Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana16.03.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1278023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)

Davolash 
YAra kasalligida №1 parhez tavsiya etiladi. U o‘z tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar
vitaminlar va mikroelementlarning fiziologik miqdorini saqlashi kerak bo‘ladi. Himoyalovchi 
parhez yara kasalligi belgilarini namoyon bo‘lishini kamaytirib. Uning kechishi yoki 
sog‘ayishiga ta’sir qilmaydi.
Parhez davomida xlorid kislota sekretsiyasini kuchaytiruvchi kofe va kofein saqlovchi 
ichimliklarni cheklash tavsiya etiladi. Alkogol, achchiq, dudlangan, qovurilgan, konserva 
mahsulotlarni qat’iy cheklash tavsiya etiladi. YAqqol qo‘zish davrida ezofago-gastro-duodenal 
shilliq qavatning mexanik va kimyoviy himoyalash tavsiya etiladi.
Medikamentoz davolash: 
Gastroenterologik 
assotsiatsiyasining 
Maastrixt 
tavsiyalariga 
ko‘ra 
(2000g.) 
antixelikobakter terapiya me’da va 12 b.i. yara kasalligi bilan kasallanganlar uchun ham 
kasallikning qo‘zish davrida, ham remissiya davrida, asoratlangan yara, hamda atrofik gastrit
ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Bu holda terapiyaning effektivligini inobatga olgan holda 2 ta 
rejimi tavsiya etiladi.
Birinchi qator preparatlar. 
Proton pompa ingibitori (omeprazol, lansoprazol, patnoprazol, rabeprazol, ezomeprazol) 
yoki ranitidin, vismut sitrat standart dozada kuniga 2 mahal + 
Klaritromitsin 500 mg kuniga 2 mahal + 
Amoksitsillin 1000 mg kuniga 2 mahal yoki metronidazol 500 mg kuniga 2 mahal
Davolash davomiyligi 7 kun.
Eradikatsiya samarasi antixelikobakter terapiyadan 4 – 6 haftadan so‘ng nafas yoki Kif 
sinamasi yordamida baholanadi.
Klaritromitsin bilan amoksitsillinni birga qo‘llashning samarasi klaritromitsin bilan 
metronidazolni birga qo‘llashdan afzalroqdir. Birinchi qator preparatlarning qo‘llanilishida H. 
Pylori ning eradikatsiya ko‘rsatkichi 88 – 95% tashkil qiladi.
H. pylori eradikatsiyasining davolashda 3 komponentli davosining bazis dori vositasi bo‘lib 
proton pompa ingibitorlari (uning klassik vakili – omeprazol) hisoblanadi. proton pompa 
ingibitorlari bilan davolash mobaynida og‘riq va dispepsiya belgilari tezda kamayadi. 
Davolashning birinchi qator preparatlarining samarasi bo‘lmaganda, ya’ni H. pylori ning 
saqlanib qolishida ikkinchi qator preparatlari tavsiya etiladi.

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling