Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi
YAra kasalligi rivojlanishiga ko‘maklashuvchi kasalliklar
Download 396.88 Kb. Pdf ko'rish
|
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi.
YAra kasalligi rivojlanishiga ko‘maklashuvchi kasalliklar:
Srunkali obstruktiv bronxit, bronxial astma, o‘pka emfizemasi; Surunkali yurak qon-tomir kasalliklari; Jigar sirrozi; Me’da osti bezi kksalliklari. Ushbu kasalliklar natijasida gipoksemiya, me’da shilliq qavati ishemiyasi, uning himoya omillari faoliyatitning pasayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari hozirgi kunda yara kasalligi kelib chiqishiga genetik omillarning ahamiyati katta. YAra kasalligining genetik markerlariga quyidagilar tegishli: Me’da bezlari tarkibidagi qoplama hujayralarining ko‘p miqdorda bo‘lishi va uning natijasida shirasi tarkibida xlorid kislotaning turg‘un yuqori bo‘lishi. Qon zardobidagi pepsinogen I, II va me’da shirasi tarkibidagi pepsinogenning “ulsirogen” fraksiyasining yuqori bo‘lishi. Ovqat qabul qilishga javoban gastrinning ko‘p miqdorda ajralishi. O (I) qon guruhi, YAK rivojlanish havfini 35% oshiradi. HLA – antigen V 15 , V 5 , V 35 ning aniqlanishi. α 1 -antitripsin faolligining pasayishi va α 2 - makroglobulin deffitsiti. So‘lakda agglyutinogenlarning (me’da shilliq qavatining himoya omili) bo‘lmasligi. Fukoglikoproteinlar – asosiy gastroprotektorlarning genetik etishmasligi. Sekretor immunoglobulin A ning sekretsiyasining buzilishi va boshqalar. Patogenezi. Klassik tassavurlarga ko‘ra yara kasalligi me’da va 12 b.i. shilliq qavatining agressiv va himoya mexanizmlari orasidagi mutanosiblik buzilishidan kelib chiqadi. Agresiiya omillari: Xlorid kislota me’da tanasi va tubida joylashgan qoplovchi hujayralar tomonidan sekretsiya bo‘ladi. Xlorid kislotasi sekretsiyasining boshqaruvida har xil kimyoviy va neyrogumoral omillar qatnashadi. Xlorid kislotasi sekretsiyasini gastrin va adashgan nervning postganglionar nerv tolalari stimulyatsiya qiladi. Xlorid kislota sekretsiyasining asosiy stimulyatori - ovqat qabul qilish hisoblanadi. Gastrin, xlorid kislotaning eng kuchli stimulyatori bo‘lib, meda tubi va buyin qismining pilorik bezlarida joylashgan G hujayralarining sekretor granulalaridan qonga o‘tadi. Gastrin va adashgan nerv ta’siri o‘zaro bog‘liq bo‘lib, adashgan nervning qoplama xujayralari M- xolinoritseptorlar stimulatsiyasiga G- hujayralardan gastrin ajralishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida me’daning semiz va enteroxromaffinsimon hujayralaridan gistamin sekretsiyasiga olib keladi. Xlorid kislotasi sekretsiyasidagi gistaminning roli N 2 - gistamin blokatorlar kashfiyot qilingandan so‘ng aniqlanadi. Ushbu dori vositalar medaning qoplama hujayralarida joylashgan N 2 retseptorlarga gistamin ta’sirini ingibitorlaydi. Gistamin sAMFni oshiradi, proteinkinazani faollashtiradi va bu xlorid kislotasi sekretsiyasini ko‘payishiga olib keladi. Gastrin bevosita qoplama xujayralarga ta’sir ko‘rsatgan xolda shu sekretsiyani ko‘paytiradi va enteroxromafoginsimon xujayralardan gistamin ajralishini kuchaytiradi. Download 396.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling