Mavzu: 10-ish. Quruq va ho’l kuydirilgan namunalarda azot, fosfor va kaliyni aniqlash


Download 52.91 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi52.91 Kb.
#1156994
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-лаборатория иши — копия

Azot miqdorini FEK da aniqlash

«A» eritmadan 50 ml sig’imli o’lchov kolbasiga 2,0 ml olinadi, ustiga 20-30 ml suv ko’shiladi va 1 tomchi metil qizili ishtirokida eritmaning och pushti rangi yuqolguncha 10% li NaOH eritmasi bilan neytrallanadi. Ustiga 2 ml Segnet tuzining 50% li eritmasi hamda 2 ml Nessler reaktivi qo’shiladi, yaxshilab aralashiriladi va 10 daqiqadan keyin fotoelektrokolorimetrning ko’k yoki binafsha yorug’lik filtrida (440 nm) ko’riladi. Nazorat tahlil bilan ham shu taxlit ish olib boriladi va uning natijasi tajriba natijsidan ayirib tashlanadi.


Azotning miqdori kalibr egri chizig’i asosida topiladi. Buning uchun 0,7405 g ammoniy xlorid olinadi va 1000 ml suvda eritiladi. Undan 10 ml olib, xajmi 500 ml ga etkaziladi (eritma 0,00388 mg/ml N tutadi). Kalibr egri chizng’ini tayyorlash uchun pipetka yordamida 5; 10, 15; 20; va 25 ml olib, ustiga 2 ml Segnet tuzining 50% li eritmasi hamda 2 ml Nessler reaktivi qo’shiladi, yaxshilab aralashiriladi va 10 daqiqadan keyin fotoelektrokolorimetrning ko’k yoki binafsha yorug’lik filtrida (440 nm) ko’riladi.
Laboratoriya ishlari natijalarini hisoblash b o’yicha ko’rsatmalar: O’simlikdagi azot miqdori kuyidagi formula asosida hisoblanadi:


x = A∙W1∙W2-∙100/1000-∙T-V; bu erda:

x - azotning miqdori, %; A - kalibr egri chizig’idan olingan ko’rsatkich, ml; W1 -tahlil qilinayotgan eritmaning yalpi hajmi, ml; W2 - bo’yalgan eritma hajmi, ml; V -bo’yash uchun olingan so’rim hajmi, ml; T - o’simlik tortimi, g; 100 va 1000-% va g larga aylantirish koeffistienti.


Etalon eritmalar shkalasini tayyorlash: etalon eritma (NH4)2SO4 0,005 mg N / ml o'z ichiga oladi. 50 ml hajmli o'lchov kolbalariga namuna eritmasidan 2, 5, 10, 15, 20 ml gacha kolbalarga quying. 2 ml Nessler reaktivini qo'shing, "Buynigacha" dist. suv quyib aralashtiriladi. 10 daqiqadan so'ng FEK da optik zichligi o’lchanadi.

Download 52.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling