Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Jismoniy mehnat vaqtida energiya almashinuvi


Download 176.93 Kb.
bet68/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Jismoniy mehnat vaqtida energiya almashinuvi Jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar vaqtida energiya sarfi bir muncha oshadi. Shu sababli kecha-kunduzning bir qismini jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat va umuman harakatda o‘tkazadigan sog‘lom odamning bir kecha-kunduzdagi energiya sarfi asosiy almashinuvdan ancha orttiq bo‘ladi. Bu energiya sarfining ortishi ish qo‘shimchasini tashkil etadi, mushaklar qancha zo‘r berib ishlasa, ish qo‘shimchasi shuncha katta bo‘ladi. Organizm mushaklari ishlaganda issiqlik energiyasi va mexanik energiya hosil bo’ladi. Mexanik energiyaning ihli bajarish uchun ketgan barcha energiyaga nisbatan foydali ish koeffitsienti 16% dan 22% gacha bo’lib, o‘rta hisobda 20% ga teng, biroq ayrim hollarda esa bundan ham ortiq bo’lishi mumkin.
Foydali ish koeffitsienti bir qancha sharoitlarga qarab o‘zgaradi. Masalan, mashq qilmagan odamlarda bu koeffitsient mashq qiluvchilardagiga nisbatan ancha kam bo‘lib, mashq qilgan sayin ortib boradi. Mushaklar qancha zo‘r berib ishlasa energiya sarfi shunchalik ortiq bo’ladi. Masalan, jismoniy mashqlar vaqtida, energiya sarfi tananing 1 kg vazniga 1 soatda 1 kkal bo‘lsa, odam tinch o’tirganda energiya sarfi tananing 1 kg vazniga o’rta hisob bilan 1,4 kkal bo’ladi; ish bajarmay tik turiiganda 1,5 kkal yengil ish bajarilayotganda (idora xizmatchilari, tikuvchilar, nozik ish bajaruvchi mexaniklar, o’qituvchilar) - 1,8-2,5 kkal; yurish bilan bogiangan ozgina mushak ishida (shifokorlaf, laborantlar, xat tashuvchilar, muqovachilar)-2,8-3,2 kkal; o’rtacha og’irlikdagi mushak ishi bilan bog’liq bo’lgan mehnatda (metalchilar, buyoqchilar, duradgorlar) - 3,2-4 kkal og‘ir jismoniy mehnatda (binokor ishchilar, о’t o‘chiruvchilar, уег haydovchilar, temirchilar va boshqalar) - 5-7,5 kkal energiya sarflanadi.
Energiya sarfiga qarab turli kasb egalarini bir necha giiruhga bo’lish mumkin. Bu guruhlarning kecha-kunduzdagi energiya sarfi quyidagicha.
Birinchi guruh - aqliy mehnat kishilari (olimlar, shifokorlar, muhandislar, idora xizmatchilari va boshqalar) 3000-3200 kkal.
Ikkinchi guruh - mexanizasiyalashgan kofxona ishchilari (tokarlar, frezeyerchilar, to’qimachilar, shahar transporti haydovchilari)-3500 kkal.
Uchinchi guruh - qisman mexanizatsiyalashgan korxonalarda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigari ishchilar (chilangarlar, o’t yoquvchilar, qishloq xo‘jalik ishchilari) - 4000 kkal.
To’rtinchi guruh - og‘ir jismoniy rhehnat qiluvchilar - 4300-5000 kkal.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling