Mavzu 24 oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Mashg‘ulot maqsadi


Download 396.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana16.03.2023
Hajmi396.88 Kb.
#1278023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
№ 24 Амалий машгулот УЗ ошк.яра (1)

Stenoz (torayish). 12 b.i. yoki me’da pilorik qismining yarasi 6-8% holatlarida me’daning 
pilorik qismi stenozi bilan asoratlanadi. Bu holatlarda qorinning dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, 
qusish, ozib ketish kuzatiladi. Ko‘pincha bu belgilar bir necha oy davomida avj olib boradi va 
ko‘pincha bemorlarning anamnezida ko‘p yillik yara kasalligi aniqlanadi.  
Organik va funksional stenoz farqlanadi. Organik stenoz yara natijasidagi chandiqli 
o‘zgarishlar bilan tafsiflanadi. Funksional stenoz uchun esa piloroduodenal sohaning shishi va 
spazmi hos. Funksional (dinamik) stenozning xarakterli belgisi shuki, yara kasalligining qo‘zish 
davrida rivojlanib, kasallikning davolash natijasida va remissiya davrida yo‘qoladi.
Stenozning 3 ta bosqichi (kompensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya)
farqlanib, ovqatdan so‘ng to‘lish hissi, ko‘ngil aynishi, engillik keltiruvchi qusish, palag‘da 
tuxum hidli kekirish, avj olib boruvchi ozish, rengenologik jixatdan me’daning evakuator 
faoliyatining susayish belgilari aniqlanadi. 
YAra malignizatsiyasi ezofagogastroduodenoskopiyada o‘tkazilgan maqsadli biopsiya va 
bioptatning gistologik va sitologik tekshiruvi natijasida aniqlanadi va 2 xolatlarda uchraydi. 
YAra malignizatsiyasining belgilari quyidagicha: 

Epigastral sohadagi og‘riqlar doimiy tus oladi va bel sohasiga uzatiladi. 

Eng kuchli og‘riqlar tunda kuzatiladi. 

Bemor tana vaznining kamayishi avj olib boradi. 

Ishtaha pasayadi. 

Avj olib boruvchi sababsiz charchoq belgilari kuzatiladi. 

Avj olib boruvchi kamqonlik 

Gregersen sinamasining doimiy musbat bo‘lishi. 

Me’da shirasining kislotaligining pasayishi va uning tarkibida sut kislotasining aniqlanishi. 

ECHT ning turg‘un yuqori bo‘lishi. 

Rentgenoskopiyada yaraning malignizatsiya belgilari aniqlanadi: yara kraterining keng yo‘li, 
“tokcha” atrofidagi shilliq qavat relefining atipik bo‘lishi, zaralangan sohada peristaltika va 


burmalarning yo‘qolishi, yara atrofidagi yallig‘lanish chegarasi yara kraterining diametridan 
ortiq bo‘lishi kuzatiladi. 

EGDFS da “yomonsifatli o‘sma” belgilari aniqlanadi: noto‘g‘ri shaklli, noaniq va notekis qirrali, 
yara tubi ham notekis, g‘adir-budir, kul rang karash bilan qoplangan, yara sohasida me’da 
devorining diffuz infiltratsiyasi va deformatsiyasi, biopsiyada yaraning regidligi va oson qonashi 
kuzatiladi. YAkuniy ma’lumotni bioptatni gistologik va sitologik tekshiruvdan so‘ng olish 
mumkin. 

Download 396.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling