M-xolinoblokatorlar (atropin) bilan davolash N
2
blokatorlaga nisbatan samarasi past
bo‘lib, ko‘pgina nojo‘ya ta’sirlarga (og‘iz qurishi, ko‘rishning susayishi, aritmiyalar keltirib
chiqarishi, siydik tutilishi) ega.
Pirenzepin - bu selektiv M – xolinoblokator bo‘lib, xlorid kislotanining sekretsiyasiga
tanlab ta’sir qiladi, va nojo‘ya ta’sirlari boshqa M-xolinoblokatorlarga nisbatan kam.
Qamrab oluvchi dori vositalar. YAra kasalligida xlorid kislotasining ishlab chiqarilishini
kamamaytirish yoki uni neytrallash bilan bog‘liq bo‘lmagan bir qator preparatlar qo‘llaniladi..
Bularga sukralfat - oktasulfat saxarozaning asosiy alyumin tuzi kiradi. Kislotali muxitda
sukralfat kuchli qutubli bo‘lib, shilliq qavat bilan deyarli bog‘lanmaydi va yara yuzasida 12 soat
davomida saqlanib turadigan ximoya pardasini xosil qiladi. Sukrolfat granulyasion to‘qima bilan
birikib vadorod ionini yara tubiga diffuziyasini qiyinlashtiradi deb xisoblanadi. U o‘t kislotalari
va pepsinni bog‘lab, ularning jaroxatlovchi ta’sirini oldini oladi. Sukrolfat ovqatdan bir soat
oldin va kechasiga 1 g dan qabul qilinadi.
Vismut preparatlari kuchsiz antatsid ta’siriga ega bo‘lib, xlorid kislota sekretsiyasini
kamaytirmaydi. Ular pepsin faooligini susaytiradi, vodorod ionlarining diffuziyasiga qarshilik
qiladi va prostaglandinlar sekretsiyasini kuchaytiradi. Ammo uning asosiy ta’siri H. pylori ga
nisbatan belgilanadi. Vismut antibakterial ta’sirga ega bo‘lib. Uning monoterapiyasi natijasida
20 % holatlarida, antibakterial dori vositalar bilan birgalikda qo‘llanganda esa 95% bemorlarida
H. pylori yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.
N+ ,K+ ATFaza ingibitorlari yoki proton pompa blokatorlari: dori vosita N+ ,K+
ATFaza bilan bog‘lanib, uni qaytmas darajada bloklaydi. Omeprazol va lansoprazol 12 b.i. yara
kasallingini, eroziv ezofagit va giperxlorgidriyalarni (shuningdek Zollinger-Ellison sindromini)
davolashda qo‘llaniladi. Omeprazolning odatiy dozasi - 20 mg kuniga 2 mahal. N+, K+ ATFaza
ingibitorlari bilan davolashda me’daning kislotaligi bir muncha pasayadi va qon zardobidagi
gastrin miqdorini ozgina oshiradi. Bu holat dori vositasi to‘xtatilgandan so‘ng 2 hafta mobaynida
saqlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |