Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana16.03.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1278023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)

Tashxisi. 
1. Umumiy qon tahlili. Kamqonlik, ECHT oshishi va retikulotsitoz me’da ichak traktidan 
qon ketishidan dalolat beradi. 
2. Najasni yashirin qon ketishga tekshirish - qon ketish bilan asoratlangan yarani gumon 
qilishga imkon beradi. 
3. Qonning biokimyoviy tahlili: kamqonlikga gumon qilinganda qon zardobidagi temir
ferritin miqdori va qon zardobining temir bog‘lovchi hususiyati aniqlanadi.
4. Ovqat hazm qilish tizimi yuqori qismining kontrast rentgenografik tekshiruvi. Bu 
holatda tashhisiy hatoliklar 20 - 40% tashkil qiladi. Rentgenogrammada yara “tokcha” 
ko‘rinishida 12 barmoq ichakni so‘rg‘ichining proksimal qismida joylashadi. Kasallikning tez-
tez retsidivlanadigan kechishida 12 barmoq ichak so‘rg‘ichinng deformatsiyasi kasallikning 
rentgenologik tashhisini qiyinlashtiradi.
5. Ezofagogastroduodenoskopiya – me’da va 12 b.i. yara kasalligini aniq tashxisiy usuli 
bo‘lib, yarali defekt, chandiqlanishning nazorat qilish hamda gistologik sitologik tekshiruvga 
imkon yaratadi.
6. H. py1ori aniqlashga qaratilgan tekshiruvlar 
7. Me’da ichi rN - metriya 
8. Qon zardobidagi gastrin miqdorini aniqlash jarrohlik operatsiyasidan oldin yoki 
gastrinomaga gumon qilinganda o‘tkaziladi.
H. pylori ni aniqlash usullari: 
1. Sitologik tekshiruv uchun gastroskopiya yordamida me’da antral qismidan surtma (bioptat)dan 
foydalaniladi. Bioptat me’da shilliq qavtining eng ko‘p giperemiyalangan, shishgan qismidan 
olinadi (eroziya yoki yara tubidan olinmaydi). Surtma Romanovskiy Gimza usuli bilan bo‘yalib, 
mikroskopiyada H. Pylori soni aniqlanadi:
- Engil (+) - ko‘ruv maydonida 20 gacha mikrob tanacha; 
- O‘rtacha (++) - ko‘ruv maydonida 50 gacha mikrob tanacha; 
- YUqori (+++)- ko‘ruv maydonida 50 dan ko‘p mikrob tanacha; 
2. Gistologik tekshiruv. V gistologik preparatlarda H. pylori Gimze usulida bo‘yalganda va Uortin-
Starri bo‘yicha kumushlanganda yaxshi ko‘rinadi, gematoksilin bilan kuchsiz bo‘yaladi.
3. Bakteriologik tekshiruv. Bakteriologik ekuv muhiti sifatida maksimal sterillik sharoitada olingan 
materialdan foydalaniladi. .ekmalarning inkubatsiyasi 5% kislorod saqlagan mikroaerofil 
sharoitlarda, mahsus gazoregenerator qopchalar qo‘llagan holda o‘tkaziladi.
4. Me’da shilliq qavati bioptati bilan o‘tkaziladigan ureaza sinamasi - 20 g/l mochevina
bakteriologik agent va rN indikatori sifatida fenol-rota saqlaydi. N. pylorining ureazasi ta’sirida 
mochevinaning gidrolizi va ammiak hosil bo‘lishi natijasida muhitning rN ishqoriy tomonga 
o‘tadi. Natijada indikatorning rangi sariqdan pushti ranggga aylanadi.


5. Nafas olish sinamasi: H. Rylorining ureaza ishlab chiqish hususiyatiga asoslangan. Testdan oldin 
bemor 13CN izotopi bilan nishonlangan mochevinani qabul qiladi, chiqarilayotgan nafas 
tarkibida ureaza ta’siri ostida parchalangan mochevinaning uglerod oksididagi izotop aniqlanadi. 
Mazkur usul yagona noinvaziv tekshiruv usuli bo‘lib hisoblanadi.
6. Serologik tekshiruv. H. Pylori infeksiyasi yuqqan kishilarda immunoferment analizi yordamida 
qon zardobida spetsifik IgG- va IgA-antitelolar aniqlanadi. SHu bilan birga Kif sinamasi 
qo‘llaniladi (najas tarkibida polimeraza zanjirli reaksiyasi yordamida N. rylori antigenini 
aniqlash). 

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling