Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet70/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Ovqat ratsionini tuzish Ovqat ratsionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog’lar bo’lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon mahsulotlaridan bo’lishi kerak. Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim. Ovqatda yangi sabzovot yoki mevalar bo’lishi shart. Bular asosiy vitamin manbalaridir. Ovqatning o’zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim. Ovqat mazali qilib tayyorlanishi kerak. Ozoda qilib, chiroyli dasturxon yasash, ovqatni o’xshatib tayyorlash ishtahani ochadi, hazm a'zolarining ishini kuchaytiradi va ovqatning yaxshiroq hazm bo’lishiga, binobarin, yaxshiroq o‘zlashtirilishga yordam beradi.
Odam odatda aralash ovqatlarni iste’mol qiladi. Bunday ovqatlarda oziq moddalar va ovqatga maza kiritadigan ekstraktiv moddalar bo’ladi. Ovqatga bunday maza kirituvchi moddalar go‘shtda va boshqa ba’zi bir mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ham go‘sht sho‘rvasi va suyuq osh hazm bezlariga ta’sir etib, ularning zo‘r berib ishlashiga sabab bo‘ladi. Ovqat ratsionini to‘g‘ri tuzish uchun muayyan mahsulotlardagi oqsillar, yog’lar va karbonsuvlarning miqdorini va kaloriya qimmatini bilish kerak. 15-javdal turli mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi. Ko‘pchilik kishilar me’daga ovqat kirganda kelib chiqadigan to‘yish sezgisiga ahamiyat beradilar. Me’da oziq moddalari kam, lekin katta hajmli ovqat bilan toisa, odam o’zini to‘ydim deb his qilishi mumkin.


MAVZU № 6 Ayiruv tizimining fiziologiyasi
Reja:
1. Ajratish organlarining funksional tuzilishi
2. Buyraklar funksiyasi, nefronlar tuzilishi va funksiyasi
3. Siydikning hosil bo’lishi va ajratish mehanizmi.
4. Ter bezlarining ajratish funksiyasi
5. Muskul ishining ajratish organlari funksiyasiga ta’siri
Ajratuv a’zolariga: bir juft buyrak, siydik yo‘li, siydik pufagi va siydik chiqarish kanali kiradi. Bu a’zolar embrionning rivojlanishida uch marta almashinadi. Embrionning 2-2,5 haftalarida bosh buyrak yoki oldingi buyrak rivojlanadi. Birinchisi juda oddiy tuzilgan bo‘lib, embrionda hech qanday funksiya bajarmaydi, bir necha kun davomida u yo‘qolib kctadi. Keyin oldingi buyrak o‘miga birlamchi buyrak hosil bo‘ladi. Birlamchi buyrak embrionning to‘rtinchi haftaligidan rivojlana boshlaydi. U ancha murakkab bo‘lib, unda aylanma kanallar, Shumlanskiy-Bouman kapsulasi, Malpigi tugunchalari bo‘ladi. Birlamchi buyrak embrion rivojlanishining birinchi yarim davridan ishlay boshlaydi. Birlamchi buyrak rivojlanishining 4-oyidan boshlab jinsiy a’zolarning rivojlanishida ishtirok etadi.
Doimiy (so‘nggi) buyraklar embrionning 2 oyligidan boshlab birlamchi buyrakdan pastroqda rivojlana boshlaydi. U murakkablashib, haqiqiy buyrakka aylanadi. Haqiqiy buyrak embrion rivojlanishining ikkinchi yarmidan ishlay boshlaydi, butun umr ishlashda davom etadi. Buyraklar bur juft bo‘lib, bel sohasida qorin bo‘shlig‘i pardasidan tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-qovurg‘alar oldida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo‘lib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklida bo‘lib, sirti pishiq biriktiruvchi to‘qima bilan o’ralgan. Ular atrofida yog‘ bo‘lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Har bir buyrakning vazni o’rta hisobda 150 g, bo‘yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi - 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan biroz qavariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo’lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyraklarga buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi chiqadi
Buyraklarning. frontal kesishda u 2 qavatdan: po‘stloq va mag’iz qavatdan tuzilgan. Po’stloq qavati qizil-qo‘ng‘ir rangda, 5-7 mm qalinlikda bo’lib, ichki oqish qismi mag‘iz moddasidan tuzilgan. Po‘stIoq qavat ustunchalar shaklida mag‘iz qavatdagi 15-20 ta piramidachalar orasida joylashgan.
Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi (metabolizmi) natijasida hosil bo‘ladigan turli moddalarni, tashqi muhitdan kirgan yot va zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuboradi, shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni bajarishda ishtirok etadi:
1. qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda;
2. bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda (izoosmiya).
3. bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta’minlashda (izoioniya).
4. kislota - asos muvozantini saqlashda;
5. qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda;
6. oqsil, yog’ va karbonsular almashinuvida;
7. qon bosimi, eritrotsitlarning hosil bo‘lishi, qonning ivishini boshqarishda;
8. fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab, qonga ajralishida. Bu funksiyalar buyraklar tomonidan filtrlanish, reabsorbsiya (qayta so‘rilish), sekretsiya moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi. Nefron-buyraklarning morfologik va funksional birligi Buyrak mikroskopda qaralganda ko’rinadigan asosiy tuzilma birligi nefron deyiladi, u asosan po‘stloq qavatda joylashgan. har bir nefron qo’sh devorli tovoqcha shaklidagi kichik kapsula (Shumlanskiy-Boumen kapsulasi) dan boshlanadi. Bu kapsula ichida kapillyarlar kalavasi (Malpigiy koptokchasi) bor. Malpigiy koptokchasi kapillyarlarining endoteliy hujayralarida diametri 0,1 mk keladigan teshiklar bor.
Shumlanskiy kapsulasi bo’shlig‘idan avvalgi buralgan siydik kanalchasi-birinchi tartibdagi burma kanalcha boshlanadi. Bu qanalcha po‘stloq va mag‘iz qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va to‘g‘rilanadi. Kanalcha buyrakning mag‘iz qavatida Genle qovuziog’ini hosil qiladi va buyrakning po‘stloq qavatiga qaytadi. Shunday qilib,
Genle qovuzlog‘i tushuvchi, yoki proksimal qism bilan ko’tariluvchi, yoki distal qismdan iborat. Kanalcha buyrakning po’stloq qavatida yoki po‘stloq bilan mag‘iz qavati chegarasida yana burama shaklga kirib, ikkinchi tartibdagi burama kanalchani hosil qiladi. Bu kanalcha chiqaruvchi yo’-yig‘uvchl naychaga quyiladi. Bunday yig‘uvchi naychalarning bir qanchasi qo‘shilib umumiy chiqaruvchi yo’llarni hosil qiladi, bu yo‘llar buyrakning mag’iz qavatidan c tib, buyrak jemi bo‘shlig’iga turtib chiqib turuvchi surg’ichlarning uchiga ochiladi. Har bir Shumlanskiy - Boumen kapsulasining diamteri qariyb 0.2 mm, bir nefron kanalchalarining umumiy uzunligi esa 35-50 mm ga yetadi. odam buyragida nefronlarning miqdori o’rtacha 1 mln ga teng. Shunday qilib, nefron uzun kanal bo‘lib, proksimal bo‘limi koptochkalar arteriya va kapillyarlarini distal bo‘limi esa yig‘iuvchi naychalarni o’rab oladi. Nefronda quyidagi bo‘limlar mavjud:
1) buyrak (Malpigiy) koptokchasi, Shumlanskiy - Boumen, kapsulasi;
2) birichni tartibdagi burma kanalcha (proksimal segmenti), to‘g‘ri tushuvchi bo’lim - nefron qovuzlog’ (Genle);
3) nefron qovuzlogining yupqa segmenti;
4) nefron qovuzlogining ko‘tariluvchi yo‘g‘on bo’limi va ikkinchi tartibdagi burama kanalcha. Distal burama kanalcha yig’uvchi naychaga quyiladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling