- B6-piridoksin
Vitamin B2-riboflavin, birinchi marta 1879 yilda qoramol sutidan ajratib olingan. Uning tuzilishini 1935 yilda shveytsariyalik olimlar Р.Каггег va R.Kunlar aniqlab berishgan. Riboflavin oson oksidlanadi va qaytariladi, lekin uning oksidlanishqaytarilish xossajarini qaytalanishi oson kechadi. Bu vitamin flavin bilan besh atomli spirt-ribotol birikmasi bo‘lib riboflavin deb ataladi. U kimyoviy jihatdan toza holda ajratib olingan va sintez qilingan. Ovqatda vitamin B2 bo‘lmasa yosh hayvonlar o‘sishdan to‘xtaydi, terisi va ko‘zi zararlanadi. Riboflavin preparatlari vitamin B2 siz ovqat bilan boqilayotgan hayvonlarning bo‘yini o’stiradi. Riboflavin retseptorlarda va markaziy asab neyronlarida almashinuv jarayonlari uchun zarur, chunki uning oqsillar almashinuvidagi ahamiyati hammaga ma’lum, ya’ni vitamin B2 organizmda aminokislotalar almashinuvi uchun juda kerakli modda hisoblanadi. Oqsil miqdorining oshib ketishi organizm uchun riboflavinning ehtiyojini oshiradi.
Riboflavining yetishmasligi natijasida ba’zi aminokislotalar o‘zgarmasdan siydik orqali organizmdan xorij boladi. Riboflavin hayvon va o’simlik to‘qimalarida keng tarqalgani sababli, odamda riboflavin avitaminozi juda kam uchraydi. Bu avitaminozda odamning lab shilliq pardasi yallig‘lanadi, yoriladi va po‘st bilan qoplanadi. Shuningdek teri va ko‘z muguz pardasi zararlanadi, bu parda qattiq yalliglansa, xira tortishi (ko‘zga oq tushishi) mumkin. Vitamin B3-pantoten kislota (antidermatit vitamin) koferment A tarkibiga kiradi va organizmning moddalar almashinuvida juda faol qatnashadi. B3-avitaminozi natijasida asab tizimining faoliyati buziladi, falaj va nevrit (asablarning yallig‘lanishi) ro‘y beradi. Pantoten kislota ko‘p o’simlik va hayvonlar mahsulotlarida uchraydi. Bir kecha-kunduzda odam organizmi 3-5 mg vitamin B3 iste’mol qilish kcrak. Pantoten antidcrmatik omil 1938 yilda olim R.Uilyams tomonidan kashf etilgan va ikki yildan keyin bu vitamin birinchi marta sintez qilingan. B6-piridoksin (antidermatit vitamin) organizmda aminokislotalarning almashinuvida va sintezlanishida qatnashib, ularni hujayralar membranalari orqali tashilishida ishtirok etadi. Vitamin B6 karbonsuvlar va yog’ kislotalari almashinuvida ham ishtirok qiladi. B6-avitaminozi natijasida odam terisi yallig‘lanadi (dermatit), qon tarkibi o’zagaradi (anemiya paydo bo‘ladi va limfasitlar kamayadi) va talvasali holat yuzaga keladi. Piridoksin ichak bakteriyalari tomonidan sintczlanadi. Shuning uchun bu vitamin ovqatda bo‘lmasa ham, odam unga ehtiyoj sezmaydi. Ammo, ichak bakteriyalarining rivojlanishi zamonaviy kuchli antibiotiklar bilan to‘xtatilgan bo‘lsa, pirodoksin avitaminozi paydo bolishi mumkin. Odamga bir kecha-kunduzda qariyib 2-3 mg piridoksin zarur. Achitqi, jigar, buyrak, mushaklar vitamin B6 ga boy. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling