Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet64/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Vitamin Bs (vitamin B9 fol kislotasi) - antianemik omil hisoblanib, qonda gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar miqdorini oshiradi. Vitamin ta’sirining boshlang‘ich davri fol kislotasining vitamin Bs ga aylanishi hisoblandi. Vitamin Bs ning avitaminozi natijasida qon ishlanishi tormozlanadi tormozlanadi. Vitamin B12 Vs-avitaminozi vaqtida ta’sir yetkazmaydi, chunki u faqat fol kislotasining ishtirokida gemopoyezga boshqaruv ta’sir yetkazishi mumkin. Vitamin B9 jigarda, karamda va boshqa ovqatga ishlatiladigan o‘simliklarda uchraydi. Katta yoshdagi odamlar uchun uning bir kechakunduzda iste’mol qiladigan miqdori 2-3 mg ni tashkil qiladi.
Vitamin C-askorbin kislotasi (antisingotik omil) organizmda yuqumli kasallik toksinlarini zararsizlantiradi, biriktiruvchi to‘qima kollagenini hosil bo‘lishida qatnashadi. Katalaza va arginaza fermentlarni faollantiradi, qon plazmasida temir tashilishi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Vitamin Cavitaminozi natijasida odam singa (skorbut) kasalligi bilan og’riydi. Singada - ovqatda vitamin C yetishmasligidan kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, teriga va teri osti kletchatkasiga, shilliq pardaga va suyak usti pardasi ostiga qon qo‘yilishi bilan yuzaga chiqadi. Singada tishlar mulki qonaydi, yumshaydi, tishlar bo‘shashib, tushib ketadi, mushaklarga, teriga va bo‘g ‘imlarga qon quyiladi; suyak to‘qimasi juda g‘ovak, mo‘rt bo‘lib, suyaklar salga sinadi; umumiy darmonsizlik, ozg‘inlik, asab tizimi funksiyasining tuzilishi tobora kuchayadi.
Organizm vitamin S dan uzoq vaqt davomida mahrum qilinsa, ozib-to‘zib yoki yuqumli kasalliklarga chalinib, o’lib qoladi. Bunga sabab shuki, C-avitaminozida organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi chidami kamayadi. Organizmda C gipovitaminozi ko‘proq uchraydi. Bunda quyidagi belgiiar paydo bo‘ladi: kishi bo‘shashib, tez charchaydi, mushaklari quvvatsizlanadi, boshi aylanadi, milki qonab turadi, yuqumli kasalliklarga qarshi chidami kamayadi. Vitamin C kimyoviy toza holda ajratib olingan, sintez qilingan, boshqacha aytganda, u askorbin kislota, ya’ni lavshaning paydo bo‘lishiga yo’l bermaydigan modda deb ataladi. Askorbin kislota hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi va oqsilni parchalovchi fermentlarni faollantiradi. Katta yoshdagi odamga bir kecha-kunduzda 25-50 mg askorbin kislota kerak. Og‘ir jismoniy ishda, ko‘pgina og‘ir kasalliklarda, homiladorlikda vitamin C ga chtiyoj oshadi. Askorbin kislota juda ko‘p mahsulotlarda bo‘ladi: karam, pomidor, limon va apelsin, qora smorodina, qalampir, ukrop, ungan don, sab/i, lavlagi, loviya, kartoshka vitamin C ga boy. Na’matak mevasida va dumbul yong‘oqda askorbin kislota juda ko‘p.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling