Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet56/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

3. Oxirgi mahsulotlar metabolizmi.
Energiya balansi Moddalar almashinuvi va energiya o’zgarishi bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan jarayonlardir. Energiya almashmasa, modda o’zgarmaydi va moddalar almashinmasa energiya hosil bo’lmaydi va almashmaydi. Organizmda ro‘y beradigan energetik jarayonlar natijasida asosan issiqlik energiyasi hosil bo‘ladi. Tanada ajralib chiqqan issiqlik energiyasini aniqlab, ma’lum ish bajarishga ketadigan mexanik energiyani issiqlik birligiga aylantirish asosida hisoblab, organizm tomonidan qancha energiya sarflaganini aniqlash va almashinuv jarayonlarini qay darajada ekanligini bilish mumkin. Organizmda modda va energiya almashinuv jarayonlari tabiiyotning eng buyuk qonuni-materiya va energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq ravishda sodir bo‘ladi. Tirik organizmda materiya va energiya yaratilmaydi va yo‘qolib ketmaydi, ular faqat o’zgaradi, yutiladi va ajralib chiqadi. Organizm tashqi muhitga issiqlik va mexanik ish tarzida energiya ajratib chiqaradi. Shuning uchun energiya balansini aniqlash uchun organizm qabul qilgan ovqat mahsulotlaridan qancha energiya olishi va qancha energiya sarf qilishini aniqlash talab qilinadi.
Energiya hosil bo‘lishini aniqlash uchun ovqat mahsulotlari tarkibida qancha kaloriya borligini hisoblash. kerak. Bu esa 1 gr modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga va issiqlik koeffitsientiga teng.
Ovqat moddasining issiqlik koeffitsienti Bertlo «bombasida» yoqib aniqlangan. Lekin shuni hisobga olish kerakki, tanada ovqal mahsulotlaridan oksidlanish jarayonlarida hosil bo‘lgan kaloriya miqdori ularda mavjud bo‘lgan miqdordan birmuncha kamroq bo‘ladi, chunki iste’mol qilgan ovqat moddalarining hammasi to‘liq so‘rilmaydi. Ayniqsa, oqsil moddalar tanada to‘liq oksidlanmaydi
Organizmda hosil boladigan energiyani bevosita va bilvosita kalorimetriya usullarida aniqlash mumkin.
Bevosita kalorimetriyada organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus hnurakkab jihozlar - kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Kalorimetrda tekshirish juda aniq natija berishi mumkin. Organizmda oksidlanish jarayonlari energiya manbayi hisoblanadi, bu jarayonlarda O2 sarflanadi va CO2 hosil bo‘ladi, shuning uchun gazlar almashinuvini tekshirish asosida, ya’ni yutilgan O2 va ajralib chiqqan CO2 miqdoriga qarab tananing qancha energiya sarflaganini aniqlash mumkin. Bu usul bilvosita kalorimetriya deb ataladi. Organizmda ajralib chiqqan CO2 hajmining yutilgan O2 hajmiga nisbati nafas koeffitsienti (NK) deb ataladi. Oqsillar, yog’lar va uglevodlar oksidlanganda nafas koeffitsienti turlicha bo‘ladi. Avvalo, tana karbonsuvlar iste’mol qilganda nafas koeffitsienti qancha bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Misol uchun, glukoza olaylik.
Bir molekula glukoza oksidlanishining umumiy yakunini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: C6Hl2O6+6O2=6CO2+6H2O Reaksiya tenglamasidan ko‘rinib turibdiki, glukoza oksidlanganda necha molekula CO2 hosil bo’lsa, o’shancha molekula O2 sarf qilinadi (yutiladi). Organizmda bo’lib o‘tadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari natijasida gazlarning o‘zlashtirilishi va ajralib chiqishiga oid sarhisob olib borish Avogadro qonuniga bo‘ysinadi. Xususan, glukoza oksidlanganda nafas koeffitsienti (CO2 ning O2 ga nisbati) 1 ga teng bo’ladi. Boshqa karbonsuvlar oksidlanganda ham nafas koeffitsienti shuncha bo’ladi. Yog’lar va oqsillar oksidlanganda nafas koeffitsienti 1 dan kam bo’ladi, ya’ni yog’lar oksidlanganda bu raqam 0,7 ga, oqsillar oksidlanganda NK- 0,8 ga teng bo’ladi.
Odam aralash ovqatlar iste’mol qilib turganida NK- 0,85-0,9 ga atrofida bo’ladi. Nafas koeffitsientini aniqlash orqali O2 ning issiqlik ekvivalentini bilish mumkin. O2 ning kalorimetrik ekvivalenti deganda bir litr O2 qabul qilinganda ajralib chiqqan issiqlik miqdori tushuniladi. O2 ning kalorimetrik ekvivalenti moddalar almashinuviga bog’liq.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling