Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi
Download 396.88 Kb. Pdf ko'rish
|
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. YAraning chandiqlanish davrlari
- Patomorfologiyasi.
- Klinikasi. Bemorning shikoyatlari
11. YAra kasalligi asoratlari:
- YAradan qon ketishi - Perforatsiya (yara teshilishi) - Penetratsiya (a’zoni ko‘rsatish bilan) - Me’da pilorik qismi stenozi - Malignizatsiya - Reaktiv pankreatit, gepatit, xoletsistit. 12. YAraning chandiqlanish davrlari: - Oddiy chandiqlanish – yaraning chandiqlanish vaqti me’da yarasi uchun 6-8 hafta, 12 b.i. yarasi uchun 3-4 hafta; - Uzoq vaqt davomida bitmaydigan yaralar - yaraning chandiqlanish vaqti me’da yarasi uchun 8 haftadan, 12 b.i. yarasi uchun 4 haftadan ortiq. Patomorfologiyasi. Me’daning ko‘pgina yaralarida jarayon shilliq qavatidan tashqari boshqa qavatlarini qamrab olishi kuzatiladi. Gistologik manzarasi bo‘yicha me’da va 12 barmoq ichak yarasi o‘xshash bo‘ladi. Ammo perifokal yallig‘lanish yaqqol namoyon bo‘ladi. Me’daning yaxshi sifatli yaralari xlorid kislota ishlab chiqaruvchi shilliq qavatning antral va me’da tanasining distal qismlarida joylashgan bo‘ladi. Me’da tub qismining yaxshi sifatli yaralari kamdan-kam holatlarda uchrab, H. pylori chaqirgan antral gastrit va shilliq qavat atrofiyasining turli darajalari bilan namoyon bo‘ladi. Aspirin va NYAQDV qabul qilish bilan bog‘liq yara kasalligida gastrit belgilari kam kuzatiladi. Klinikasi. Bemorning shikoyatlari: 12 barmoq ichak yara kasalligidagi eng ko‘p uchraydigan simptom – bu epigastral sohadagi achishuvchi yoki simillovchi og‘riqdir. Ammo bu og‘riq bo‘g‘iq. Tushunarsiz, me’da to‘lganlik, og‘irlik yoki ochlik hissi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. 10% holatlarda og‘riq o‘ng qovurg‘a oralig‘iga tarqalishi mumkin. Og‘riq ovqatdan so‘ng 1,5-3 soatdan so‘ng paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bemorni tungi og‘riqlar bezovta qilib, tunda uyg‘onib ketishiga sabab bo‘ladi. Odatda og‘riq ovqat yoki antatsidlar qabul qilgandan so‘ng og‘riqning susayishi kuzatiladi. Ammo ovqat qabul qilinishi gastrin sekretsiyasining kuchayishiga va xlorid kislota sekretsiyasining oshishiga sabab bo‘ladi. Me’da va 12 b.i. yuqori qismidagi kislotalik muhitining oshishi va rNning kamayishi natijasida og‘riq yana kuchayadi. Kasallikning qo‘zish davri bir necha kun, hafta yoki oylab davom etishi mumkin. SHu bilan birga 12 b.i. yara kasalligi simptomsiz kechishi mumkin. Remissiya davrlari qo‘zish davrlariga nisbatan davomiyliroq (bir necha oydan bir necha yilgacha) bo‘ladiba’zi holatlarda kasallik og‘ir – tez-tez va davomiyli qo‘zish davrlari hamda asoratlar rivojlanishi bilan kechadi. Og‘riq sindromi: og‘riq yara kasalligida asosiy sindrom bo‘lib, uning sabalari quyidagicha: - YAra tubidagi simpatik nerv oxirlarining xlorid kislota bilan ta’sirlanishi; - Me’da va 12 b.i. motor faoliyatining buzilishi (pilorospazm va duodenospazm) natijasida me’dada bosim ortishi va peristaltika kuchayishi natijasida; - YAra atrofidagi tomirlarning spazmi va shilliq qavati ishemiyasi natijasida; - SHilliq qavat yallig‘lanishi tufayli og‘riq bo‘sag‘asining pasayishi natijasida. Og‘riqning quyidagi hususiyatlari farqlanadi: Og‘riq joylashuvi – epigarstral sohada, me’da yarasida epigartriy markazida yoki undan chaproqda. 12 b.i. yarasida epigasral soha markazidan o‘ng tomonda joylashadi. Me’da kardial qismi yarasida og‘riq atipik joylashuvi – prekardial yoki yurak cho‘qqisi sohasida bo‘lishi hos. Postbulbar soha yarasida og‘riq bel yoki o‘ng qovurg‘a ostida seziladi. Og‘riq paydo bo‘lish vaqti – ovqat qabul qilishga nisbatan erta (ovqatdan so‘ng 0.5-1 soatdan keyin kuzatildi, sekin-asta avj olib boradi, me’da yuqori qismi yarasi uchun hos), kech (ovqatdan so‘ng 1.5-2 soatdan so‘ng kuzatiladi, 12 b.i. yarasi uchun hos), tungi (tunda kuzatiladi, 12 b.i. yarasi uchun hos), “och qoringa” (ovqatdan so‘ng 6-7 soatdan so‘ng kuzatilib, ovqat egandan so‘ng kamayadi, 12 b.i. yarasi uchun hos) og‘riqlar farqlanadi. Og‘riq hususiyati – kuchli bo‘lmagan, simillovchi, to‘mtoq, hurujsimon bo‘lishi mumkin. Og‘riq hususiyatining o‘zgarishi asoratlar rivojlanishidan dalolat berishi mumkin. Masalan: doimiy, elkaga yoki qovurg‘a ostiga uzatiladigan, ovqat egandan yoki antatsidlar qabul qilgandan so‘ng qolmaydigan og‘riq penetratsiyadan (ko‘pincha me’da osti beziga) dalolat berishi mumkin. Ovqatdan so‘ng kuchayuvchi va qusish bilan kechuvchi og‘riq stenozdan dalolat beradi. Qorinda to‘satdan paydo bo‘lgan tarqoq va kuchli og‘riq yara perforatsiyasidan dalolat beradi. YAradan qon ketish holatlarida og‘riqning yo‘qolishi va kofe quyqasisimon qusish hosdir. YAra kasalligi uchun og‘riqning mavsumiyligi (bahor va kuz fasllarda), remissiya fazalari bilan kechishi va ovqat qabul qilgandan so‘ng kamayishi hosdir. SHuni ta’kidlash lozimki, 12 b.i. yara kasalligi ko‘pincha simptomsiz kechadi. Og‘riqsiz yara oshqozon va ichakdan o‘tkir yoki surunkali qon ketishiga, perforatsiya yoki stenozga sabab bo‘ladi. Dispepsik sindrom: Jig‘ildon qaynashi – gastroduodenal reflyuks tufayli qizilo‘ngach shilliq qavatining me’da shirasi bilan ta’sirlanishi natijasida kuzatiladi. Jig‘ildon qaynashi og‘riq bilan birgalikda yoki alohida belgi sifatida kuzatilishi mumkin. Odatda u ovqat qabul qilgandan so‘ng kuzatiladi. Kekirish (nordon kekirish) mediogastral yara uchun hos bo‘lib, kardiya etishmasligi tufayli kuzatiladi. Ko‘ngil aynishi va qusish – kasallik qo‘zish davrida, kuchli og‘riq sindromi bilan birgalikda kuzatiladi. Qusishdan so‘ng bemor o‘zini engil his qiladi. Ishtaha – yara kasalligida odatda kuchaygan bo‘ladi. Kuchli og‘riqda bemorlar kam ovqat eyishga harakat qiladilar (“sitofobiya”). Yo‘g‘on ichakning motor faoliyatining buzilishi – kasallikning qo‘zish davrida bemorlarning ko‘pchiligida qabziyat kuzatiladi. YAra kasalligidagi qabziyat yo‘g‘on ichakning spastik harakati, rioya qilinayotgan parhez tufayli, jismoniy faollikning kamayishiga, antatsidlar qabul qilish tufayli kuzatiladi. Ob’ektiv ko‘rik: yara kasalligi uchun bemorning normostenik yoki astenik tana tuzilishi ko‘proq hosdir. Bemorda vegetaiv disfunksiya va adashgan nerv tonusi oshish belgilari kuzatiladi: bemor qo‘l panjasi nam va sovuq, terisi marmarsimon, bradikardiyaga va arterial gipotenziyaga moyillik. Bemor tili odatda toza, ammo qabziyat bilan kechuvchi yara kasalligida karash bilan qoplanishi hosdir. Qorinni paypaslash va perkussiyasi asoratlanmagan yara kasalligida aniqlanadi: - Epigastral sohadagi og‘riq asosan to‘sh suyagining hanjarsimon o‘sig‘i va kindik orasida, 20% bemorlarda o‘rta chiziqdan o‘ng tomonda joylashgan bo‘ladi. - Perkutor og‘riq – Mendel simptomi: epigastral sohaning simmetrik qismlarida uzlukli perkussiyasida lokal. CHegaralangan og‘riq kuzatiladi. Ba’zida og‘riq nafas olganda yaqqolroq bo‘ladi. Mendel simptomi yara jarayonining shilliq qavat bilan chegaralanmay, perifokal yallig‘lanish bilan kechayotganligini ko‘rsatadi. - Qorin devorining lokal, himoya taranglashishi – 12 b.i. yara kasalligi uchun hosdir. Visseral qorin pardasining vissero-motor refleksi tufayli ta’sirlanishi natijasida kuzatiladi. Download 396.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling