Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Jismoniy mashqlar va sport vaqtida energiya almashinuvi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Jismoniy mashqlar va sport vaqtida energiya almashinuvi Odamda energiya sarfi uning fiziologik holati va mushaklarning faoliyatiga bog‘liq. Yuqorida aytib o’tganimizdek, mushak faoliyati vaqtida energiya ko‘p sarflanadi. Energiya sarfining bunday o‘zgarishi ish qo‘shimchasini tashkil etadi va mushakning zo‘r berib ishlashi bilan bog‘liq
Uyquga nisbatan sekin-asta yugurgan vaqtda energiya 3 karra ko‘proq, yaqin masofaga chopishda esa 40 karra ko‘proq sarflanadi. Qisqa muddatli nagruzkada energiya karbonsuvlarning oksidlanishi evaziga sarflanadi. Uzoq muddatli mushaklar faoliyati oqibatida organizmda yog‘lar parchalanib uning natijasida zaruriy encrgiyaning 80% sarf bo‘ladi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadigan kishilarda mushaklar qisqarishi uchun zarur bo’lgan energiya yog’lar oksidlanishi oqibatida hosil bo’ladi. Ovqatlanish Ratsional ovqatlashni asoslash sohasidagi mutaxassislarning vazifalari organizm ehtiyojlarini qondira oladigan oziq moddalarning miqdorini va tarkibini ko‘rsatib berishdan iborat. Organizm sarf qilgan energiyaning o‘mini toidirish uchun yog’lardan ham, karbonsuvlar va oqsiJlardan ham foydalanishi mumkin. Uchala oziq moddalari ham muayyan sharoitda oxirgi mahsulotlarga oksidlanib, energiya manbai boia oladi. Modomiki shunday ekan, sarf qilingan energiyaning o‘rnini to’ldirish uchun organizmda nima oksidlanishining farqi bor karbonsuvlar, yog’lar yoki oqsillar oksidlansa ham bo’laveradi. Ammo ovqat rasionini tuzganda ovqatdagi kaloriyalar miqdorini hisobga olish bilan kifoyalanish noto‘g’ri bo‘ladi. Organizm uchun ovqatning tarkibi, ya’ni oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarning borligi, ularning sifati va nisbati juda muhimdir. Ovqat ratsionini tuzganda oqsil minimumini emas, balki oqsil optimumini, ya’ni organizm ehtiyojlarini to‘la qondiruvchi oqsil miqdorini nazarda tutish kerak. Shundagina organizm kayfiyati yaxshi, ish qobiliyati yuqori, yuqumli kasalliklarga chidamliligi yetarli darajada bo‘ladi, bolalarning esa o‘sish ehtiyojlari ham qondiriladi. Katta yoshdagi odam bir kecha-kunduzda o‘rta hisob bilan 80-100g oqsil iste’mol qilib tursa, mu’tadil fiziologik sharoitda organizmning yengil ish vaqtidagi ehtiyojlarini to‘la qondiradi. O’rtacha og‘irlikdagi ishda qariyb 120 g, og‘ir jismoniy mehantda esa qariyb 150-160 g oqsil iste’mol qilish zarur. Shundan kamida 30% i hayvon oqsillari bo‘lishi zarur. Bolalarning 1 kg vazniga hisob qilingan oqsil miqdori ularning o‘sish chtiyojlarini nazarda tutib biroz oshirilishi kerak. 1-3 yoshdagi bolalarga bir kecha-kunduzda 55 g oqsil, 4-6 yoshdagi bolalarga 72 g, 7-9 yoshdagi bolalarga 89 g oqsil kerak, 10-15 yoshdagi bolalar bir kecha-kunduzda 100- 106 g dan oqsil iste’mol qilishi zarur. Ovqat rasionida kamida 60 g yog’ bo‘lishi zarur, chunki yog‘da eruvchi vitaminlar va hujayra tuzilishiga zurur lipoidlar yog’lar tarkibiga kiradi. Odam bir kecha-kunduzda 300 kkal sarflaganda qariyb 100 g yog‘ iste’mol qilishi zarur. Ovqatda karbonsuvlar, mineral tuzlar va yetarli miqdorda vitaminlar bo’lishi kerak. Odam ovqatdagi karbonsuvlarning bir kecha-kunduzlik miqdori 400-500 g bo’lishi kerak. Mineral tuzlarning o’rta hisob bilan 60- 80% o’zlashtiriladi. Aralash ovqatning 82-90% o’zlashtiriladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling