Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi
Rasm..... me’da yara kasalligidagi endoskopik manzara
Download 396.88 Kb. Pdf ko'rish
|
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonli qusish
Rasm..... me’da yara kasalligidagi endoskopik manzara
Asoratlari. YAradan qon ketishi – yara kasalligining tez uchraydigan va havfli asoratlariga kiradi. Qon ketish 12 b.i. yara kasalligi bilan kasallanganlarning 15-20% kuzatiladi. YAradan qayta qon ketish havfi N2- gistamin blokatorlar bilan va antibakterial davolanmaganda 40% ga oshadi. NYAQDV chaqirgan yaralarda qon ketish kasallikning ilk belgisi bo‘lishi mumkin. Mexanizmi: yara sohasidagi tomirning zaralanishi natijasida qon ketishi kuzatiladi agarda mayda qon tomir zaralansa qon ketish belgilari yaqqol bo‘lmaydi va klinik jihatdan aniqlanmaydi. Bu holatni faqatgina Gregersen sinamasi yordamida aniqlash mumkin. YAradan qon ketish 3 ta sindrom bilan tavsiflanadi: - Qonli qusish – ko‘proq me’da yarasi uchun hos bo‘lib, 12 b.i. yarasida kamroq kuzatiladi. Qusuq massasi kofe quyqasi (to‘q jigar rang) ko‘rinishida bo‘lib, me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislotasi ta’sirida gemoglobinning gematinga aylanishi natijasida kuzatiladi. Ammo qon ketish holati tez rivojlansa va kuchli bo‘lsa qusuq massasi qizil rangda bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qon ketish belgilar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ba’zi holatlarda uning retsidivlarini oldini olish maqsadida endoskopik aralashuvlar: termokoagulyasiya, bipolyar elektrod bilan elektrokoagulyasiya, lazerli koagulyasiya, tomir toraytiruvchi va sklerozlovchi dori vositalarn yuborishni talab qiladi. Duodenal yaralar me’da yaralariga nisbatan ko‘p qon ketish belgilari uchraydi. YAshirin (okkult) qon ketishlar yara kasalligining qo‘zish davridan dalolat beradi. Asosan profuz qon ketish. Qonli qusish va melena bilan kechadigan qon ketish asoratlari tashhislanadi. - Melena (qora najas) – duodenal yaradan qon ketishning asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Melena najasning suyuroq, bo‘tqasimon konsistensiyali, yopishqoqligi va qora rangligi bilan tavsiflanadi. Ichak flrasi ta’siri tufayli gemoglobinning qora rangli temir sulfatga aylanishi natijasida kuzatiladi. SHuni ta’kidlash joyizki melena 12 b.i. yara kasalligida qon ketishdan bir necha soat yoki kundan so‘ng kuzatilishi mumkin. Melenani psevdomelena bilan qiyoslash muhim ahamiyatga ega: bu holatda najas shakllangan bo‘lib, maymunjon, chernika, vismut, temir preparatlarini qabul qilgandan so‘ng kuzatiladi. Download 396.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling