Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana16.03.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1278023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)

- O‘tkir qon ketish belgilarining kuzatilishi hamda og‘riq sindromining to‘satdan 
yo‘qolishi – Bergman simptomi kuzatiladi. 
YAra penetratsiyasi – bu yaraning me’da yoki 12 b.i. devoridan tashqarisiga, ya’ni atof 
to‘qima va a’zolarga tarqalishidir. YAraning me’da va 12 b.i. hamma devori bo‘ylab tarqalishi, 
atrof a’zolar bilan fibroz o‘sishi hamda boshqa a’zo to‘qimasining ichiga tarqalish bosqichlari 
farqlanadi.
12 b.i. so‘rg‘ichining orqa va yon devori yaralari, postbulbar yaralar me’da osti bezining 
boshchasiga, o‘t yo‘llariga, jigarga, jigar-me’da yoki duodenal boylamga, yo‘g‘on ichakka, 


uning charvisiga penetratsiya qiladi. Me’da yaralari esa kichik charvi, me’da osti bezi tanasiga 
penetratsiya qiladi. Kasallik kechishi og‘irlashadi va kasallikning klinik manzarasi yaqin 
turuvchi a’zolar (penetratsiyalangan a’zo) kasalliklariga o‘xshash belgilar paydo bo‘ladi 
(pankreatit, xoletsistit, perigastrit, periduodenitning klinik belgilari). Og‘riq doimiy tusga kiradi, 
kuchayadi, ovqat qabul qilish bilan bog‘liqligi yo‘qoladi, antatsidlar qabul qilgandan so‘ng 
kamaymaydi. 
YAra perforatsiyasi (teshilishi). YAraning ochiq perforatsiyasi 12 b.i. yara kasalligining 2- 3% 
holatlarida kuzatiladi. Ularning 5-10% shu vaqtga qadar yara kasalligining belgilari 
aniqlanmagan bo‘ladi. 10% holatlarida perforatsiya qon keitsh bilan birga kechib, o‘lim havfini 
oshiradi.
YAra teshilishining klinik jihatdan 3 ta davri kuzatiladi: 
1. og‘riqli shok davrli: to‘satdan kuchli, “hanjarsimon” og‘riq kuzatiladi. Bunda og‘riqning sababi 
me’da tarkibidagi suyuqlikning qorin bo‘shlig‘iga tushishi natijasida kuzatiladi. Og‘riq avval 
qorinning yuqori qismlarida bo‘lib, so‘ng butun qorin sohasi bo‘ylab tarqaladi. Og‘riq avj olib 
borishi natijasida bemor majburiy holatga (yonboshlab yotgan holatda, tizzalarini bukib qorin 
sog‘asiga yaqin keltiradi) o‘tadi. Qorin devorining taxtasimon taranglashishi, Щetkin-
Blyumberg simptomi, Jorin simptomi (perkussiyada jigar sohasining ustida timpanit aniqlanishi) 
kuzatiladi. 
2. YOlg‘on yaxshilanish davri – perforatsiyadan bir necha soatdan so‘ng rivojlanadi va 8-12 soat 
davom etadi.. Bu davrda qorin sohasidagi og‘riqlar kamayadi, yoki yo‘qoladi (nerv oxirlarining 
paralichi natijasida), qorin bo‘shlig‘idagi ta’sirlanish belgilari (qorin devorining taxtasimon 
taranglashishi, musbat Щetkin-Blyumberg simptomi, musbat Jorin simptomi) saqlanib turadi. 
3. Peritonit bosqichi – ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi, bemor hushidan ketishi, tana haroratiningt 
oshishi, “Gippokrat “ yuzi, qorin devorining taxtasimon taranglashishi, musbat Щetkin-
Blyumberg simptomi, musbat Jorin simptomi, ichaklar peristaltika shovqini yo‘qolishi, ichaklar 
parezi kuzatiladi va kollaps rivojlanishi bilan kechishi mumkin.

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling