MAVZU 24
OSHQOZON VA 12 BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI.
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda surunkali gastritlar va yara kasalligi ularni xavf omillari,
etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tasnifi, tashxislash va davolash tamoyillari to‘g‘risida
tushuncha shakllantirish
ME’DA VA 12 BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGIsurunkali kasallik bo‘lib,
uning asosiy morfologik belgisi bu Helicobacter pylori ta’sirida yuzaga kelgan gastrit bilan birga
me’da yoki 12 barmoq.ichakning retsidivlanadigan yarasidir.
Epidemiologiyasi.Me’da yara
kasalligi
rivojlanishining avj davri 50-60 yoshlarga to‘g‘ri keladi va 12
barmoq ichak yara
kasalligiga nisbatan 10 yil kechroq namoyon bo‘ladi. Kasallik ayollarga
nisbatan erkaklarda
ko‘proq uchraydi. Kasallik ko‘p vaqt davomida belgisiz kechganligi sababli tarqalganligi noaniq.
Rossiya Federatsiyasida me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi (YAK) 2001
yilda
100 000 aholiga nisbatan 157,6 ni tashkil qildi. Tahminlarga ko‘ra aholining 8 - 10% YAK
uchraydi. Patologik o‘choqning joylashuviga ko‘ra me’da YAK va 12
barmoqli ichak YAK
uchraydi.
Etiologiyasi
Me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalliginig asosiy etiologik
omillariga quyidagilar
kiradi:
H. rylori infeksiyasi (me’da yara kasalligi kelib chiqishida H. Rylori 80-90% holatlarda
aniqlansa, 12 barmoq ichak yara kasalligi kelib chiqishida H. Rylori 100% holatlarda aniqlanadi)
O‘tkir va surunkali psixoemotsional stress holatlari
Alimentar omillar
Alkogol ichimliklarni ist’mol qilinishi
Tamaki chekish
Kofeni ko‘p iste’mol qilish
Dori vositalarning ta’siri (NYAQDV - indometatsin, aspirin; glyukokortikosteroidlar;
rezerpin unumlari)